Reja: bob so’z yasalishi haqida nazariy qarashlar tahlili



Yüklə 189,5 Kb.
səhifə1/2
tarix30.01.2023
ölçüsü189,5 Kb.
#81751
  1   2
SO\'Z YASALISHI.doc111


KIRISH
Reja:

  1. BOB SO’Z YASALISHI HAQIDA NAZARIY QARASHLAR TAHLILI

    1. So’zlarning marfem tarkibi

    2. So’z yasalishi strukturasi

  1. BOB SO’Z YASALISHI USULLARI

2.1. So’z formalarining o’ziga xos jihatlari
2.2. O’zbek tilida so’z yasalish usullari
III. XULOSA

  1. ADABIYOTLAR


KIRISH
Nutqda so‘zlar tub va yasama shaklda qo‘llaniladi. So‘zning yasovchi qismlarga ega bo‘lmagan qismi tub so‘z deyiladi: gul, inson, meva, nozik, bordi, tez. Tub so‘zlar shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar qabul qilganda ham o‘zining tubligini saqlaydi. Masalan, uycha, kattaroq, beshinchi, ko‘rindi, bog‘dan, do‘stlarim kabilar ham tub so‘zlardir.
Tilda mavjud bo‘lgan biror usul asosida hosil qilingan yangi so‘z yasama so‘z deyiladi: gulla, mevali, bog‘bon, qaror qilmoq, ish boshi, asalari, BMT.
Yasama so‘zlar tuzulishiga ko‘ra sodda, tarkibli bo‘ladi. Sodda yasama so‘zlar tarkiban bitta yasaluvchi asos va bir yoki birdan ortiq yasovchi qo‘shimchalardan tuziladi. Masalan, ter+im, ang(ong)+la, to‘qi+ma+chilik, suv+siz+lik. Sodda yasama so‘zlarda tashqi va ichki yasalish mavjud. Masalan, payvand+chi, bog‘+bon kabi yasaluvchi asos va yasovchi qo‘shimchalarning bir so‘z turkumga mansubligi ichki yasalish hisoblansa, suva(o)+q+chi, quri+q+lik kabi turkumlararo yasalish esa tashqi yasalish hisoblanadi. Bu turdagi yasalishda o‘zakka avval tashqi yasovchi, keyin ichki yasovchi qo‘shilishi ham mumkin: suvo+q+chi yasalmasidagi –q tashqi, -chi ichki yasovchi qo‘shimchalardir.
Ba’zi sodda yasama so‘zlarning yasalishi tarixiy va zamonaviyligi bilan ham farqlanadi. Chunki yasama so‘zning tarixiy shaklida zamonaviy yasalmaga nisbatan asos va qo‘shimcha o‘rtasidagi munosabatni ilg‘ab olish qiyin kechadi yoki so‘zdagi ma’noli qismlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Shu bois qattiq, silliq, suyuq, emakla, quloqchin kabi tarixiy yasalishga ega so‘zlar hozirgi til nuqtai nazaridan
tub so‘z hisoblanadi.
Tarkibli yasama so‘zlarda ikki yoki undan ortiq mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan yasovchi asos ishtirok etadi. Masalan: tosh+ko‘mir, jigar+rang, erta+pishar, BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AYOQSH (Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasi) kabilar. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq ma’noli qism ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi.


  1. BOB SO’Z YASALISHI HAQIDA NAZARIY QARASHLAR TAHLILI

    1. So’zlarning marfem tarkibi

So‘z yasash usullari. O‘zbek tilida so‘z yasalishining semantik, fonetik, abbreviatsiya, affiksatsiya, kompozitsiya kabi usullari mavjud. Bu usullar davriy nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tarixiy (diaxron) uasalish: semantik, fonetik, abbreviatsiya, kompozitsiya usullari; 2) zamonaviy (sinxron) uasalish: affiksatsiya kabilardan iborat.
Semantik usul. So‘zning bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chi-shi asosida yangi so‘z yasalishidir. Masalan, sifatning otga ko‘chishi asosida: ko‘k (osmon ma’nosida), erkak, chol, kampir; sodda va juft fe’lning otga ko‘chishi asosida: kurash, kengash, urush, keldi-ketdi, bordi-keldi, qo‘ydi-chiqdi, yurish-turish, yozuv-chizuv; sonning ravish-ga ko‘chishi asosida: birga(ketmoq), birdan (kirmoq); otning ravishga ko‘chishi asosida: kunduzi, kechasi (qaytmoq), boshda (sezmoq) kabilar shular jumlasidandir. Semantik usul asosida yasalgan so‘zning lug‘aviy ma’nosi yangilanishi bilan bir qatorda uning grammatik ma’no va vazifasi ham o‘zgaradi. Qiyoslang: Mushuk tavadagi go‘shtni oldi-qochdi (fe’l). Oldi-qochdi gaplar hammaning joniga tekkan (sifat).
Fonetik usul. So‘z tarkibida yuzaga keladigan fonetik o‘zgarishlar asosida yangi ma’noli so‘z yasalishidir. Bu usul orqali so‘z yasalishida ikki xil fonetik o‘zgarish natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: 1) tilning tarixiy taraqqiyoti davomida so‘z tarkibida tovush o‘zgarishi natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: ko‘r-ko‘z, bo‘y(doq)-bo‘z, bo‘r-bo‘z; 2) so‘z urg‘usining o‘rni o‘zgartirilishi bilan : yangi΄-ya΄ngi (hozir), endi΄-e΄ndi (hozirgina), ho΄zir-hozi΄r.
Abbreviatsiya usuli. Murakkab so‘z birikmalarini turli usullar yordamida qisqartirish orqali yangi so‘z yasalishidir. Masalan, elektron hisoblash mashinasi-EHM, Birlashgan Millatlar Tashkiloti-BMT.
Qisqartma so‘zlarning ba’zilari tilimizda aynan o‘zlashtirilgan holda ishlatiladi: YUNESKO, NATO kabilar shular jumlasidandir. So‘z yasalishining bu usuli o‘zbek tilida rus va boshqa xorijiy tillar ta’sirida o‘tgan asrning boshlarida shakllangan bo‘lib, faqat qisqartma otlar yasalishida ishlatiladi.
Affiksatsiya usuli. Bu usul bilan o‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Masalan: o‘r+oq, dars+lik, sez+gir, o‘zbek+cha, tor+ay(moq), mard+ona.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib kelish o‘rniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) so‘z yasovchi ort qo‘shimchalar. O‘zbek tilida so‘z yasalishning asosini tashkil qiluvchi bunday qo‘shimchalar o‘zak-dan keyin qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi. Masalan: o‘t+loq, chiri+k, tosh+qin, ish+chan, arra+la kabilar; b) so‘z yasovchi old qo‘shimchalar o‘zak oldidan qo‘shilib yangi so‘z yasaydi. Masalan: be+tinim, no+to‘g‘ri, ba+ma’ni, ser+harakat, anti+demokratiya. old yasovchi qo‘shimchalar asosan sifat yasovchilar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi fors-tojik tilidan kirib kelgan.
Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli o‘zak morfemalarning tobelashgan holda qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z hosil qilinishidir. Masalan: Mirzachul, gulqand, guldasta, temir yo‘l, qaror qilmoq, ahd etmoq. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’onli o‘zak morfemalar ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Ular tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so‘zlar deyiladi. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar ot, sifat, ravish va qisman fe’llarda keng tarqalgan. Ularning qismlari har xil va bir xil so‘z turkumlaridan tuzilishi mumkin. Masalan: Bel+bog‘, asal+ari, olib+chiqmoq kabilar bir xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan, qaror+qilmoq, osma+ko‘prik, tez+oqar kabilar esa har xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan tuzilgan.
Qo‘shma so‘zlar ham tarixiy va zamonaviyligi bilan farqlanadi. Agar qo‘shma so‘z qismlari hozirgi tilga nisbatan eskirgan yoki boshqa tillardan o‘zlashtirilgan bo‘lsa, ular qo‘shma so‘z hisoblanmaydi. Masa-lan: kechqurun, qayrag‘och, biror, odamshavanda, santimetr kabilar hozirgi tilda ma’noli qismlarga ajralmaydigan sodda so‘zlardir. Ba’zi o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar ma’noli qismlarga ajralishi ham mumkin: fotokavera, kinoteatr, kinolenta, fotomodel kabilar shular jumlasidandir.
Soʻz yasalishi — 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Masalan, affiks yordamida Soʻz yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), „qil“ yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda „yasalish“ soʻzi „yasamoq“ feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunoslikning „Fonetika“, „Leksikologiya“ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Masalan, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. Bu oʻrinda „Soʻz yasalishi“ birikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama suzlarning paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Masalan, Soʻz yasalishi maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz yasalishi dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi, Soʻz yasalishi ning asosiy usullari, vositalari va boshqa Shu asosda tilning Soʻz yasalishi tizimi tagʻlil etiladi.

Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi asosi, shunos — soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi). Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz yasalishi asosi, li — soʻz yasovchi). Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid soʻzlardan yangiyangi soʻzlar yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va feʼl turkumlarigina Soʻz yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik) tarkibining boyishi, rivojlanishida Soʻz yasalishining muhim oʻrni bor.


No iwiki template.gif Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.


Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

So'z yasalishi haqida ma'lumot

So'z yasash yangi ma'noli so'z hosil qilish demakdir. So'z yasalishi lug'aviy ma'noning ozgarishi asosida vujudga kelib, yasama so'z ko'pincha bir turkumdan boshqa turkumga ko'chadi. Shu ma'noda so'z yasash hodisasi so'zning grammatik jihatidan o'zgartiradigan hodisadir. Masalan, gul so'zi ot turkumiga xosligi uchun otga xos ko'plik qo'shimchasini olib turlanadi: gullar, gullarning, gullarga kabi. Bu so'zga fe'l yasovchi -la qo'shimchasi qo'shilganda hosil bo'lgan so'z ko'plik va kelishik qo'shimchalami olmaydi, turlanmaydi, balki tuslanadi. Chunk! bu holatda so'z grammatik jihatdan o'zgarib. bir kategoriyadan boshqa kategoriyaga o'tadi.
Bir turkumdan boshqa turkumga o'tganda so'zlarda hosil bo'ladigan o'zgarishlar kategorial o'zgarishlar deyiladi. Masalan, tasodifan so'zining o'zagi (tasodif) ot, unga yasovchi -an qo'shimchasi qo'shilganda so'z boshqa kategoriyaga ko'chdi, ya'ni kategoriya o'zgaradi. Uzumzor so'zidagi yasovchi -zor qo'shimchasi otdan ot yasagan. Bunda kategoriya o'zgarmagan.
So'z yasalishi bilan bog'liq ravishda so'zning lug'aviy va grammatik ma'nolari ham o'zgarishi murnkin. So'z yasalish til uchun ijobiy hodisadir. U tilni lug'aviy jihatdan boyituvchi manbalardan biridir.

So'z yasash tildagi boshqa sohalar bilan xususan lug'at va grammatika bilan uzviy bog'liq. Chunonchi yasama so'z avval tilda mavjud bo'lgan lug'aviy vositalardan hosil bo'ladi. Masalan, tilda kitob, chiroy so'zlari mavjudligi uchun shu so'zlar asosida kitobxon, chiroyli kabi so'zlar yasalgan. So'z yasalishi asosida so'z ma'nosi o'zgaradi, yangi ma'noli so'z hosil bo'ladi. Bu holat so'z yasalishi bilan leksikologiya orasida uzviy bog'liqlik mavjudligini ko'rsatadi. Ma'lumki, so'z yasalishidar ko'pincha qo'shimchalar ishtirok etadi, yangi yasama bir turkumdan boshqa turkumga ko'chadi. Bu holat so'z yasalishining grammatika bilan ham bog'liqligini ko'rsatadi.

So'z yasalishi natijasida so'zning shakli o'zgaradi. Yangi ma'no bilan birgalikda yangi shakl vujudga keladi. So'z yasalishi paytida hosil bo'ladigan shakl bilan so'z o'zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qo'shimchalar orqali vujudga keladigan shakl orasida o'xshashlik bor. Shuning uchun so'z yasalishi ham shu turdagi boshqa hodisalar singari morfologiyaning tekshirish obyektidir.

Tilda so'z yasash vositalari va usullari xilma-xil. O'zbek tilida so'z yasalishining asosiy ikki usuli mavjud.

O'zak va negizga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shish bilan yangi so'z yasash morfologik usul bilan so'z yasash deyiladi. So'z yasalishida qo'shimchalar ishtirok etganligi uchun bu usul affiksatsiya usuli hisoblanadi.So'z yasovclii qo'shimchalar o'zak: gulli, gulla, ishla, paxtakor, shuningdek, negizga: bilimli, hosildorlik, chidarnlilik ham qo'shiladi.

So'z yasovchi qo'shimchalar asosan o'zak va negizdan keyin qo'shiladi. O'zakdan oldin qo'shiluvchi -old yasamalar o'zbek tili uchun xos emas. Biroq sifat turkumiga mansub bir qator so'zlaming yasalishida old qo'shimchalar ishtirok etadi. Masalan, badavlat, serhosil, nohaq kabi. Morfologik usulda so'z yasalishdagi muhim shartlardan biri so'z bilan yangi yasama orasida bog'liqlik bo'lishdir. Masalan, oshpaz, gulzor so'zlaridagi o'zak va yasovchi qo'shimchalar orqali hosil bo'lgan qismlar: osh-oshpaz, gul-gulzor ma'no jihatidan bir-biriga bog'liqdir.


Morfologik usul bilan so'z yasalishining shakllari ham rang-barang. Masalan, paxtakor so'zida o'zak+qo'shimcha. serdaromad so'zida qo'shimcha. +o'zak, bil-im-li so'zida o'zak+negiz+qo'-shimcha, nohaqlik so'zida qo'shim-cha+o'zak+qo'shimcha shakllari mavjud.
Morfologik usul bilan so'z yasalishi ot. sifat, fe'l va ravish turkumlari uchun xos.
Sintaktik usul bilan so'z yasashi ham unumdor usullaridan sanaladi.
Sintaktik usul bilan so'z yasashi ham unumdor usullaridan sanaladi.
Ikki yoki undan ortiq so'zlarning o'zaro qo'shilishi natijasida so'z yasalishi sintaktik usul bilan so'z yasalishi deyiladi. Sintaktik usul bilan qo'shma va juft so'zlar yasaladi. O'zbek tilida bulardan tashqari so'z yasalishining yana bir qator usullari mavjud.
Chunonchi, bir turkumdagi so'z boshqa turkumga ko'chadi va o'z ma'nosini o'zgartiradi. Masalan, barno (sifat), Barno (ot), to'xta (fe'l), To'xta (ot). Shuningdek, bir turkumdagi o'zaro so'z o'z ma'nosini o'zgartirishi, boshqa ma'no ifodalashi mumkin. Masalan, uzdi (ipni uzdi), uzdi (orani uzdi) yozdi (xat), yozdi (barg), yetdi (manzilga), yetdi (maqsadga). So'z yasalishidagi bu usul lug'aviy—semantikusul deyiladi.
O'zbek tilida so'z yasalishining yana bir usuli - abbreviatura usulidir. Bu usul bilan qisqartma so'zlar hosil bo'ladi: BMT, MDH, DAN kabi. Bu usul bilan so'z yasash faqat ot turkumi uchun xosdir. So'z yasash usullaridan yana biri - konversiya usulidir. Bu usulga ko'ra bir kategoriyaga mansub so'z boshqa kategoriyadagi so'z o'rniga qo'llaniladi. Masalan, mard maydonda bilinar, gapidagi mard so'zi aslida sifat turkumiga xos bo'lib, otga ko'chgan, "odam" ma'nosida qo'llangan. Bu holat sifatdoshlarda ham mavjud: o'qigan—o'zar kabi.
O'zbek tili lug'at tarkibidagi (shuningdek nutqimizda qo'llanadigan) so'zlar dastlab tub va yasama so'zlarga bo'linadi.
Masalan: paxta-tub so'z, paxtakor esa yasama so'z; bug'doy, rang so'zlari alohida-alohida olinganda tub so'zlar, ammo bug'doy rang (rangning bir turi)-yasama so'z; tog'-tub so'z, ammo tog'ma-tog' yasama so'z; besh, o'n tub so'zlar, o'n besh yasama so'z; qo'l, so'zlari alohida-alohida tub so'zlar sanalsa, qo'l qo'ydi yaxlit holda yasama so'z hisoblanadi.
So'z yasovchi affiksi bo'lmagan so'zlar tub so'z deyiladi.
Ma'lum bir so'z negizida ma'no jihatidan (ba'zan ham ma'no, ham grammatik jihatdan) undan farqlaydigan yangi so'z (yangi leksik birlik) hosil qilish so'z yasash deyiladi, qiyoslang: ish- ishchan, jon-jonlandi, oq-oqla, g'alla-g'allazor.
Hozirgi o'zbek tilida so'z yasashning asosan ikki usuli ajratiladi:
affiksasiya (yoki morfologik) usuli;
kompozisiya (yoki sintaktik) usuli;
O'zakka so'z yasovchi qo'shimcha qo'shish orqali yangi leksik birlik hosil qilish affiksasiya usuli bilan so'z yasashdir.
Masalan: mevali daraxt, serhosil yer kabi birikmalardagi mevali, serhosil yasama so'zlar bo'lib, ular meva o'zagiga-li, hosil o'zagiga ser-affikslarini qo'shish orqali yasalgan so'zlardir.
Ikki va undan ortiq so'z formalarining (ko'pincha mustaqil so'zlarning qo'shilib (yoki tizilib) bir so'zga aylanishi kompozisiya usuli bilan so'z yasashdir.
Masalan: belbog', oshqazon, mehmondo'st, so'z boshi, bir yuz o'n, ahd qilmoq, bir oz va boshqalar.
Juftlik modeli (qolipi) da qo'llangan ayrim so'zlar ham yasama so'z sanaladi, masalan: yildan-yilga, zo'r-bazo'r, uyma-uy kabi.
O'zbek tilida so'zlar tuzilish jihatdan ham turlarga ajratiladi, chunonchi: sodda so'z, qo'shma so'z, juft so'z (takroriy so'z), murakkab so'z. Sodda so'z bitta o'zak morfemasi bo'lgan so'zdir. Masalan: bola, bolalik, bolalar, bolalarimiz kabi.
Kunboqar, gultojixo'roz, Oqqo'rg'on, sohibjamol kabi so'zlar qo'shma so'z deyiladi. Bu kabi so'zlar ikki va undan ortiq so'z yoki so'z formalaridan tashkil topib, bir urg'uga birlashadi va bir tushunchani ifodalaydi.
Tarkibi alohida-alohida yoziladigan leksik va grammatik ma'nolari ayrim holda ham, bir butunlik hosil qilgan holda ham izohlanishi mumkin bo'lgan so'zlar murakkab so'z deyiladi. Masalan: to'q sariq, och jigar rang, yigirma besh ming, borib keldi, sotib yubordi kabi.
Nutqimizda qo'llanadigan opa-singil, non-pon, tog'-tosh, onda-sonda, tez-tez, xirmon-xirmon, chala-chulpa, o'n-o'n besh, suv-puv kabi so'zlar juft so'z deb yuritiladi.
So‘z yasalish usullari haqida ma’lumotlar.
So‘z yasalish usullari haqida ma’lumotlar. Yasama so‘zlar tarkibi. Nutqda so‘zlar tub va yasama shaklda qo‘llaniladi. So‘zning yasovchi qismlarga ega bo‘lmagan qismi tub so‘z deyiladi: gul, inson, meva, nozik, bordi, tez. Tub so‘zlar shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar qabul qilganda ham o‘zining tubligini saqlaydi. Masalan, uycha, kattaroq, beshinchi, ko‘rindi, bog‘dan, do‘stlarim kabilar ham tub so‘zlardir. Tilda mavjud bo‘lgan biror usul asosida hosil qilingan yangi so‘z yasama so‘z deyiladi: gulla, mevali, bog‘bon, qaror qilmoq, ish boshi, asalari, BMT.
Yasama so‘zlar tuzulishiga ko‘ra sodda, tarkibli bo‘ladi. Sodda yasama so‘zlar tarkiban bitta yasaluvchi asos va bir yoki birdan ortiq yasovchi qo‘shimchalardan tuziladi. Masalan, ter+im, ang(ong)+la, to‘qi+ma+chilik, suv+siz+lik. Sodda yasama so‘zlarda tashqi va ichki yasalish mavjud. Masalan, payvand+chi, bog‘+bon kabi yasaluvchi asos va yasovchi qo‘shimchalarning bir so‘z turkumga mansubligi ichki yasalish hisoblansa, suva(o)+q+chi, quri+q+lik kabi turkumlararo yasalish esa tashqi yasalish hisoblanadi. Bu turdagi yasalishda o‘zakka avval tashqi yasovchi, keyin ichki yasovchi qo‘shilishi ham mumkin: suvo+q+chi yasalmasidagi –q tashqi, –chi ichki yasovchi qo‘shimchalardir.
Ba’zi sodda yasama so‘zlarning yasalishi tarixiy va zamonaviyligi bilan ham farqlanadi. Chunki yasama so‘zning tarixiy shaklida zamonaviy yasalmaga nisbatan asos va qo‘shimcha o‘rtasidagi munosabatni ilg‘ab olish qiyin kechadi yoki so‘zdagi ma’noli qismlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Shu bois qattiq, silliq, suyuq, emakla, quloqchin kabi tarixiy yasalishga ega so‘zlar hozirgi til nuqtai nazaridan tub so‘z hisoblanadi.
Tarkibli yasama so‘zlarda ikki yoki undan ortiq mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan yasovchi asos ishtirok etadi. Masalan: tosh+ko‘mir, jigar+rang, erta+pishar, BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AYOQSH (Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasi) kabilar. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq ma’noli qism ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi.
So‘z yasash usullari. O‘zbek tilida so‘z yasalishining semantik, fonetik, abbreviatsiya, affiksatsiya, kompozitsiya kabi usullari mavjud. Bu usullar davriy nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tarixiy (diaxron) uasalish: semantik, fonetik, abbreviatsiya, kompozitsiya usullari; 2) zamonaviy (sinxron) uasalish: affiksatsiya kabilardan iborat.
Semantik usul. So‘zning bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chi-shi asosida yangi so‘z yasalishidir. Masalan, sifatning otga ko‘chishi asosida: ko‘k (osmon ma’nosida), erkak, chol, kampir; sodda va juft fe’lning otga ko‘chishi asosida: kurash, kengash, urush, keldi-ketdi, bordi-keldi, qo‘ydichiqdi, yurish-turish, yozuv-chizuv; sonning ravish-ga ko‘chishi asosida: birga(ketmoq), birdan (kirmoq); otning ravishga ko‘chishi asosida: kunduzi, kechasi (qaytmoq), boshda (sezmoq) kabilar shular jumlasidandir. Semantik usul asosida yasalgan so‘zning lug‘aviy ma’nosi yangilanishi bilan bir qatorda uning grammatik ma’no va vazifasi ham o‘zgaradi. Qiyoslang: Mushuk tavadagi go‘shtni oldi-qochdi (fe’l). Oldi-qochdi gaplar hammaning joniga tekkan (sifat). 
Fonetik usul. So‘z tarkibida yuzaga keladigan fonetik o‘zgarishlar asosida yangi ma’noli so‘z yasalishidir. Bu usul orqali so‘z yasalishida ikki xil fonetik o‘zgarish natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: 1) tilning tarixiy taraqqiyoti davomida so‘z tarkibida tovush o‘zgarishi natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: ko‘r-ko‘z, bo‘y(doq)-bo‘z, bo‘r-bo‘z; 2) so‘z urg‘usining o‘rni o‘zgartirilishi bilan : yangi΄-ya΄ngi (hozir), endi΄-e΄ndi (hozirgina), ho΄zir-hozi΄r.
Abbreviatsiya usuli. Murakkab so‘z birikmalarini turli usullar yordamida qisqartirish orqali yangi so‘z yasalishidir. Masalan, elektron hisoblash mashinasi-EHM, Birlashgan Millatlar Tashkiloti-BMT.
Qisqartma so‘zlarning ba’zilari tilimizda aynan o‘zlashtirilgan holda ishlatiladi: YUNESKO, NATO kabilar shular jumlasidandir. So‘z yasalishining bu usuli o‘zbek tilida rus va boshqa xorijiy tillar ta’sirida o‘tgan asrning boshlarida shakllangan bo‘lib, faqat qisqartma otlar yasalishida ishlatiladi.
Affiksatsiya usuli. Bu usul bilan o‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Masalan: o‘r+oq, dars+lik, sez+gir, o‘zbek+cha, tor+ay(moq), mard+ona. 
So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib kelish o‘rniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) so‘z yasovchi ort qo‘shimchalar. O‘zbek tilida so‘z yasalishning asosini tashkil qiluvchi bunday qo‘shimchalar o‘zak-dan keyin qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi. Masalan: o‘t+loq, chiri+k, tosh+qin, ish+chan, arra+la kabilar; b) so‘z yasovchi old qo‘shimchalar o‘zak oldidan qo‘shilib yangi so‘z yasaydi. Masalan: be+tinim, no+to‘g‘ri, ba+ma’ni, ser+harakat, anti+demokratiya. old yasovchi qo‘shimchalar asosan sifat yasovchilar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi fors-tojik tilidan kirib kelgan.
Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli o‘zak morfemalarning tobelashgan holda qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z hosil qilinishidir. Masalan: Mirzachul, gulqand, guldasta, temir yo‘l, qaror qilmoq, ahd etmoq. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’onli o‘zak morfemalar ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Ular tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so‘zlar deyiladi. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar ot, sifat, ravish va qisman fe’llarda keng tarqalgan. Ularning qismlari har xil va bir xil so‘z turkumlaridan tuzilishi mumkin. Masalan: Bel+bog‘, asal+ari, olib+chiqmoq kabilar bir xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan, qaror+qilmoq, osma+ko‘prik, tez+oqar kabilar esa har xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan tuzilgan.
Qo‘shma so‘zlar ham tarixiy va zamonaviyligi bilan farqlanadi. Agar qo‘shma so‘z qismlari hozirgi tilga nisbatan eskirgan yoki boshqa tillardan o‘zlashtirilgan bo‘lsa, ular qo‘shma so‘z hisoblanmaydi. Masa-lan: kechqurun, qayrag‘och, biror, odamshavanda, santimetr kabilar hozirgi tilda ma’noli qismlarga ajralmaydigan sodda so‘zlardir. Ba’zi o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar ma’noli qismlarga ajralishi ham mumkin: fotokavera, kinoteatr, kinolenta, fotomodel kabilar shular jumlasidandir.
Annotatsiya: Ma'limki, har bir tilning asosini so'zlar tashkil qiladi. Biz har kuni ishlatadigan so'zlarning esa o'ziga xos yasalish usuli bor. O'zbek tilshunosligining so'z yasalishi degan bo'limida aynan so'z yasalish usullari o'rganiladi. Mazkur maqola orqali o'zbek tilida so'z yasalishi usullari haqida kengroq bilib olamiz.

Kalit so'zlar: so'z turkumlari, mustaqil so'z turkumlari, yordamchi so'zlar, modal so'zlar, taqlid so'zlar, umdov so'zlar.

So'z yasash yangi ma'noli so'z hosil qilish demakdir. So'z yasalishi lug'aviy ma'noning o'zgarishi asosida vujudga kelib, yasama so'z ko'pincha bir turkumdan boshqa turkumga ko'chadi. Shu ma'noda so'z yasash hodisasi so'zning grammatik jihatidan o'zgartiradigan hodisadir. Masalan, gul so'zi ot turkumiga xosligi uchun otga xos ko'plik qo'shimchasini olib turlanadi: gullar, gullarning, gullarga kabi. Bu so'zga fe'l yasovchi -la qo'shimchasi qo'shilganda hosil bo'lgan so'z ko'plik va kelishik qo'shimchalarini olmaydi, turlanmaydi, balki tuslanadi. Chunki bu holatda so'z grammatik jihatdan o'zgarib, bir kategoriyadan boshqa kategoriyaga o'tadi.

Masalan, oshpaz, gulzor so'zlaridagi o'zak va yasovchi qo'shimchalar orqali hosil bo'lgan qismlar: osh-oshpaz, gul-gulzor ma'no jihatidan bir-biriga bog'liqdir.

Morfologik usul bilan so'z yasalishining shakllari ham rang-barang. Masalan, paxtakor so'zida o'zak+qo'shimcha. serdaromad so'zida qo'shimcha. +o'zak, bil-im-li so'zida o'zak+negiz+qo'-shimcha, nohaqlik so'zida qo'shim-cha+o'zak+qo'shimcha shakllari mavjud. Morfologik usul bilan so'z yasalishi ot. sifat, fe'l va ravish turkumlari uchun xos.

Sintaktik usul bilan so'z yasash ham unumdor usullardan sanaladi. Ikki yoki undan ortiq so'zlarning o'zaro qo'shilishi natijasida so'z yasalishi sintaktik usul bilan so'z yasalishi deyiladi. Sintaktik usul bilan qo'shma va juft so'zlar yasaladi.

O'zbek tilida bulardan tashqari so'z yasalishining yana bir qator usullari mavjud. Chunonchi, bir turkumdagi so'z boshqa turkumga ko'chadi va o'z ma'nosini o'zgartiradi. Masalan, barno (sifat), Barno (ot), to'xta (fe'l), To'xta (ot). Shuningdek, bir turkumdagi o'zaro so'z o'z ma'nosini o'zgartirishi, boshqa ma'no ifodalashi mumkin. Masalan, uzdi (ipni uzdi), uzdi (orani uzdi) yozdi (xat), yozdi (barg), yetdi (manzilga), yetdi (maqsadga). So'z yasalishidagi bu usul lug'aviy-semantik usul deyiladi.

O'zbek tilida so'z yasalishining yana bir usuli - abbreviatura usulidir. Bu usul bilan qisqartma so'zlar hosil bo'ladi: BMT, MDH, DAN kabi. Bu usul bilan so'z yasash faqat ot turkumi uchun xosdir.


Soʻz yasalishi — 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Masalan, affiks yordamida Soʻz yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), „qil“ yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda „yasalish“ soʻzi „yasamoq“ feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunoslikning „Fonetika“, „Leksikologiya“ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Masalan, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. Bu oʻrinda „Soʻz yasalishi“ birikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama suzlarning paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Masalan, Soʻz yasalishi maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz yasalishi dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi, Soʻz yasalishi ning asosiy usullari, vositalari va boshqa Shu asosda tilning Soʻz yasalishi tizimi tagʻlil etiladi.
Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi asosi, shunos — soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi). Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz yasalishi asosi, li — soʻz yasovchi). Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid soʻzlardan yangiyangi soʻzlar yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va feʼl turkumlarigina Soʻz yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik) tarkibining boyishi, rivojlanishida Soʻz yasalishining muhim oʻrni bor. Tilning lug'at tarkibi doimo o'zgarishda, rivojlanishdadir.
Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda paydo boigan yangi-yangi tushunchalarni nomlash ehtiyoji tufayli tilda yangi so'zlar paydo bo'Iadi. Yangi so'zlar ikki xil vol bilan vujudga keladi: 1. Har bir tilning o'z ichki imkoniyati asosida. 2. Boshqa tillardan so'z olish asosida.Har bir tilning ichki imkoniyati asosida yangi so'zlarning hosil qilinishida shu tilda oldin mavjud boigan so'zga qo'shimcha qo'shish usuli yoki so'z qo'shish usuli katta ahamiyatga ega. Masalan, kompyuter hayotimizga kirib ke-lishi munosabati bilan uning nomi ingliz tilidan to'g'ridan-to'g'ri olingan. Endi «kompyuter bilan ishlovchi shaxs» tu-shunchasini ifodalash ehtiyojini qondirish uchun kom­pyuter so'ziga o'zbek tilida oldindan «maium mashg'ulot bilan shug'ullanuvchi shaxs» ma'nosini ifodalovchi -chi qo'shimchasidan foydalanildi. Kompyuterchi «kompyuter bilan shug'ullanuvchi shaxs» ma'nosini bildirdi.
Tilda oldin mavjud boigan so'zga maiurn yasovchi vositalar qo'shish bilan yangi so'z hosil qilinishiga so'z yasali­shi hodisasi, shunday hodisani o'rganadigan tilshunoslik boiimiga esa so'z yasalishi deyiladi.
Demak, so'z yasalishi atamasi ikki ma'noda: a) so'z yasalishi hodisasi ma'nosida va b) so'z yasalishi hodisasini o'rganuvchi tilshunoslik boiimi ma'nosida qoilaniladi.
SO'Z YASALISHINING TUZILISHI
1. Ter, terim, terimchi. 2. Tara, taroq, taroqchi so'zlariga e'tibor bersangiz, shuni sezasizki, birinchi guruhdagi so'zlarning hammasida ter so'zi takrorlanadi, ikkinchi gu-ruhdagilarida esa tara qismi hammasi uchun umumiy sanaladi. Ko'rinadiki, so'z yasalishi hodisasi o'zining ichki tuzi lishiga ega boiadi va ikkita tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: a) yasashga asos qism; b) yasovchi vosita. Yasashga asos qism bilan yasovchi vosita birgalikda yasalmani tashkil qila-di. Masalan, yuqorida keltirilgan terim so'zida ter qismi yasashga asos, -im qismi yasovchi vosita, ikkala qismning qo'shilishidan hosil boigan hosila esa — terim yasalma hisoblanadi. Terimchi so'zida esa terim yasashga asos qism,-c/z/ yasovchi vosita, terimchi esa yasalma sanaladi.
So'zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqlanadi. So'zning ma'noli qismlarga bo'linishi uning morfemik tuzilishi sanaladi.
So'zda nechta ma'noli qism boisa, uning morfemik tuzilishi shuncha qismga ajraladi. Masalan, terimchi uchta ma'noli qismdan tashkil topgan: ter-im-chi. Terimchilar so'zi esa to'rtta ma'noli qismdan iborat: ter-im-chi-lar. Ter-imchilarga so'zi beshta ma'noli qismdan iborat: Shuning uchun u morfemik tuzilishga ko'ra besh qismga boiinadi: ter-im-chi-lar-ga.
Ko'rinadiki, so'zning morfemik tuzilishi yasovchi qo'­shimchalarni ham, so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalarni ham o'z ichiga oladi. So'zning morfemik tuzilishini belgilashda ma'noli qismlarning so'z yasovchi yoki so'z o'zgartiruvchi ekanligining ahamiyati boimaydi. Qanday ma'noli qism-lardan — morfemalardan iborat ekanligi e'tiborga olinadi.
So'zning yasalish tuzilishi esa faqat yasovchilarnigina o'z ichiga oladi. So'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar so'z yasali­shi tuzilishiga kirmaydi.
So'z yasalishi tuzilishi doimo ikkita tarkibiy qismni — yasashga asos va yasovchi vositani o'z ichiga oladi. Agar so'zda birdan ortiq yasovchi qo'shimchalar ishtirok etsa, eng oxirgisi yasovchi vosita sanaladi, oldingilari esa yasash­ga asos qism tarkibiga kiradi. Masalan, taroqchi so'zida -c/z/ yasovchi vosita, taroq yasashga asos, taroqchi yasalma, taroq so'zida esa -q yasovchi vosita, tara yasashga asos, taroq yasalma hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, so'z yasalishi tuzilishida yasashga asos qism bilan yasalma o'rtasida mazmuniy bogiiqlik, mazmuniy davomiylik boiadi. Yasalmada yasashga asos davom etadi. Masalan, tepki so'zida yasalma bo'lib, -ki yasovchi vositasida tep so'zidan yasalgan. Tepki yasashga asos qism ma'nosini davom ettiradi: 1. Tepki uchun xoslangan moslama (otish qurolida). 2. Tepki zarbasi (tepki yedi).
1-topshiriq. -dosh, -kor, -shunos qo'shimchalari ishtirokida
so'zlar yasang va ulardagi umumiylikni izohlang.
2-t o p s h i r i q. Bo 'tako 'z va ko 'zoynak so'zlaridagi so'z yasalishini izohlang.
So'z yasashga asos qismning qanday xususiyatga ega ekan-ligiga ko'ra so'z yasalishining bir necha usullari bor: 1) yasashga asos qismga qo'shimchalar qo'shish orqali (af-fiksatsiya); 2) so'zlarni qo'shish orqali (kompozitsiya). Masalan, ishla so'zi ish qismiga (yasashga asos) -la qo'shimchasini qo'shish yoii bilan hosil boigan. Qo'shma korxona, ishlab chiqarish singari so'zlar esa ikki so'zni bir-biriga qo'shish asosida hosil qilingan.
Hozirgi o'zbek tilida so'z yasashning mahsuldor usuli qo'shimchalar qo'shish yoii bilan so'z yasash —- affiksatsi-yadir. Bu usul tilda mavjud boigan muayyan so'z yasash qoliplari asosida yuzaga chiqadi. Shuning uchun ham so'zlovchi xotirasida so'z yasashning qoliplari mavjud boiadi. Masalan, ot+chi; «shaxs oti yasovchi» (ishchi, temirchi, suvchi) ot+li «belgining mavjudligi yoki ortiqligi» (suvli, mevali) va boshq. Ana shu so'z yasash qoliplari asosida turli-tuman yasama so'zlar hosil qilinadi.
So'zlovchi xotirasida, so'z yasash qoliplari va ularning ma'nolari haqida ko'nikmaning mavjud boiishi har qanday yangi yasalmaning oson tushunilishiga imkon beradi.
So'z yasash qoliplari va ularning ma'nolari bir xil yasovchi qo'shimchali so'zlarni maium uyalarga birlashti-rish asosida aniqlanadi. Masalan:

traktorchi

yigia

binokor

kombaynchi

sizla

g'allakor

suvchi

qoila

paxtakor

ekskovatorchi

oqla

o'ymakor

tikuvchi

ishla

sholikor

2-topshiriq. Bo'tako'zva ko'zoynakso'zlaridagi so'z yasalishini izohlang.
So'z yasashga asos qismning qanday xususiyatga ega ekan-ligiga ko'ra so'z yasalishining bir necha usullari bor: 1) yasashga asos qismga qo'shimchalar qo'shish orqali (af-fiksatsiya); 2) so'zlarni qo'shish orqali (kompozitsiya). Masalan, ishla so'zi ish qismiga (yasashga asos) -la qo'shimchasini qo'shish yoii bilan hosil boigan. Qo'shma korxona, ishlab chiqarish singari so'zlar esa ikki so'zni bir-biriga qo'shish asosida hosil qilingan.
Hozirgi o'zbek tilida so'z yasashning mahsuldor usuli qo'shimchalar qo'shish yoii bilan so'z yasash — affiksatsi-yadir. Bu usul tilda mavjud boigan muayyan so'z yasash qoliplari asosida yuzaga chiqadi. Shuning uchun ham so'zlovchi xotirasida so'z yasashning qoliplari mavjud boiadi. Masalan, ot+chi; «shaxs oti yasovchi* (ishchi, temirchi, suvchi) ot+li «belgining mavjudligi yoki ortiqligi» (suvli, mevali) va boshq. Ana shu so'z yasash qoliplari asosida turli-tuman yasama so'zlar hosil qilinadi. So'zlovchi xotirasida, so'z yasash qoliplari va ularning ma'nolari haqida ko'nikmaning mavjud boiishi har qanday yangi yasalmaning oson tushunilishiga imkon beradi. So'z yasash qoliplari va ularning ma'nolari bir xil yasovchi qo'shimchali so'zlarni maium uyalarga birlashti-rish asosida aniqlanadi. Masalan:

traktorchi

yigia

binokor

kombaynchi

sizla

g'allakor

suvchi

qoila

paxtakor

ekskovatorchi

oqla

o'ymakor

tikuvchi

ishla

sholikor

SO'Z YASASH JARAYONIDA RO'Y BERADIGAN O'ZGARISHLAR
Topshiriq. Yumala, sayra, qayna so'zlariga -q yoki –qi qo'shimchasi qo'shilganda asosda qanday tovush o'zgarishi sodir boiadi? Shu haqda o'ylab ko'ring.
Turkiy, jumladan, o'zbek tili morfologik jihatdan agglu-tinativ tillar qatoriga kiradi.Agglutinativ tillar quyidagi xususiyatlari bilan flektiv tillardan ajralib turadi: 1) nechta grammatik ma'no boisa, ularni ifodalovchi shuncha gram-matik shakl qoilaniladi. Masalan, yoz-ma-say-di-m; 2) gram­matik shakllarning chegarasi bir-biridan aniq ajralib turadi;
grammatik ma'noning ko'payishi bilan, so'zning gram­matik shakllari ham chapdan o'ngga qarab cho'zilib boradi;
grammatik qo'shimchalarning qo'shilishi asos qismning fonetik tuzilishini o'zgartirmaydi.
O'zbek tilida so'z yasalish jarayonida so'z yasash asosiga yasovchi qismning qo'shilishi natijasida asos qismning to­vush tarkibida ba'zan o'zgarish ro'y berishining guvohi boiamiz. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
Sust, past singari so'zlarga -ay yasovchi vositasi qo'shilganda, yasashga asos qismda mavjud bo'lgan oxirgi «t» undoshi tushib qoladi. Masalan, susay, pasay kabi.
Qizil, sariq kabi ikki bo'g'inli so'zlardan -ar, -ay yasovchi vositalari yordamida yangi so'z yasalganda, yasash­ga asos qism bo'lgan qizilning «il» qismi va sariq ning ik-kinchi bo'g'indagi «i» unlisi tushib qoladi. Masalan, qizil+ar-qizar, sariq+ay — sarg'ay kabi.
So'ra, sayla, quvna, to'qi, o'qi kabi ikkinchi bo'g'ini «a» bilan tugagan so'zlarga -q,-v yasovchi qo'shimchalari qo'shilganda, yasashga asos qism oxiridagi «a» unlisi «o» unlisiga, «i» unlisi «u» unlisiga aylanadi. Masalan, so'ra+q —so 'roq, sayla+v — saylov, quvna+q — quvnoq, to 'qi+v —to 'quv, o 'qi+v — o 'quv kabi. O'yin, qiyin kabi ikki bo'g'inli so'zlarga -a yasovchi qo'shimchasi qo'shilganda, yasashga asos qismning ikkinchi bo'g'inidagi «i» unlisi tushib qoladi. Masalan, o'yin+a — oyna, qiyin+a — qiyna kabi.
Son, yosh, ong kabi so'zlarga fei yasovchi -a yoki -la qo'shimchasi qo'shilganda, asos qismda tovush o'zgarishi ro'y beradi: Masalan, sana, yasha angla kabi.
Shu ko'rsatilgan o'zgarishlarning o'ziyoq o'zbek tilida ba'zi hollarda fuziya (fleksiya) elementlari ham mavjud ekanligini ko'rsatadi.
rammatika ko’plab tilshunоslik atamalari kabi ikki ma’nоli (bu esa tеrminlar bir ma’nоli bo’ladi dеgan da’vоlarning unchalik ham to’g’ri emasligini ko’rsatadi)dir. Bir ma’nоsida tilning grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi ma’nоsida tilshunоslikning shu grammatik qurilishni o’rganuvchi sоhasi anglashiladi. Dеmak, u so’z va gapning fоrmal-grammatik tоmоnlarini – so’z o’zgarishlarini, sintaktik birliklar va ularning turli ko’rinishlarini, strukturasini va hоsil qiluvchi vоsitalarini, shuningdеk, ifоdalaydigan grammatik ma’nоlarini o’rganadi.
Tilning o’ziga хоsligi fоnеtik, lеksik, grammatik strukturalarning yaхlitligidan ibоrat. Ular bir-biridan ajralgan hоlda emas, yaхlit sistеma sifatida mavjuddir. Bu yaхlitlikni zоhiriy va bоtiniy tushunish mumkin. Yaхlitlikning zоhiriy alоmati tоvushlarning so’z va qo’shimchalarni, so’zlarning gap va so’z birikmalarini tashkil etishida namоyon bo’ladi. Yaхlitlikning bоtiniy idrоkida fоnеtik оmilning qo’shimcha, so’z, so’z birikmalari ma’nоlarini, lеksik оmilning shu tarzda fоnеtik, grammatik, grammatik оmilning fоnеtik va lеksik hоdisalarni farqlashi va nutqqa оlib chiqishi kabi bir qarashda ko’zga tashlanmaydigan hоlatlar e’tibоrga оlinadi. Grammatika оngda nutqiy qo’llanishga shay turgan lеksеmalarni grammatik vоsitalar bilan shakllantirib, so’zga aylantiradi, bu so’zlarni o’zarо biriktiradi va fikr almashtirish vоsitalari sifatidagi vazifasini rеallashtiradi.
Tillar o’zarо grammatik хususiyatlariga ko’ra ham tasniflanadi. Masalan, o’zbеk tilida kеsimning gap markazi sifatida bоshqa barcha bo’laklarni o’z atrоfida uyushtirishi, eganing fakultativligi, sifatlоvchining sifatlanmishdan оldin kеlishi, bunda invеrsiyaning bo’lmasligi, ega va kеsim, qaratuvchi va qaralmishning ikki yoqlama alоqaga egaligi, to’ldiruvchi va to’ldirilmish, hоl va hоllanmish, sifatlоvchi va sifatlanmish, izоhlоvchi va izоhlanmishning bir yoqlama alоqada ekanligi va bоshqalar bоshqa qarindоsh tillar bilan birgalikda uning bir til оilasiga kirishini ta’minlaydi. Ammо bu bir til оilasiga kiruvchi barcha tillar оrasidagi farqlarning mavjudligini inkоr qilmaydi. Masalan, turkiy tillarning sintaktik qurilishida o’хshashliklar, mоrfоlоgik qurilishida esa farqlar ko’prоqdir.
Til hamisha taraqqiyotdadir. Bunda ustuvоrlik, asоsan, tilning lеksik sathiga bеriladi. Ijtimоiy hayotning o’zgarishi lеksikada kеskin o’zgarishlar yasaydi. Yangi so’zlarning vujudga kеlishi, so’zlarning «tirilishi», istе’mоldan chiqib kеtishi kabilar bunga misоldir. Tilning fоnеtik va grammatik sathlari ijtimоiy o’zgarishlarga bеfarq bo’lib, unda faqat vaqt o’z izlarini qоldiradi. Chunki yaqin yillarda tubdan o’zgarishga uchragan ijtimоiy hayotning ta’siri natijasida, masalan, o’zbеk tilining mоrfоlоgik strukturasi, sintaktik qurilishida o’zgarish kuzatilmaganligi buning yorqin dalilidir. Lеkin asrlar davоmida bunday o’zgarishlar bo’lib turadi. Masalan, eski o’zbеk tilida –gu affiksi yordami bilan yasalgan ish оtiga -m, -ng affikslarining qo’shilib, ushbu so’zning kеsim ekanligini ko’rsatgan: Mеn ko’rgum tipida. Bu hоzirgi o’zbеk tilida kuzatilmaydi. Ul, alar, andin, anda, ko’zun ko’rub (ko’zi bilan ko’rib) kabi qatоr so’zshakllar fikrimizning dalilidir. Yoki eski o’zbеk tilida Bu sеning, Bu mеning ko’rinishidagi sintaktik qurilma mavjud bo’lgan. U hоzirgi kunda u Bu sеniki, Bu mеniki ko’rinishiga ega.

So’zlar tarkibidagi affiksal morfemalarning vazifasiga ko’ra turlarini ajratish.


Mоrfеmika so’zning nоmustaqil tarkibiy qismlari haqidagi ta’limоt. Ma’lumki, o’zbеk tilida, flеktiv tillardagidan farqli o’larоq, o’zak mustaqil ma’nо anglatish хususiyatiga ega. So’zning o’zakdan bоshqa qismlari esa undan ayricha qo’llanmaydi va ma’nо anglatmaydi. Shuning uchun ular mоrfеmalar dеyiladi. Masalan, paхtakоrlarga so’zi paхta-, -kоr, - lar, -ga qismlaridan ibоrat. Ajratilgan har bir tarkibiy qism bu so’z dоirasida o’ziga хоs elеmеntar va sеmantik mavqеga ega. Ular lisоnda ana shunday ajralgan hоlda o’z «хоnacha»larida guruh-guruh bo’lib yashaydi.

Paхta- va -kоr, - lar, -ga qismlari o’zarо sеmantik va qo’llanish хususiyatlari jihatidan farqlanadi. Paхta birligi mustaqil lug’aviy ma’nоga egaligi va bu ma’nоni qоlgan qismlarsiz ham anglata оlish хususiyati bilan bоshqa tarkibiy qismlardan ajralib turadi. Shuning uchun u lеksеma dеyiladi. Bоshqa qismlar esa ajralgan hоlda mavhum bo’lishi, lеksеmasiz mustaqil ma’nо anglata оlmasligi bilan хaraktеrlanadi. Lеksеma shakllanuvchanlik bеlgisiga ega bo’lsa, mоrfеmalar shakllantiruvchanlik bеlgisiga ega. Nоmustaqillik tabiati va lеksеmaga shakl bеrish vazifasiga хоslanganligi ularni mоrfеma dеb atashga оlib kеlgan. Mоrfе-maning nutqiy ko’rinishi qo’shimcha dеyiladi.


Tilimizda yordamchi so’zlar dеb ataluvchi katta guruh ham bоr bo’lib, ular lеksеma va mоrfеmalar sirasida «оraliq uchinchi» maqоmida bo’ladi. Shuning uchun ularni lеksеma-mоrfеma dеyish mumkin. Yordamchi so’zlarning lеksеmaligi shundaki, ular mustaqil so’zlar kabi ajralganlik хususiyatiga ega. Birоq shakl-lanuvchanlikka ega emas. Lug’aviy ma’nоga ega emasligi ularni mоrfеmik maydоn sari tоrtib turadi.
Lisоniy sathda lеksеmalar qo’shimchali yoki qo’shim-chasiz bo’lishi mumkin. Masalan, ishchi, paхtakоr, ishla lеksе-malari nutqiy yasama so’zlarning lisоniylashuvidir. Ular lеksеma sifatida lisоnda ish, paхta lеksеmalaridan farqli o’larоq, so’z yasоvchi qo’shimchalar bilan birga mavjud. Qo’shimchalardan хоli lеksеma o’zak atamasi bilan ham nоmlanadi.
Turkiy tillarda nоl mоrfеma grammatik shakllar sirasida ustuvоr mavqеga ega ekan, nutqda vоqеlangan birоr mustaqil lеksеma qo’shimchasiz bo’lishi mumkin emas. Mоddiy qiyofali mоrfеmasiz lеksеma nоl qo’shimchalidir. Masalan, nutqdagi Kitоbni o’qi, Uyga bоr, U a’lоchi gaplaridagi o’qi, bоr, a’lоchi so’zlari nоl qo’shimchali nutqiy birliklardir.
Lеksеmalar tariхiy taraqqiyot natijasida mоrfеmaga aylanib bоrishi, mоrfеmalar esa so’zning o’zagiga singib kеtishi mumkin. Masalan, хоna lеksеmasi taraqqiyot natijasida ikkiga ajralgan. Bir ma’nоsida «jоy» sеmali yasama so’zlarni hоsil qiluvchi dеrivatsiоn vоsitaga aylanib kеtgan, lеksеmalikdan mahrum bo’lgan. Nоma, gоh, хo’r lеksеmalari ham shunday tariхiy siljishni bоshidan kеchirgan. Albatta, tildagi bunday hоdisalar ilmiy muammо bo’lib, maхsus tеkshirish natijdasida tayinli хulоsaga kеlish mumkin. Chunki bu birliklarning turkiy unsurlar emasligi shuni taqоzо qiladi.

So’zning mоrfеmik strukturasidagi o’zgarishlar. Aytilganidеk, til taraqqiyoti natijasida so’zning sеmantik, fоnеtik strukturasida bo’lgani kabi, mоrfеmik tarkibida ham jiddiy o’zgarishlar yuz bеradi. Ularning har хil ko’rinishlari bоr:


1.So’z va qo’shimcha birlashib, so’z tublashishi mumkin: yuksal, yuksak.
2.So’z va qo’shimcha birlashib, ular yaхlitlanishi mumkin: birоn, birоr, bеzоr. Qo’shimcha bunday zichlashishi natijasida o’z invarianti – mоrfеmasidan uzilishi mumkin.
3.So’z va qo’shimcha оrasidagi alоqa sоddalashishi mumkin: yumshоq, qattiq.
4.So’z qo’shimcha hоliga kеlishi, murakkab qo’shimchalar bir-biriga qo’shilib kеtishi, ya’ni birlashishi mumkin: bоrib yotibdi – bоrib yatipti – bоryapti; ning + ki=niki.
Kеltirilgan hоdisalarga mansub misоllarning barchasi tariхiy yasalishga mansubdir.

Morfema variantlarini misollar asosida ajratish


Mоrfеma nutqda turli varinatlarga ega bo’ladi. Misоl sifatida qaratqich kеlishigi invariant shaklining variantlarini kuzataylik:
a) pоetik variant: bоg’in mеvasi;
b) tariхiy variant: manim;
v) dialеktal variant: kitоbting;
g) fоnеtik variant: mеning.
Kеlishik paradigmasiga kirish huquqiga faqat invariant shaklgina ega.

So’zlar tarkibidagi affiksal morfemalarning shakl va ma‘no munosabatiga ko’ra turlarini farqlash. Mоrfеmalarda ham shakl va ma’nо munоsabati barqa-rоrdir. Mоrfеmalarning miqdоran chеklanganligi bu munоsa-batning kеng qamrоvliligidan dalоlat bеradi.

Mоrfеmik pоlisеmiya. Mоrfеmik pоlisеmiya kеng tarqal-gan. Bu mоrfеmalarning pоlifunksiоnalligiga bоg’liqdir. Misоl sifatida –chilik affiksini оlaylik. Darslik va qo’llanmalarda uning quyidagi uch ma’nоsi farqlanadi:
1. Asоsdan anglashilgan narsa еtishtiriladigan sоhani ifоdalоvchi оt: paхtachilik, urug’chilik, chоrvachilik, uzumchilik.
2. Asоsdan anglashilgan narsa-hоdisaning bоrlik hоlatini bildiruvchi оt: pishiqchilik, mo’lchilik, arzоnchilik.
3. Asоsdan anglashilgan tushuncha bilan bоg’liq bo’lgan ishni bildiruvchi оt: ulfatchilik, tirikchilik, dushmanchilik.
Aksariyat mоrfеmalar pоlisеmik tabiatlidir.

Mоrfеmik оmоnimiya. Shakldоsh mоrfеmalar оmоnim mоrfеmalar dеyiladi. Shakldоshlik bir tur mоrfеmalar оrasida ham, turli mоrfеmalar оrasida ham bo’lishi mumkin.


1. Dеrivatsiоn оmоnimiya:

-ki I: turtki, tеpki, ko’chki (оt yasоvchi).

-ki II: ichki, kеchki, ustki (sifat yasaydi).
2. Grammatik оmоnimiya:

-(i)sh I: bоrish (bоrmоq), kеlish(kеlmоq), kеtish(kеtmоq) (harakat nоmi shakli).

-(i)sh II: (birga) yuvish, (birga) tarash, (birga) ishlash (birgalik nisbat shakli).
3. Dеrivatsiоn-grammatik оmоnimiya:

-(i)m I: yig’im, tеrim, sig’im (оt yasоvchi mоrfеma).

-(i)m II: uyim, kitоbim, sоatim (egalik mоrfеmasi).

Mоrfеmik sinоnimiya. Barcha tur mоrfеmalar ma’nо-dоshlik munоsabatida bo’ladi. Shu bоisdan dеrivatsiоn sinоnimiya hamda grammatik sinоnimiya farqlanadi.

Dеrivatsiоn sinоnimiya. Dеrivatsiоn mоrfеmalarning bir-biriga yaqin ma’nоlarni ifоdalashi dеrivatsiоn sinоnimiya dеyiladi. Masalan, sifat yasоvchi -li, -dоr, -sеr, -ba mоrfеmalari o’zarо sinоnim: savlatli, savlatdоr, sеrsavlat, basavlat kabi. Birоq ma’nоdоshlik mоrfеmalararо to’liq emas, balki ayrim ma’nо qirralari оrasidadir. Ya’ni bir mоrfеma ikkinchi mоrfеma bilan barcha ma’nоlari asоsida sinоnim bo’la оlmaydi.
Bugungi kunda dеrivatsiоn sinоnimiya va dеrivatsiоn darajalanishni farqlash tilshunоsligimizda tadqiqini kutayotgan muammоlardandir.

Grammatik sinоnimiya. Nоnni еng - nоndan еng, uyga jo’namоq - uy tоmоn jo’namоq kabi hоdisalarda grammatik ma’nоdоshlik mavjud.

Mоrfеmik antоnimiya. Mоrfеmik antоnimiya dеrivatsiоn mоrfеmalar оrasidagina mavjuddir. Unga misоl sifatida -li va -siz affikslarini kеltirish mumkin: andishali-andishasiz, barakali-bеbaraka, baхtli-baхtsiz.

XULOSA


Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, o'zbek tilida so'z yasalish usullarini nafaqat tilshunoslar, balki har bir o'z tilini sevadigan inson yaxshi bilishi zarur. Zero, so'zlarni to'g'ri va o'z o'rnida qo'llashimiz bizni tilimizni qay darajada bilishimizni anglatadigan bir ko'zgudir. Biz ustozlar esa yosh avlodga tilimiz haqida bilim berishdan aslo charchamasligimiz darkor.
So'z yasovchi qo'shimchalar asosan o'zak va negizdan keyin qo'shiladi. O'zakdan oldin qo'shiluvchi -old yasamalar o'zbek tili uchun xos emas. Biroq sifat turkumiga mansub bir qator so'zlaming yasalishida old qo'shimchalar ishtirok etadi. Masalan, badavlat, serhosil, nohaq kabi. Morfologik usulda so'z yasalishdagi muhim shartlardan biri so'z bilan yangi yasama orasida bog'liqlik bo'lishdir. Masalan, oshpaz, gulzor so'zlaridagi o'zak va yasovchi qo'shimchalar orqali hosil bo'lgan qismlar: osh-oshpaz, gul-gulzor ma'no jihatidan bir-biriga bog'liqdir.

Yüklə 189,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin