Eramizning V- VII asrlari ilk o’rta asr davri O’rta Osiyo tarihida keskin o’zgarishlar ro’y berdi: feodal tuzum mustaxkamlanib, tobora rivojlanib bordi, unga katta bo’lmagan davlt tashkil topdi, bu davlatlar o’z navbatida behisob mayda, ko’cha mustaqil hokimlardan iborat edi. Bu davrga kelib, O’rta Osiyaning turli joylariga kelib Sharqning qudratli davlatlar eftalitlar, (eramizning V asri ikkinchi yarmidan, VI asrning birinchi yarmigacha) Sosoniylar, (eramizning birinchi asri, va VII asrning o’rtalarigacha) turk hoqonligi, (eramizning VI asri ikkinchi yarmidan VIII asr o’rtalarigacha) ta`sirida benihoyat VII asrning birinchi yarmi ohirlaridan boshlab O’rta Osiyo uzil - kesil arab halifaligi (avvali Umaviylar keyin Abbosiylar) tarkibkga kiradi. Ilk O’rta asr davrida O’rta Osiyo xalqlari hayotida talay o’zgarishlar yuz berdi: bu o’zgarishlarning boshlanishi kuchmanchi eroniy hamda xionit, kidarit, eftalit kabi tog’li qabilalar bostirib kirishi, asrning ikkinchi yarmidan boshlab turk qabilalarining kelishi natijasida O’rta Osiyoning bir qtor viloyatlari turklashish bilan belgilaniladi.
Moddiy va badiiy madaniyat sohalarida ham ulkan o’zgarishlar yuz bera boshladi. Turgan gapki, tangavarb kilish ishi bu o’zgarishlardan chetga qolgan chekonlar (shtampel) tanga chaqa, metal va shu kabilarnivarb qiladigan shtamp, qoliplar paydo bo’la boshlagan.Tangalarni nisbatan yirik o’lkalarning (Sug’d, Xorazim) hukmdorlari, kichik ulus hukmdorlari (Panjikent) hatto shaxarlar (masalan, Buxoro vohasidagi Noykend)varb qilishardi. Siyosiy va an`anaviy aloqalar ta`sirida aksariyat O’rta Osiyo mulki amloklari qudratli qo’shni davlatlarning tangalaridan nusxa olib tangavarb qilar edilar. Masalan, sug’d ixmidlari va bazi bir turk hukmdorlari Xitoy tangalariga o’xshatib dumaloq , o’rtasida to’rt burchak teshigi bor tangalar, Buhoroda esa Sosoniy sulolasida Barahran V tangalariga taqlidan tangalarvarb etishadi. O’zbekistonning janubiy viloyatlarida (Chaganiyon va Termizda) boshqa Sosoniy shohlari: Peruz (Feruz 439 – 434) hamda Husrav (Anushervon 531 – 579) tangalariga taqlidanvarb qilar edilar.
Sug’d, Choch, CHagoniyonning ba'zi hukmdorlari o’z tangalarining ikonografiyasiga asoslab Vizantiya tangalarini olishgan. Choch va Chogoniyon tangalarining o’ngida shoh va Malikaning kukragigacha tushirilgan tasviri bor. Oldinlari bunday davir O’rta Osiyo tangavarbligida bo’lmagan; ammo ko’pincha Vizantiya tangalarida xususan imperator Yustinlan II (565 – 578) tangalarida (ularda imperator va malika Safiya tasviri bor) uchraydi.
Faqat Xorazm qadimgi an’analarga sodiq qoldi. Eramizning I asrida kalitga tushgan ikonografik: sxema: tanganing o’ngida hukmdor, tersida ot mingan shoh tasviri ilk o’rta asr davrida ham o’zgarmay qoldi. Balki bu Xorazmning siyosiy va iqtisodiy turg’unligi va mutaassibligiga bog’liqdir. Ilk o’rta asr davrida O’rta Osiyoning turli joylarida tangavarblash kumush va misga asoslangan edi, tillodan tangavarb qilinmas edi. Sug’d, Choch, Istravshan, yettisoyda faqat mis chaqalarvarb ettilardi. Kumush tangalarga bo’lgan ehtiyoj esa sosoniylarning kumush tangalari bilan qondirilgan bo’lsa kerak. Xorazm, Buhoro, Chagoniyonda mis tangalar bilan bir qatorda kumush tangalar hamvarb kilingan. O’rta Osiyoga Vizantiya oltin solidlari ham ollb kelingan, ammo ular real pul muomalasida bo’lganmi, yo’qmi bu bizga qorong’u. Ammo mazkur tangalar zeb - ziynat sifatida ishlatilgan indifikatsiyalar (Ya'ni o’ngi va tersida bir xil o’yma tasvirli tangalar) yaratilishiga olib keladi. Vizantiya tangalaridan yasalgan indikatsiyalarni, hatto bu tangalarning o’zini ham O’rta Osiyoning qadimgi qishloqlari go’ristonlarida topish mumkin.
Ilk o’rta asr davrida antik davrga nisbatan tanganing ung va terslari anchagina uz gardi. Tasvirlar bo’rtma emas, siyqaroq rasmlar esa oddiy chizila boshlandi.
Yozuvlar va nasabni bildiruvchi tamg’asi bor, ammo hukmdor yoki mabudaning tasvirisiz, shuningdek hech bir yozuvsiz tangalar yuzaga keldi. Bunday hol ilgari sira uchramagandi.O’rta osiyoning bir qator viloyatlari tangalarini ikonografiya nuqtai nazaridan qisqacha tavsiflab utaylik.
Choch - Bu viloyatning turli joylaridavarb etilgan tangalar g’oyat xilma-xildir. Kupincha tangalarning o’ngida shik boquvchi yoxud yuzini chetga burib turgan hukmdor yoki shoh va mamlakatning siymolarini ko’rish mumkin. Aksariyat hollarda bu tasvirlar aniq bir shahsning portret belgilaridan holi bo’ladi va umumiylashgan, ba`zan hatto sxematik obraz tarzda ifodalanadi. Tangalarda yirtqich hayvon, yaydoq va tuya tasvirlari ham tez - tez uchrab turadi. Bizning tahminimizcha, bu jonivorlar hukmdor urug’ning homey totemlari bo’lsa kerak. Tangalarining tersi bir xil- o’rtada tamg’a, uning gir atrofida hukmdorning ismi, unvoni hamda mulk noma sug’d yozuvida berilgan.
Sugd- Ilk Sugd tangalarining o’ngida silliq sochli ma`budaning tasviri bo’lsada, VII asrning yarmidan sug’d hokimlari - ixmidlar hamda ularga tobe amlokdor to’rt burchak teshikli hech bir tasvirsiz siyka tangalarvarb qila boshlashadi. Tanganing o’ngida nursiz berilgan sug’d yozuvi hukmdorning ismi va unvonini bildiradi. Tanganing tersidan esa har bir hukmdorning o’z sulolasiga hos belgi berilgan. Bunday tangalar ulardagi ismi va unvonlar o’zgartirilib, Yttisoyda turgana nomli turk qabilasi, Buhoro voxasida savdogarlar shaxri bo’lmish Paykent, Shimoliy Tuxariston va Chochdavarb etilardi. Eng so’nggi Sug’d yozuvlari bilan bir qatorda qisqacha arab yozuvlari ham paydo bo’la boshlaydi. Istravshan, Kadimda hozirgi Tajikistonning Leninobod viloyati hamda O’z-bekistonning Jizzax viloyat hududlarida joylashgan bu kichik o’lka hokimlari Eramizning VII asr ikkinchi yarmida va VIII asrning birinchi yarmida o’z mis chaqalarinivarb qilishardi. Bu tangalarning o’ngida Sosoniylar tangalariga taqlidan boshiga qanotli chambar kiygan hokimning tasviri berilgan. Hokim Satagari tangalarida buning o’rniga butparastlarning donishmandlar ramzi bo’lmish fil tasviri berilgan.
Buhoro IV-V asrda varb etilgan Buxoro mis tangalarining o’ngiga toj kiygan hokim boshining nuktalar bilan o’ralgan tasviri, tersida esa Sosoniylarning tangalariga hos otashparastlar mehrobi yoki tamg’a berilgan. Oromiy tilidagi yozuv hukmdorning ismi va unvonini ifodalaydilar masalan Asvor shoxining tangasi,(rasm.) Bundan tashkari, eramizning VI-VII asrlarida hokimiyat boshida turgan Chagoniyon hokimlarining butun bir sulolasi aniqlandi. Chagoniyon viloyatida o’ngida hokim va malika tasviri tushirilgan yupqa mis tangalar hamvarb etilardi Ular Choch va Sug’d tangalariga uhshab ketardiyu ammo tyasvirlarning o’ziga hos hususiyatlari bilan ajralib turardi. Maskur tanga boshqalaridan Baktriya tilidagi kursovli suzlari borligi bilan ajralib turardi, yozuvning ma`nosi hali hamon aniklanmagan. Tahminan shu davrning o’zida Chagoniyonga ko’shni bulmish termiz shohlarining chog’roq saltanatida ’aroyib shaklli tangalar zarb yotila boshlanadi. Ularning ba`zi birlari o’ta snifat shaklida bo’lib, boshqalari yassiroq, o’ngida qanotli chambar kiygan hukmdor siymosi, tersida tamg’a tasvirli, yozuvlari yo’q tangalar edi. Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, O’rta Osiyoning garbiy - janubida joylashgan Marg’iyona va Shimoliy Hurosonda bu davrda hali tangalar zarb yotilmasdi. Marg’iyonaning bosh shahri Marvda (Hozirgi Bayram-ali atrofida) Sosoniylar tangalariga taqlidan zarb etilgan tangalar chiqarishardi.
Adabiyotlar:
Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak” Toshkent 1998yil
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch” Tashkent 2008 yil
Elizavetin. G. “Pulnoma” Toshkent 1979 yil
Pidaev. Sh. “Tangalar davr ko’zgusi” Toshkent 1984yil
To’xtaev. I. “Tangalar tilga kirganda” Toshkent 1989yil
To’xtiev. I. “Amir Temur va temuriylarning moliya-pul siyosati” Toshkent 2006 yil