Reja: O’zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi tangalar. Yunon-Baqtriya tangalari. Kushon podsholari tomonidan zarb qilingan tangalar. Qadimgi Xorazm tangalarini zarb qilinishini yo’lga qo’yilishi Ilk o’rta asr davriga oid tangalar
Qadimgi va ilk o’rta asrlarda O’zbekiston tangalari
Reja:
1. O’zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi tangalar. Yunon-Baqtriya tangalari. 2. Kushon podsholari tomonidan zarb qilingan tangalar. 3. Qadimgi Xorazm tangalarini zarb qilinishini yo’lga qo’yilishi 4.Ilk o’rta asr davriga oid tangalar.
O’zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi tangalar. Yunon-Baqtriya tangalari. Dastlabki davrlarda tangalar O’rta Osiyoning faqat Yunon aholisi orasidagina yuritilgan bo’lsa kerak, chunki bu paytda tub aholi hali pul-tovar muomalasi yuritishga ulgurmagan edi deb hisoblaydi, tangashunos olim E.V.Zeymal. Bu jarayon miloddan avvalgi III asr, ya`ni ikki mustaqil Parfiya va Yunon Baqtriya podshohligi paydo bo’lgan davrda boshlangan deb tahmin qilish, har holda haqiqatda xilof bo’lmasa kerak. Ammo bu podsholikni birinchisida etakchi rolni Janubiy Turkmanistonda yashovchi kuchmanchi parklar qabilasidan chiqqan odamlar uynasa, ikkinchi o’rinda oliy nasab yunonlar turishgan. Yuz yildan sal ziyod, ya`ni miloddan avvalgi III asrdan to II asrning uchinchi choragigacha hukm surgan Yunon-Baqtriya podsholigi tangalarining aksariyati medal'er (medal yoki tanga quyish yokivarb etish san`ati - tangavarbhonasi) san`atining nodir namunasi deb hisoblanadi.Yunon-Baqtriya podsholigining tanga sistemasi standartga asoslangan edi, tangalar asosan kumush va misdan, ba`zan tillodanvarb etilardi. Ular orasida Evkritning 20 staterli (160g) oltin tangalari, ya'ni antik dunyo davrining eng yirik oltin tangalari mavjud. Bunday tangalardan ikkitasi haqida ma`lumot bor. Biri A.Semznovning gapiga qaraganda, Buhoro amiri hazinasida saqlangan, ikkinchisi Parijda saklanadi.Yunon-Baqtriya kumush tangalari, asosan bir andozada bo’lib o’ng tomonida hukmdor podshoning, tersida esa u o’ziga pir qilib olgan ma`budlarning, masalan Zevs, Gerakl, Poseydon, Apollon, Dioskurlarning tasviri tushirilgan edi.
Yunon-Baqtriya tangalarida andozaga tushib qolgan tasvirlardan chekinish hollari ham uchrab turadi. Masalan podsho Evkratid davridavarb etilgan tangalar ichida o’ng tomonida podshohning o’z surati hamda "Ulug’ shoh Evkratid" degan yozuvi tersida esa yigit yoki erkak hamda peshonasida tillaqosh taqqan ayolning yon tomonidan olingan surati aks ettirilgan, Suratning tagida "Geliokl va Paodina" dab yozilgan tangalar uchraydi, Aleksandr, Antiol, Dloft va Evtidemlar sharafiga bag’ishlab medal-tangalar bironta ulug’ zot, sharafli sana, qimmatcxilik yoki qaxatcxilik, ochlik yillari munosabati bilanvarb etilgan tangalar ham diqqatga sazovor bo’lgan, Bunday medal-tangalar-dan biri - Evtidem sharafiga Antimax tomonidanvarb etilgan tanga Panjakentda, Diodit va Evkratid sharafiga Agafokl tomonidan chiqarilgan uchta tanga Buhorodan topilgan dafina ichidan chiqqan.
Yunon-Baqtriya tangalari tehnikaviy ijrosi jihatidan va hususan, podshohlarning siymosini aks ettirishdagi badiiy ifoda usullari jihatidan eng balad saviyadavarb etilgan Ellada tangalaridan ustun turadi, Qadimgi Gresinda Yunon-Baqtriya tangalari Sitsiliyaning denadrahma hamda tetradrahmasi bilan bir qatorda antik davr tangavarb etish ishining eng nodir namunasi hisoblanardi. Ularning fikricha: "Tangavarb qilishishi o’z badiiy konunlari va talablariga esa mustaqil san`atdir."Yunon-Baqtriya tangalarining o’lchov birliklari haqida gapirsak, Masalan, Yunon-Baqtriya Evtidem tangasi eramizdan avvalgi 235-200 yillar. misdan tayyorlangan diametri - 19 mm, vazni - 3,5 gramm.
Evkratid oboli - eramizdan avvalgi 171-155 yillar Kumush obol - d - 0,9 mm, V - 0,9 g. Tangalarga aks ettirilgan Yunon-Baqtriya tangalariga podsholarning tasviri, bu umumiy tarzda qabul etilgan yagona ideal hukmdorning tasviri bo’lmay balki podshoning o’z chinakam suratidir. Podsholar bir-biridan faqat yuz ko’rinishi bilangina emas, balki musavvirlar ularning har birining ahvoli ruhiyati berishda ajinlardan, ko’z boqishlaridan, lab ifodalaridan unumli foydalaaganlar. Miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo xalqlarining etnik va siyosiy hayotida ulkan o’zgarishlar sodir bo’ldi, Eron ko’chmancxilari - yani yuechji qabilalari boshqa ko’chmanchi qabilalari tayziki ostida Yunon-Baqtriya podsholigiga karshi hujum boshlagan, Eramizdan avvalgi II asr o’rtalariga kelib, yuechji nomli eron qabila xuni kabilalari tayzikidan qochib O’rta Osiyoning janubiga qochib qoladi. Boshqa yuechji qabilasi Baqtriyaning Amudaryo shimolidagi kismini bosib oladi. So’ngra butun podsholiknivabt etadi. Bir muncha vaqt o’tgandan keyin yuchji ittifoqi qisimga-mulklarga bo’linib ketadi. ularning har birini qabila, oqsoqoli yobg’u boshqarardi. Eamizdan avvalgi I asr boshi yoki o’rtalarida Kushon mulki tobora kuchayib, uning yobg’usi Kujula Kedfiz hamma mulklarni birlashtirib Kobuliston hamda Gondharnivabt etadi va Kushon davlatini tashkil qiladi, Kushon davlati o’z ahmiyatiga ko’ra, Han imperiyasi,Parfiya podsholigi va Rim saltanatiga teng qadimgi dunyoning engvabardast davlatlaridan edi. Bu davlat eramizdan avvalgi I asr o’rtalaridan to eramizning III asr o’rtalariga qadar ya`ni 200 yilcha yashadi, ammo ayni ravnaq topgan payti buyuk Kushon podshoxi Kanishga davriga to’g’ri keladi. Kanishka eramizdan avvalgi II asrning birinchi yarmida, ya`ni Kushon davlati tarkibiga Hindiston va Afg’onistonning talay hududlari, O’rta Osiyoning janub viloyatlari kirgan davrda hukmronlik qilgan edi.
Kushonda tangavarb qilinishi ba`zi bir tadkikotlar ismini " Geray " boshqalariga esa " Sanab " deb o’qishgan hukmdorning tantalaridan boshlanadi . Bu tangalar ikki xil bulib biri tetradrahma, ikkinchisi obol (chaqa) edi. Tetradrahmaning o’ng tomonida sochlari hafsala bilan taralgan,. peshonasiga tasma bog’lagan, yuzlarida g’ayrat shijoat barq urib turgan erkak kishining beligacha tushgan surati berilgan. Tanganing ters tomoni kishi diqqatini o’ziga tortadi. O’rtada ot mingan shoh, uning orqasida, gulchambar takkan Nina (Zafar) ma`budasi parvoz qilayapti. Shu yerning o’zida " Kushon hukmdori Geray Sanabniki " degan turt so’zdan iborat grek yozuvi bor. Bu sirli tangalarni o’rgana boshlanganligiga ham yuz yildan oshdi: so’nggi ikki o’n yillik mobaynida tangashunoslik ilmi qo’lga kiritgan yangi ma'lumotlar hamda Xolchayonda topilgan " Geray " galar-ning haykallari Kushon hokimi hukmronlik qilgan davrda oid kashfiyotlar kilishga imkoniyat berdi. Eronshunos olim V, P. Limishning tahminiga qaraganda " Geray " so’zi ism emas, sifat (epitet) bo’lib, turk tilida dongdor (qahramon) zot", " Sanab " so’zi esa Sanabar so’zining qisqartirilgan shakli bo’lib, balagardon," yovqir " manosini anglatadi, Ammo bu tangalarga oid ko’p narsalar hali noaniqligicha qolgan.
Kushon mis tangalari bundan ham hayratomuz va sirliroqdir. Ularda hukmdorning ismi yuq, faqat mansabi va laqabini anglatuvchi " SHohlar shohi (shahanshoh) Buyuk holoskor" degan grek yozuvigina mavjud. Ilmda "Noma`lum shoh" yoki " Soter Megasning" tangalari nom olgan bu chakalar O’zbekiston va Tojikiston janubida olib borilgan arheologik qazishmalarda juda ko’plab uchraydi. Bu tangalar qaysi Kushon shohi tomonidanvarb qilinganligini ,aniqlash uchun hozirgacha ko’p mushohadalar davom etmoqda. M. E. Masson va bizning fikrimizcha, ularni Kujula Kadfizvamonidavarb etishgan, boshqa tadqiqotcxilar fikricha oa tangalarni Kadfiz Vima chiqargan. " Soter megas " tangalarining o’ng tomonida qo’lida kalta va engil nayza - drotik ushlagan ideal shoh siymosi emas, balki ma`bud Mitra deb tahmin qilishadi. Tan-ganing ters tomoni o’rtasida, uzatilgai qo’lida jang boltasi tobar -vagnul tutgan otliq shoh tasviri o’yilgan. Kushon shohi Kadfiz ikkivamonida pul islohati o’tkazilib, yangi tanga sistemasi asosiy stateri 8,03 g. keladigan turli - tuman sifatdagi tillalardanvarb otishga asoslangan bo’lib ikki xil tanga joriy, etilgandi : biri 18, 07 g. ikkinchisi esa 2, 01 g. Shuning bilan bir qatorda diametri 23 - 25 mm, vazni 16 -17 g. keladigan mis tangalar ham muomilaga chiqarilgan. Tangalarning o’ng tomonida beriladigan suratlarning doimiy turi ham ishlab chiqildi. Bu suratda yuzi yon tomonidan aks ettirilgan shoh mehrob oldida tik turganicha qandaydir diniy ibodat ado etmoqda. Bu tipdagi nohin -shoh tasviri boshqa barcha Kushon podsholigining shohlari shu jumladan, Kanishka, Rasudeva, Kanishka III tangalarida (Xavishka tangalari bundan mustasni) mavjud. Kushon tangalarining ters tomonida berilgan homiy ma`budasi tasviri ayniqsa maroqlidir. Kadfiz II va Vasudeva tangalarida homiy mabudasi sifatida buqa nanda yonida turgan Hind ma’budasi Shiva namoyon bo’ladi. Kanishka va Huvishka tangalarida ma`budalar ahli ham: (pateon - ma`bud ) Avesto diniga mansub Otash, Vad, Mehr, Moh, Ordagi, Farr sanamlar Nana va Ardohi greklarning Gilion, Xindlarning Buddasi, Misrliklarning Soranisi. Tangalarda berilgan ma`budalar nushasi ehromlardagi monemental haykallardan olingan bo’lsa kerak, Baqtriya yo yozma obidalari kashf etilishiga qadar olimlar Kushon tanlalarini o’rganib, mazkur podsholikda joriy etilgan muhim bir islohot haqida ma'lumot olshga muyassar bo’lishgan. Shoh Kanishka tangalarida oldingi Grek yozuvlarining o’rniga baqtriya tilidagi yozuvlar paydo bo’ladi, baqtriya tili sharqiy - eron tillar majmuasiga kiradi, Baqtriya yozuvi aso-sidagi yigirma turt harfga yana bir sirg’aluvchi " san " harfi qo’yilgan holda Grek tilini olishgan.
Eramizning III-IV asrlari O’rta Osiyo tarixida ijtimoiy siyosiy sohalarida keskin o’zgarishlar davri bo’ladi, Qadimgi dunyoning so’ngi eng ulkan vavabardast davlatlari Kushon va Partiya inqirozga yuz tutdi, ularning sobiq yerlari yangi qudratli Sosoniylar davlatiga qo’sxilib ketdi. Endi bu yerlarda Sosoniy shohlari tomonidan tayinlangan noiblar - Kushonshohlar hukmronlik qila boshladilar.Sosoniy Kushonshohlarning tangalari ikki turkumga bo’linadi Sosoniy - Kushon va Kushon - Sosoniylar tangalariga bo’linadi. Birinchi turkumga oid tangalarning o’ng tomonida hukmdor Kushonshohning yon tomonida kukragi bilan olingan surativarb etilgan, ters tomonida esa muqaddas Mehrob yonidavardushtiy dinining bosh ma'budasi Ahuramazda yangi shohga hukmdorlik belgilarini topshirayotgan manzara yoki peshtoqlar ostidagi taxtga o’tirgan shoh tasvirlangan.
Ikkinchi turkumga mansab tangalari Kushon shohi Vasudeva tangalari andozasi bilanvarb etilardi. Eramizdan avvalgi dastlabki asrlardan boshlab to eramizning birinchi asrlarigavarb etilgan Sug’d tangalari bu jihatdan diqqatga sazovordir.