9-MAVZU. TARJIMA – AMALIY LINGVISTIKANING TARMOG’I SIFATIDA
Reja: Tarjima fan sifatida
Tarjimada so’zlarning qiyosiy o’rganilishi
Avtomatik tarjima yo‘nalishi tarixi. Tarjimon dasturlar.
Mashina tarjimasi va avtomatik tarjima.
1. Tarjima fan sifatida Tarjima-amaliy lingvistikaning muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, u tarjimada uchraydigan muammolarni hal qilishda yordam beradi. U o‘z obyektiga ega. Tarjimashunoslik fani qiyosiy tilshunoslikdan ajralib chiqqan. U asosan semantika aspekti bo‘lib, semantikaga oid hamma savollar tarjimashunoslik faniga taalluqlidir. Tilning ijtimoiylashuvini va u bilan aloqador bo‘lgan tillarni o‘rganuvchi sotsiolingvistika (ijtimoiy tilshunoslik) ham tarjimashunoslik bilan bevosita bog’liqdir. Tarjimaning asosiy maqsadi bir necha turdagi matnlarni tarjima qilish usullarini aniqlashdan iboratdir. U tarjima nazariyasida kо‘rsatilgan matnga mos variantlar tanlashda turli xil qoida, tamoyillar tarjima bo‘vicha olimlarning turli xil fikrlari haqida ma’lumot beradi.
Tarjima nazariyasi va madaniyatining umumiy, tabiiy va shaxsiy mavzulari haqida axborot berishga harakat qiladi. Tarjima nazariyasi tarjima maktablarining asosiy tamoyillari va faoliyati bilan tanishadi. Bu tarjima malakasini oshiradi. Horijiy tilni mukammal o‘rganishga va ona tilini chet tili bilan qiyoslashda ular o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklarni aniqlashga imkon tug‘diradi.
Biron matnni bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish lingvistikaga oid jarayondir. 1980 yillardan oldin tilshunoslar til nazariyasi va tarjima orasidagi bog’liqlikka juda kam ahamiyat berishgan. Chunki bunday bog‘liqlik avval o‘tilmagan va tarjima nazariyasi asta-sekinlik bilan rivojlana borgan, bu jarayonning sust bo‘lishiga bir sabab tilshunoslar til hodisalarini tarjimaga qo’llamaganligidir.
Tarjimonlar til nazariyasida matn, semantika nazariyasini qo’llamoqdalar. Tilshunoslik nazariyasi tarjima nazariyasi bilan juda muhim aloqadorlikda bo‘lib, uni tarjima jarayonida amalda tadbiq qilinadi.
Tipologiya tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlanishlarga e’tibor qaratadi. Uni tarjima nazariyasiga tadbiq etishni tavsiya etadi. Tarjima nazariyasi lingvistlar e’tiborini muloqotga qaratishga undaydi. U faqat so‘zlar yig‘indisidan iborat bo’lgan matn tarjimasiga emas, tinglovchilar bilan aloqa, mualliflikning va tinglovchilarning madaniyati va dunyoqarashi, tinglovchilarning qanday qabul qilishiga ham ahamiyat beradi. Tarjimon asliyat matnini to‘g‘ri tarjima qilishi uchun o‘sha jarayon haqida muayyan asosli bilim hamda ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. Tarjima nazariyasi kontrastiv lingvistikadan farq qiladi. Kontrastiv lingvistika turli xil tizimlarning o‘xshash xususiyatlarini taqqoslashni o‘rganadi. Tarjima nazariyasi o‘z o‘rganish obyektiga ega, u kontrastiv lingvistikaning qoidalariga suyanadi.
“Muallif va tinglovchilar aloqasida suhbat qayerda va qachon bo‘lib o‘tganligi, so‘zlovchi va tinglovchining yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, ular o‘rtasidagi munosabat, ularning bir-biri bilan aloqasining sabablari haqida so‘zlanadi yoki bayon etiladi”.
Tarjimonlarga sotsiolingvistika, etnografiya va psixolingvistikani o‘rganish ham zarurdir. “Konsentualizatsiya tilshunoslar qo‘llaydigan nazariya bo‘lib, agar tarjimon matn jarayoni haqida ma’lumotga ega bo‘lmasa, uning talqini noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Tarjimonning maqsadi muloqotda to‘g‘ri muloqotni tashkil etishdir”.
Tilshunoslik fanining tarjima nazariyasi va amaliyotiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Boshqa tomondan tarjima tilshunoslik nazariyasidan ko‘ra ancha ko‘proq bilimlarni o‘z ichiga oladi. Semantikaga qiziqish uyg‘otishdan oldin tarjimonlar atamashunoslik bilan yaqindan shug‘ullanganlar.
Tarjimonlar uchun tarjima jarayoni asosiy matndan to‘g‘ri terminni tanlay bilish hisoblangan. Terminologiya (atamashunoslik) bo‘yicha maxsus lug‘atlar yaratilgan. Ko‘pchilik tarjimonlarning ilmiy ishlari terminologiyaga bag‘ishlangan.
Eng mos muqobilni topish tarjimada juda muhim sanaladi, bu sohada tilshunoslik nazariyasining hissasi beqiyosdir. Tarjimon odatda asliyat tilidagi eng yaqin muqobilni tarjima qilinayotgan tilga moslashga harakat qiladi.
Tarjima ilmiy-nazariy o‘rganish obyekti bo‘lishi zarur. Unda tahlil va uyg‘unlashtirish jarayoniga, matnda nimaga ahamiyat berish lozimligiga, qanday axborot zarurligi va maqsadga erishish uchun nimalarga e’tibor qilishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Tarjima murakkab jarayon bo‘lib, tilshunoslik, psixologiya, madaniyat, adabiy jarayon va boshqa omillarni o‘z ichiga oladi. Tarjimaning har xil aspektlari yuqoridagi fanlar metodlari bilan o‘rganilishi mumkin. Shu kungacha tarjima ustida olib borgan ko‘pchilik nazariy-ilmiy tadqiqotlar tilshunoslar tomonidan amalga oshirilgan.
Tarjimaning lingvistik nazariyasi turli tillarda so‘zlashuvchilar o‘rtasidagi nutq muloqot formalarini o‘rganadi. Bu nazariyaning asosi keng ma’noda aytganda tilshunoslikdir. Makrolingvistikada o‘zining yangi tarmoqlari bo‘lsa, psixolingvistika, sotsiolingvistika, matn lingvistikasi, kommunikativ lingvistika va boshqalar ham ilmiy shakllangan bo‘lib, madaniyat, jamiyat, til strukturasi va uning funksiyasini o‘rganadi. Insonlar o‘rtasida muloqotni yaratuvchi til ularning hamma faoliyatlari, hayotining asosini qamrab oladi. Tarjimaning umumiy nazariyasi tarjima universallari bilan ish ko‘radi, bu sohada hamma boshqa nazariyalarni o‘rganish uchun asos bo‘ladi. U tarjima nima va u qanday bo‘lishi haqida ma’lumot beradi.