Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti nazariy mexanika kafedrasi



Yüklə 222,22 Kb.
səhifə1/3
tarix13.03.2022
ölçüsü222,22 Kb.
#53672
  1   2   3
4-HGI Rajabov Mirzoxid




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

MATEMATIKA FAKULTETI

NAZARIY MEXANIKA KAFEDRASI

NAZARIY MEXANIKA FANIDAN

MAVZU: Nuqta kinematikasi




HISOB GRAFIK ISHI


Bajardi: 216-guruh talabasi Rajabov Mirzoxid

Tekshirdi: Ismoilov X



Samarqand – 2021

1. Nuqta harakatining berilish usullari

Nuqta harakati davomida qoldirgan iziga uning trayektoriyasi deyiladi. Nuqtaning harakati uning fazodagi yoki tekislikdagi vaziyati bilan vaqt oralig’idagi bog’lanishni ifodalovchi harakat qonunining berilishi bilan to’la aniqlanadi. Nuqta harakati – koordinat, vektor va tabiiy usullarda berilishi mumkin. Bu harakat usullari bir-biriga ekvivalentdir.



1) Koordinatalar usuli

Bu usulda M moddiy nuqtaning harakati xyz dekart koordinatalari sistemasida uchta bir qiymatli, uzluksiz va differensiallanuvchi

, , (1)

funksiyalarning berilishi bilan aniqlanadi (1-rasm)



Keltirilgan (1) tenglamalar nuqta trayektoriyasining parametrik tenglamalari bo’lib, nuqtaning harakat tenglamalari deyiladi.

Nuqtaning trayektoriya tenglamasini topish uchun (1) tenglamalardan t vaqtni yo’qotib



, (2)

ko’rinishdagi bog’lanishlarni hosil qilish kerak.

Nuqtaning tekisligidagi harakati ikkita bir qiymatli, uzluksiz va differensiallanuvchi

funksiyalarning berilishi bilan aniqlanadi va bu holda uning trayektoriya tenglamasi



ko’rinishda bo’ladi.



2) Vektor usul

Moddiy nuqtaning harakati bu usulda berilganda uning radius vektori (1-rasm) t vaqtning funksiyasi sifatida qaraladi, ya’ni



Nuqtaning radius–vektori va uning dekart koordinatalari orasidagi bog’lanish



(3)

tenglik bilan ifodalanib, – x, y, z koordinata o’qlaridagi birlik vektorlari



3) Tabiiy usul

Nuqta harakati tabiiy usulda berilganda istalgan t vaqt uchun uning trayektoriyadagi vaziyati



(4)

tenglikdan aniqlanadi, bunda boshlang’ich vaziyatdan egri chiziq bo’ylab hisoblanuvchi yoy uzunligi (yoy koordinatasi) (2-rasm). Nuqta harakati tabiiy usulda berilishi uchun quyidagilar ma’lum bo’lishi kerak:

a) Nuqta trayektoriyasi;

b) Trayektoriyaning sanoq boshlanadigan nuqtasi, hamda harakatning musbat va manfiy yo’nalishlari;

c) Nuqtaning trayektoriya bo’ylab (4) ko’rinishdagi harakat qonuni.




Yüklə 222,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin