YAPONIYA IQTISODIYOTI
Reja:
1. Yaponiya iqtisodiy indikatorlari
2. Yapon Iqtisodiy mo'jizasi
3. Madaniyat va ta'lim tizimi 4. O'zbekiston bilan o'xshash tomonlari
Rasmiy nomi - Yaponiya. Poytaxti – 1869 yildan beri Tokio. Hududi 377,8 ming km2 (62-oʻrin).Aholisi 125,36 million kishi Aholi soni bo'yicha o'n birinchi o'rinda turadi. Aholi eng zich joylashgan va shaharlashgan davlatdir. Mamlakat hududining qariyb to'rtdan uch qismi tog'li Tokio - 37,4 milliondan ortiq aholisi bo'lgan dunyodagi eng gavjum shahar. Pul birligi-Yen.
Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat.YIM(XQP) ning umumiy hajmiga ko‘ra dunyoda AQSH, Xitoy va Hindistondan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
Umumiy tavsif Yaponiya Yevroosiyo qitʼasining sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Umumiy maydoni 378,000 kv.km.ga teng. Mamlakat toʻrtta asosiy orol — Honshyu, Hokkaido, Kyushu, Shikoku va 6800 dan ortiq mayda orollardan iborat. Yaponiya jahon mamlakatlari orasida yetakchi igtisodiyotga ega, uning jahon YalMsidagi ulushi 6,2 foizni tashkil qilmoqda. Jahon xoʻjaligida XXR va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining kuchayishi ortidan Yaponiya iqtisodiyotining oʻsish sur’atlari tushib ketmoqda. O‘rta va kichik biznes barcha sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu raqobatni rivojlantirishda, tovarlarning raqobatbardoshligini oshirishda bozorning asosiy elementi hisoblanadi. Yaponiya kompaniyalarining 99 foizi kichik va oʻrta bizneslardir. Avtomobilsozlik, elektron va elektrotexnika sanoatida katta roʻl egallaydi. Eksport tarkibi: transport vositalari, avtomobillar, mototsikllar, elektronika, elektrotexnika va boshqalar. Import tarkibi: [mashina]] va uskunalar, yoqilgʻi, oziq-ovqat, xom ashyo va boshqalar.
Sanoat Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoqlar — elektronika, elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan. Yaponiyaning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga „Toyota“, „Honda“, „Sony“, „Mitsubishi“ va boshqalar kiradi.