Yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish



Yüklə 154,9 Kb.
səhifə1/12
tarix28.04.2023
ölçüsü154,9 Kb.
#104244
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

YO‘NALISHLARDA YO‘LOVCHILAR TASHISHNI TASHKIL ETISH




    1. Avtobuslar harakati tezliklari va ularni me’yorlash


Avtobuslarning ish unumdorligiga va aholiga transport xizmati ko‘rsatish sifatiga bevosita tasir qiluvchi omillardan biri harakat tezligidir. Avtobuslarning qatnov va aylanma qatnov vaqtlari tezlikka bog’liq bo‘lib, tezlik qancha katta bo‘lsa, ular shuncha kichik va qatnovlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ish unumdorligini, yani (tashilgan)
yo‘lovchilar hajmi va aylanmasining ortishiga, yo‘lovchilarni manzillariga kamroq vaqt sarflab yetib olishiga olib keladi. Тezlikni oshirish yo‘lovchilarni tashish uchun zarur bo‘lgan avtobus sonining ham kamayishiga olib keladi.
Real yo‘l sharoitida boshqa transport turlari kabi avtobuslarning tezliklari ham uning texnik tasnifida ko‘rsatilgan (ayniqsa, shahar ichi va shahar atrofidagi yo‘nalishlarda) qiymatidan ancha kichik bo‘ladi.
Avtosaroylar avtobuslarning tezliklarini me’yorlash davrida harakat xavfsizligini ta’minlash va boshqa ko‘pgina omillarni ham hisobga olishlari kerak. Chunonchi, rejalashtirilgan tezlik real yo‘l sharoiti imkon beradigan tezlikdan kichik bo‘lsa, haydovchilar rejadagi qatnov vaqtidan qisqa vaqtda oxirgi bekatga yetib boradilar. Bu esa, harakat muntazamligining buzilishiga olib keladi. Agar rejadagi tezlik real yo‘l sharoitida harakatlanish mumkin bo‘lgan xavfsiz tezlikdan katta bo‘lsa, haydovchilar harakat jadvaliga rioya qila olmaydilar yoki tezlikni oshirish oqibatida xavfli yoki halokatli vaziyatning vujudga kelishiga sabab bo‘ladilar.
Shuning uchun tasarruf xizmati va harakat xavfsizligi xizmati xodimlari birgalikda har bir yo‘nalish uchun real yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda tezlikni me’yorlashlari kerak.
Avtomobil yo‘llarida real yo‘l sharoitini ob’yektiv baholovchi ko‘rsatkich sifatida harakat tezligi butun yo‘nalish bo‘ylab o‘zgarishini ko‘rsatuvchi grafik hisoblanadi. Bunday tezlikni butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha o‘zgarish grafigini faqat maxsus “Avtomobil-laboratoriya” yordamida qurish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini taminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi 482-qaroriga ko‘ra barcha avtobuslar taxograflar bilan jihozlangan bo‘lishlari kerak. Ammo bunday imkoniyatga hozirgi kunda ko‘pgina avtosaroylar ega emas, qolaversa avtobuslarning yo‘nalishlardagi tezligini me’yorlash uchun bunday aniqlik amalda talab etilmaydi.
Mavjud avtomobil yo‘llari qiyaliklar, rejada kichik egriliklardan, ko‘rinish (yonlama va bo‘ylama) masofasi yo‘l qurilish qoidalari va me’yorlarida ko‘rsatilgandan kichik, nishabliklardan tashkil topadi. Real yo‘l sharoitida harakat miqdori va tarkibining har xil bo‘lishi ham avtobuslar tezligiga katta tasir ko‘rsatadi. Тadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, aynan bir xil sharoitda yakka holda (erkin tartibda) harakatlanayotgan avtomobillarning tezliklari ham bir-biridan 20-30 km/soatgacha farq qilishi mumkin ekan.
Shahar ichi yo‘nalishlarida avtobuslarning harakat tezligiga tasir etuvchi ko‘pgina omillar mavjud bo‘lib, ularga misol qilib quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: avtobuslar harakati uchun alohida harakat bo‘lagining ajratilganligi, chorrahalarda avtobuslar harakatiga imtiyozlar berilganligi va nihoyat avtobuslarning harakatlanish tartibi.
Avtosaroylarning texnik-tasarruf ko‘rsatkichlarini rejalashtirish uchun birinchi galda avtobuslarni har bir yo‘nalishdagi harakat tezliklarini aniqlash va me’yorlash zarur bo‘ladi. Buning uchun yo‘nalishlarda avtobuslarning harakat tezliklarini kuzatish va olingan ma’lumotlarni matematik-statistika usullari yordamida qayta ishlash kerak.
Harakat tezliklarini kuzatishning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    1. Mexanik kontaktli o‘lchash usuli. Bu usulda harakat tezligi pnevmatik, elektron kontaktli yoki boshqa turdagi datchiklar yordamida aniqlanadi.

    2. Avtomobillarni nurlash usuli. Bu usulda harakat tezlik infraqizil nurli, ultratovushli yoki radiolokasion datchiklar yordamida aniqlanadi.

    3. Fotoelektrik usul. Bu usul harakatni suratga yoki kinoga olish orqali amalga oshiriladi.

    4. Maxsus harakatlanuvchi avtomobil-laboratoriyadan foydalanish usuli. Bu usulda avtomobil-laboratoriya harakat tezligini o‘lchovchi asboblar bilan jihozlangan bo‘ladi.

    5. “Beshinchi g’ildirak” yordamida harakat tezligini aniqlash usuli. Bu usulda avtomobilga taxometr o‘rnatilgan beshinchi g’ildirak biriktiriladi. Avtomobil harakatlanganda dinamik kuchlar ta’sirida g’ildiraklarning radiuslari o‘zgarib turadi va o‘lchash ishlariga xatoliklarni kirgizadi. Beshinchi qo‘shimcha g’ildirakka dinamik kuchlar ta’sir etmaganligi uchun undan foydalanganda o‘lchash ishlari aniq bo‘ladi. Тaxometr har ondagi harakat tezligini ko‘rsatib boradi va bu harakat tezligi o‘zi yozar asbob, taxograf yordamida yozib olinadi.

    6. Sekundomer yordamida harakat tezligini aniqlash usuli. Bu usulda maxsus kuzatuvchi har bir bekat oralig’ini avtobus qancha vaqtda bosib o‘tganini, uni oraliq va oxirgi bekatlarda to‘xtash vaqtini maxsus jadvalga qayd qilib boradi.

Yuqorida sanab o‘tilgan 1-6-usullar yordamida avtomobillarning oniy tezliklari aniqlansa, qolgan 5- va 6-usul yordamida butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha o‘rtacha harakat tezligi aniqlanadi.

  1. usuldan foydalanilganda yo‘nalish va bekatlar orasidagi masofa avtomatik ravishda aniqlanib boriladi. Bu usuldan foydalanish chog’ida kuzatish uchun tajribali haydovchilarni tanlash va ularga yo‘l sharoitidan

kelib chiqqan holda maksimal xavfsiz tezlikda harakatlanish bo‘yicha yo‘riqnoma berish kifoya qiladi.

  1. usulda esa tajribalarga qo‘shimcha ravishda yo‘nalish va bekatlar orasidagi masofani eng ko‘pi bilan 10% gacha xatolik bilan aniqlash lozim, aks holda esa kuzatuv natijalari qoniqarsiz deb hisoblanadi. Masofalarni o‘lchash uchun bugungi kunda maxsus asbob “Kurvimetr” ishlab chiqilgan bo‘lib, uning o‘lchash xatoligi har 1000 m ga 10 sm dan ortmaydi, ya’ni o‘lchash xatoligi 1% dan ham kichik.

Хronometraj usuli eng sodda usul bo‘lgani uchun yo‘nalishlarda harakat tezliklarini meyorlashda keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Harakat tezliklarini me’yorlash uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
Birinchi galda xronometraj natijalarini qayd etish uchun maxsus varaqa tayyorlanadi. Varaqaning shakli ixtiyoriy bo‘lib, kuzatishlar qanday maqsadlar uchun o‘tkazilishiga bog’liq bo‘ladi:
− faqat avtomobillarning texnik tezliklarini aniqlash uchun;
− texnik va aloqa tezliklarini aniqlash uchun;
− texnik, aloqa va ekspluatatsiya tezliklarini aniqlash uchun;
− harakat tezliklaridan tashqari yo‘lovchilar oqimini o‘rganish uchun (bu maqsad uchun kuzatuvchilar soni avtobusning eshiklari soniga teng qilib olinadi).
Harakat тezliklarini xronometraj qilish varaqasi


yo‘nalish avtobus rusumi




kuzatuv sanasi hafta kuni





kuzatuv vaqti yo‘l qoplamasining ko‘rinuvchanlik: yetarli,


holati (quruq, ho‘l, sirpanchiq) yetarli emas
kuzatuvchining F.I.Sh.

Т/r

Bekat raqami



Bekatlar orasidagi masofa



Vaqt, soat-min.

Тezlik, km/soat

Qatnov vaqti,
min

Qo‘zg’alish

Yetib kelish

Harakat

Oraliq bekatda to‘xtash

Oxirgi bekatda to‘xtash

Zaruratsiz to‘xtash



Тexnik

Aloqa

Ekspluatatsion

Тo‘g’ri yo‘nalishda



Orqa yo‘nalishda






2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

1

1





































2

2





































3

3





































.








































.








































Jami




lm







tx

tob

t ox

tz

VТ

Va

Ve

tqt

tq.or

Jadvaldagi ma’lumotlar yordamida yo‘nalish uzunligi bo‘yicha harakatning texnik, ekspluatatsion va aloqa tezliklari aniqlanadi.



  1. Tехnik hаrаkаt tеzligi (VT)ni аvtоmоbillаr sib otgаn yo‘llаrining (L), bоsib o’tgаn yo’lgа kеtgаn hаrаkаt vаqtiga (Th) nisbаti qilib аniqlаnilаdi:


Yüklə 154,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin