Diplomatik yozishma - turli rasmiy xat-xabarlar va diplomatik tusdagi hujjatlar majmui. Davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yuritish vositasi, davlat tashqi siyosiy va diplomatik faoliyatining asosiy shakllaridan biri. Davlatlar oʻrtasida yozishma tarzidagi muomala davlat, hukumat boshligʻi, tashqi ishlar idorasi, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalari yoki ularning boshliklari, diplomatik vakillar va ayrim diplomatlar nomidan yoʻlga qoʻyib turiladi. Maktublar, telegrammalar, xatlar, nota orqali yozishmalar, shuningdek, deklaratsiya, bayonot, chaqiriq, axborot agentlarining xabarlari Diplomatik yozishmalar turlari hisoblanadi. Diplomatik yozishmalarda xalqaro hayot va tashqi siyosat, davlatlararo ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama munosabat masalalari yoritiladi. Mazkur hujjatlarni tayyorlash davlat va unga tegishli muassasalar diplomatik faoliyatining muqim sohasi sanaladi. Diplomatik yozishmalarni diplomatik kuryerlar ko'rsatilgan manzilga yetkazib beradi.
Verbal notaga kushimcha yoki javob tarikasida yoziladigan xujjat bulib, unda biror masala buyicha kengay- tirilgan ma’lumotlar berilishi, avval yuborilgan notaga ma’lum tuzatishlar kiritilishi, kelishilayotgan shartnomalar muddatini belgilash yoki uzgartirish akdtsa xabar berilishi mumkin. Ilovada avvalgi notaning joriy raqami va u yuborilgan sana va ilova necha betdan iboratligi albatta kursati- lishi shart. Ilova verbal nota kabi yozilishi yoki ilova nomi bilan aloxida yozilishi mumkin Ilova xat
Rasmiy xat — vazirliklar, elchixonalar, vakolatxonalar Urtasidagi yozishma bulib, biror mansabdor shaxe nomidan yoziladi. Xat sungida shu shaxslarning ismi-sharifi, lavozimi kursatiladi, biroq, imzo quyilmaydi, chunki bunday xatlar umumiy tashkilot nomidan yuboriladi.
Rasmiy xat
Bayonot — biror mamlakatning davlat axamiyatiga ega masalalar yuzasidan bergan murojaatnomasi. Bayonotda asosan jaxon hamjamiyatiga taalluqli masalalar: urush va tinchlik, chegara xavfsizligi, mamlakat ichki ishlariga aralashishga nisbatan raddiya berish kabi masalalar yoritiladi. Shuning uchun u kòpincha tashki ishlar vazirliklari tomonidan yoziladi va ommaviy axborotda xam e’lon qilinadi. Ba’zi lollarda kushma bayonotlar berilishi xam mumkin. Bunday bayonot bir xil qarashga ega bulgan 2—3 mamlakat tomonidan beriladi.