Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligi
REJA:
1.Aholi daromadlari va uning tarkibi.
2.Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari
3.Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.
Aholi daromadlari – aholining ma`lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori.
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad – barcha soliqlar to’langandan keyin qolgan daromad, ya`ni shaxsiy iste`mol va jamg`arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo’lgan moddiy va ma`naviy ne`matlarni sotib olishga etadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid quvvatidir.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosat.
1-§. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi
va uning ko’rsatkichlari
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag`larini, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o’rin tutadi.
Lorents egri chizig`i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni xarakterlaydi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta`minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko’rsatishga qaratilgan turli xil to’lovlar.
|
Aholi daromadlari ma`lum vaqt oralig`ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko’rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko’rinishida keltirilgan:1
Dostları ilə paylaş: |