2-MARUZA: Kasr va manfiy son tushunchasini vujudga kelishi haqida qisqacha
tarixiy ma’lumotlar. Butun sonlar: Butun manfiy sonlar. Butun sonlar to’plamining
xossalari va ular etatsiyasi.
REJA.
1.
Kasr va manfiy son tushunchasini vujudga kelishi haqida qisqacha tarixiy
ma’lumotlar
2.
Butun sonlar: Butun manfiy sonlar. Butun sonlar to’plamining xossalari va ular
etatsiyasi.
Tayanch so’z va iboralar: Kasr, manfiy son,
natural son, tartibiy son, miqdoriy son.
Sakkiz yillik maktab matematika kursidan ma’lumki, natural sonlar va noldan tashqari kasr
sonlar, butun sonlar, ratsional sonlar, irratsional sonlar, haqiqiy sonlar mavjud. Sonlarning turli
to’plamlari orasidagi o’zaro bog’lanishlarni Eyler doiralari yordamida ko’rgazmali
tasvirlash
mumkin (121- rasm).
Son tushunchasining kengayishi jarayonidagi dastlabki to’plam natural sonlar to’plami
N
bo’ladi. Juda qadim zamonlarda paydo bo’lgan natural
son tushunchasi ko’p asrlar davomida kengaydi va umumlashtirildi. Kattaliklarni (miqdorlarni)
yanada aniqroq o’lchashga bo’lgan talab musbat kasr sonlar tushunchasiga olib keldi.
Manfiy
sonlar tushunchasining paydo bo’lishi tenglamalarni yechish va nazariyizlanishlar bilan bog’liq
Nol avval sonning yo’qligini bildirgan bo’lsa, manfiy sonlarning kiritilishi bilan butun sonlar
to’plam Z da hamda ratsional sonlar to’plam Q da teng huquqli songa aylandi.
Bizning eramizgacha V asrda Pifagor maktabida musbat ratsional sonlar kesmalar uzunliklarini
aniq o’lchash uchun yetarli emasligi aniqlangan va keyinroq bu muammo hal qilingandan keyin
irratsional sonlar paydo bo’ldi, XVI asrda esa o’nli kasrlarning kiritilishi
bilan haqiyqiy sonlarga
qadam qo’yildi. Haqiqiy sonning qat’iy ta’rifi, haqiqiy sonlar to’plami xossalarining asoslanishi
XIX asrda berildi.
Haqiqiy sonlar tushunchasi sonlar qatorining oxirgisi emas. Son tushunchasining kengayishi
jarayonini davom ettirish .mumkin va u davom etadi — buni fizika,
matematika va boshqa
fanlarning rivojlanishi taqozo etadi.
O’quvchilarning kasr sonlar bilan dastlabki tanishuvi boshlangich sinflarda boshlanadi.
Keyinchalik o’rta sinflarda , kasr tushunchasi aniqlashtiriladi va kengaytiriladi. Shuning uchun
boshlangich sinf o’qituvchisi kasr va ratsional sonlar ta’rifini, ratsional sonlar ustida amallar
bajarish qoidasini va bu amallar qonunlarini bilishi zarur, shuningdek, ratsional va haqiqiy sonlar
to’plamlari bilan natural sonlar to’plamining o’zaro bog’liqligini ko’ra bilishi kerak. Bu
boshlang’ich va o’rta sinflarda matematikani ketma-ket o’rganish uchun zarurdir.