3-Mavzu. QISHLOQ XOʻJALIGIDA MEHNAT MUHOFAZASI ISHLARINI
TASHKIL ETISH, ERGANOMIKA VA XAVSIZLIKNI BOSHQARISH.
Reja:
1.Mehnat xavfsizligi ishlarini tashkil etishdagi mutaxassis va rahbar shaxslaming
huquq va vazifasi.
2.Mehnat muhofazasiga doir tadbirlami rejalashtirish va mablag’ bilan
ta’minlash.
3.Mehnat xavfsizligi bo’yicha, me’yoriy-axbarot ta’minoti.
4.Qishloq xo’jalik xodimlarini davolash va sog’lig’ini ta’minlash tadbirlari
5.Qishloq xo’jalik korxonalarida pasportlashtirishni tashkil etish tartibi
6.Baxtsiz hodiasalar bo’yicha tekshiruv o’tkazish, hisobga olish va hisobot
berish.
7.Mehnat xavfsizligini targ’ibot va tashviqot qilish
8.Ergonomikaning maqsad va vazifasi, asosiy tushunchalar, dizayn, insonning
harakatlari, ombor texnikalari.
Tayanch iboralar:
baxtsiz hodiasa, H-1 shakldagi dalolatnoma, statistik,
monografik, topografik va iqtisodiy tekshirish, tibbiy meditsina ekspertiza ko’rigi
(TMEK), kasb kasalliklari, dezinfektsiya, yo’riqnoma.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G’oyipov H.E. «Mehnat muhofazasi» Toshkent. 2000
2.
O’zbekiston Respublikasinining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi
qonuni T. 1993y
3.
O’zbekiston Respublikasinining Mehnat to’g’risidagi qonunlar kodeksi
Toshkent — 2004
4.
O’zbekiston respublikasi Konistitutsiyasi.Toshkent 2003y.
5.
5.1.Mehnat xavfsizligi ishlarini tashkil etishdagi mutaxassis va rahbar
shaxslarning huquq va vazifasi
Korxonalar ma’muriyati va muhandis-texnik xodimlarining asosiy vazifalari
mehnat haqidagi qonunlar majmui hamda «Xavfsizlik yo’llari va ishlab chiqarish
sanitariyasi qoidalari» bilan belgilanadi. Ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb
kasalliklarini kamaytirish hamda ularning oldini olishga oid mehnat muhofazasi
bo’yicha ishlarni amalga oshirish tadbirlariga umumiy rahbarlik hamda bu ishga
javobgarlik xo’jalik rahbari, uning o’rinbosari - bosh mutaxassis zimmasiga
yuklatiladi.
Rahbar
- ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarining oldini
oluvchi tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirishga, mablag’ bilan ta’minlashga,
shartnoma bitimlari talablarini bajarishga, mehnat va dam olish tartibi, ayollar va
o’smirlarni talab darajasidagi ish bilan ta’minlashga, kasaba uyushmasi texnik
nazoratchilari va jamoatchi nazoratchilar hamda mahalliy kasaba uyushmasi
qo’mitasi komissiyasining mehnat muhofazasiga doir buyruqlarini bajarishga,
ishlar va kasblarning ayrim turlari uchun xavfsizlik yo’llari bo’yicha
yo’riqnomalarni tasdiqlashga, ishchi - xizmatchilarni o’z vaqtida amaldagi
me’yorlarga muvofiq korjoma, maxsus poyabzal, yakka tartibdagi himoya
vositalari va maxsus oziq-ovqatlar bilan ta’minlashga majbur.
Dostları ilə paylaş: |