Mehnat bozori shakllanishining mintaqaviy xususiyatlari
Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb
muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakillantirish va
rivojlantirishdir.
Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar
rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy
bog’langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo’lish uchun ishchi kuchi
jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning
belgilangan majmuasiga ega
bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta
turib, u o’z iste’mol sifatlarini yo’qotmasligi uchun doimo qayta ishlab
chiqarilishi lozim. Nafaqat o’zini qayta ishlab chiqarish,
balki mehnat
resurslari va butun aholining sifat ko’rsatkichlarini ham yaxshilanishini
oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo’q qilishi mumkin. Ishchi
kuchiga jami talab - investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga
solinadi.
Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli
aholining ish bilan band
bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi
munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi
kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid
qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif
o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi,
bozor iqtisodiyotining
murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiyiqtisodiy
tizimchasidir.
Mehnatning
erkinligi
va
ixtiyoriyligi
-
mehnat
bozori
shakllanishining asosiy sharoiti yohud shartidir. Shu bilan bir qatorda
mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatayotgan bir qator
iqtisodiy,
ijtimoiy, demografik, tabiiyiqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar
va omillar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Mehnat bozori (MB) shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti
bo’lib, yollanma xodimlarni o’z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy
mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga
jamoa yoki xususiy
mulkchiligi xizmat qiladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur
sub’ektlarni o’zaro almashuv munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy
manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste’molchilik yotadi.
Ular ham o’z navbatida qayta takror ishlab chiqarishda aholi ijtimoiy-
iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy
ehtiyojining ifodalanishi
bo’ladi.
MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi
muvozanatga erishish uchun o’zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng
huquqli sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo’lishlarini taqozo etadi.
Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy
zaruriyat nuqtai nazaridan o’zaro bog’langan hamda bir-birlariga qaram
bo’lsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi o’rtasida bozor muvozanatiga erishish
MBining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi.