Reja: Yahudiylikning vujudga kelishi va uning ta’limoti



Yüklə 24,05 Kb.
səhifə1/6
tarix26.12.2023
ölçüsü24,05 Kb.
#197751
  1   2   3   4   5   6
Joʻrayev Rustam. Falsafa

Termiz Muhandislik Texnologiya Instituti Energetika va konchilik ishi fakulteti Elektr energetikasi yoʻnalishi 21 B guruh talabasi Joʻrayev Rustamning Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu: Milliy dinlar


REJA:
  • Yahudiylikning vujudga kelishi va uning ta’limoti.
  • Veda va veda dinlari.
  • Konfutsiylik va daosizm.

Milliy dinlar


Milliy dinlar – ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillarini o’ziga qabul qilmaydigan dinlar. Masalan, Yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), Konfutsiylik (xitoy millatiga xos), Sintoizm (yaponlarga xos).
Yahudiylik
Hinduiylik
Konfutsiylik
Sintoizm
Daosizm
Yahudiylik miloddan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan, yakkaxudolik g’oyasini targ’ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo’lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiy so’zining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida yozishicha, yahudiylar bu so’zni somiy tillaridagi hoda – «tavba qilmoq, tavba qilganlar» so’zidan kelib chiqqan deb da’vo qilsalar- da, aslida bu fikr noto’g’ri, «yahudiy» so’zi Banu Isroil xalqi ustidan hukmronlik qilgan Ya’qub Payg’ambarning o’g’li Yahudo nomiga nisbat berilgan.
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil bo’lib,
Isroil – Ya’qub payg’ambarning ikkinchi ismi, banu
«bolalar» ma’nosini beradi, ya’ni – «Isroil avlodlari».

Yahudiylik ta’limoti to’rt asosga tayanadi:


1. Olamlarni yaratuvchi yagona xudo – Yahvega imon keltirish. Yahve so’zi «rabb, parvardigor» ma’nosini bildiradi. Тavrotning «Chiqish» kitobida Хudoning Musoga aytgan ushbu so’zi keltiriladi: «Yahve – ota-bobolaringiz Ibrohim, Ishoq, Ya’qublarning parvardigori, u meni sizga yubordi» (Chiqish: 3). Mil. av. VI asr oxirlarida yahudiy ruhoniylari oddiy xalq hurmatini pasaytirib qo’ymasliklari uchun Yahve so’zini ishlatishni man etib, uning o’rniga murojaat uchun «Adonay» («Rabb, Хoja») so’zini qo’llashni buyurganlar. Shundan so’ng faqat ruhoniylargagina ibodat vaqtida Yahve nomini tilga olishlariga ijozat berilgan.
Yahudiylik ta’limotiga ko’ra, Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shu sabab yahudiylik dinida shanba kuni ulug’ kun hisoblanib, hech bir ishga qo’l urilmaydi.
  • Yahudiylar yer yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va u «dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi» ekanligi. Ular o’zlarini Хudo tomonidan saylangan, muqaddas xalq ekanini, yahudiyning ruhi Хudoning bir qismi hisoblanishini da’vo qiladilar.
  • Messiya – xaloskorning kelishi haqida. Unga ko’ra, oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi; 2) butun yahudiylarni Sinion atrofida to’playdi; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolaydi.
  • Oxirat kuniga ishonish. Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar, asosan Тalmudda bayon etilgan. Unga ko’ra, Yahvega chin e’tiqod qilganlar oxiratda mukofotlanadilar. Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shafqatsiz jazo oladilar.

Yüklə 24,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin