Rele himoya va avtomatika tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir



Yüklə 63,61 Kb.
səhifə1/3
tarix20.06.2023
ölçüsü63,61 Kb.
#133322
  1   2   3

2.1. Elektr isteʼmolchilarda rele himoya va avtomatikaga qo‘yiladigan talablar.
Rele himoya va avtomatika tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir Selektivlik (tanlovchanlik). Rele himoyasining selektivligi yoki tanlovchanligi deb uning tarmoqning faqat shikastlangan uchastkasini o‘chirish qobilyati tushuniladi. Agar K1 nuqtada qisqa tutashuv sodir bo‘lsa (2.1.1 - rasm), rele himoyasi shikastlangan elektr tarmoqning shikastlanish joyiga eng yaqin bo‘lgan Q2 uzgichini o‘chirishi kerak. Rele himoyasining bunday harakati natijasida shikastlangan tarmoqdan tashqarish barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti saqlanadi. Agar qisqa tutashuv K2 nuqtada bo‘lsa, rele himoyasi tanlovchan ishlashi natijasida shikastlangan L1 tarmoqni o‘chirishi, L2 tarmoq esa ish holatida qolishi kerak. Bundan iste’molchilarning ta’minoti saqlanadi.


(2.1.1- rasm) Qisqa tutashuvni tarmoqdan selektiv o‘chirish.
Shunday qilib tanlovchanlik rele himoyasining shartli talabi hisoblanadi, undan cheklanish faqat tezkorlikni ta’minlash uchun ruxsat etiladi, qachonki noselektiv o‘chirish o‘zidan xavfli oqibatlarni keltirib chiqarmasa.


Tezkorlik. Qisqa tutashuvni o‘chirish shikastlangan joyni buzilish o‘lchamini kamaytirish, qurilmalar, kabel va havo elektr uzatish tarmog‘ining termik barqarorligini ta’minlash, elektr uzatish tarmog‘ini avtomatik qayta ulash va yig‘ma shinalari effektivligini oshirish uchun, iste’molchilarning ishida kuchlanish pasayishini ta’sirini kamaytirish va elektrstansiya generatorlari turg‘un parallel ishlashini saqlanishi katta tezlikda amalga oshirilishi kerak.
Qoldiq kuchlanish qanchalik kichik bo‘lsa, turg‘unlikning bo‘zilish ehtimoli shuncha katta va binobarin, qisqa tutashuvni shuncha tez o‘chirish kerak. Turg‘unlik shartiga asosan uch fazali qisqa tutashuv va neytrali yerga zaminlangan tarmoqlarda ikki fazali qisqa tutashuv eng og‘ir hisoblanadi.
Energetika tizimining turg‘unligini saqlash uchun qisqa tutashuvni o‘chirish juda kichik vaqti talab etadi. 750-1150 kV li tarmoqlarda fazalararo qisqa tutashuv yuzaga kelsa 0,06-0,08 s, 330-500 kV li tarmoqlarda 0,1-0,12 s, 110-220 kV li EUL 0,1-0,12 sekundlarda o‘chirilishi kerak.
Agar qoldiq kuchlanish nominialning 60% dan kichik bo‘lsa, turg‘unlikni saqlash uchun shikastlanishni tez o‘chirishni ta’minlash kerak, ya’ni tez ishlovchi releli himoyani qo‘llash kerak. Yuqorida keltirilgan qisqa tutashuvning to‘liq o‘chirish vaqti tq.o‘. rele himoyaning ishlash vaqti th va qisqa tutashuv tokini ajratadigan uzgichning to‘ vaqtlari yig‘indisidan iborat , ya’ni: tq.o‘.= th+ to‘.
Qisqa tutashuvni o‘chirish vaqtini kamaytirish uchun rele himoyani va uzgichni ishlashini tezlashtirish kerak. 220-750 kV li uzgichlar to‘ =0,04÷0,06 cekundda ishlaydi. Juda tez ishlaydigan releli himoya muhim ahamiyatli energetika tizimlarda qo‘llanilib, to‘ =0,02÷0,04 cekundda ishlaydi.
Asosiy ET dan uzoqdagi 6-35 kV li taqsimlovchi tarmoqlarda qisqa tutashuvni o‘chirish vaqti 1,5-3 s da ham ruxsat etiladi. Lekin ushbu tarmoqlarda ham releli himoyaning ishlash vaqtini kamaytirish choralarini ko‘rish kerak. Tanlovchan tez ishlovchi releli himoya qiyin va qimmat.Soddalashtirish maqsadida oddiy tez ishlovchi, lekin yyetarli tanlovchanlikni ta’minlab bermaydigan releli himoyani ishlatishga ruxsat etiladi. Bu holda noselektivlikni tuzatish uchun avtomatik qayta ulash foydalaniladi, o‘zining chegarasidan keyingi hudud noselektiv o‘chgan bo‘lsa, qayta tez qo‘shadi.



Yüklə 63,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin