Yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish


Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish



Yüklə 154,9 Kb.
səhifə8/12
tarix28.04.2023
ölçüsü154,9 Kb.
#104244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish


Avtobusda yo‘lovchilar va bagajni tashish “Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari” va boshqa qonun hujjatlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilarni muntazam tashish yo‘nalishlari mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tashuvchilar o‘rtasida tender asosida amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlarida ishlash huquqiga yo‘lovchilar tashishni tashkil etish bo‘yicha hududiy komissiya yohud boshqa vakolatli organ bilan tender shartnoma tuzgan tashuvchi ega bo‘ladi.
Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlarida tender shartnomasi tuzmasdan ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Avtobuslarda yo‘lovchi tashish tashkilotchilari (avtosaroylar rahbarlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar) avtomobillarda tashish sohasida kasb vakolati to‘g’risida O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda berilgan tegishli guvohnomaga ega bo‘lishlari kerak.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar haydovchilarining yo‘l qo‘yiladigan boshqarish, tanaffuslar, har kunlik va haftalik dam olish vaqti xalqaro normalarga muvofiq belgilanadi.
Shahar va shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishda avtobusdagi yo‘lovchilar soni avtobuslarning to’liq sig’imidan ortiq bo‘lmasligi, shaharlararo, tog’li hududlar, sayohat- ekskursiya
yo‘nalishlarida, bolalarni tashishda va bir martalik tashishlarda esa, o‘tirish uchun belgilangan joylar sonidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda ishlash uchun faqat bagaj bo‘limlari mavjud bo‘lgan avtobuslargina qo‘yiladi.
Haydovchining avtobusni boshqarish vaqti 9 soatdan ortiq bo‘lganda yoki yo‘nalish uzoqligi 400 km va undan ortiqni tashkil etganda, avtomobilda dam olish uchun joy bo‘lishi va qatnovga ikki nafar haydovchi biriktirilishi kerak.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda agar, tender shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, 400 km va undan uzoq yo‘nalishlarda avtobusda yo‘lovchilar tashishni bir haydovchi bilan, shuningdek, tungi qatnovlarni tashkil etish taqiqlanadi.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda, sayohat- ekskursiya yo‘nalishlarida avtobuslar harakati jadvalida avtobusni har 1,5 soat boshqarishdan keyin haydovchining kamida 15 minut yohud 4,5 soat boshqarishdan keyin 45 minut dam olishi majburiy tartibda belgilanadi.
Avtobus haydovchisi nazorat punktlarida (avtovokzallar, avtostansiyalar, nozimlik punktlari), harakat jadvalida nazarda tutilgan hollarda, chipta-hisobga olish varaqasida kelgan va jo‘nab ketgan vaqti to‘g’risida belgi qo‘ydirishi kerak.
Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi nosozliklar paydo bo‘lganda, shuningdek haydovchi o‘zini yomon his qilganda, avtobus harakati darhol to‘xtatilishi kerak. Bu haqda eng yaqin avtovokzal (avtostansiya) nozimiga, yohud avtobus yoki haydovchini almashtirishi, tashishning bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi majburiy bo‘lgan tashuvchiga xabar qilinadi.
Muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi hujjatlari yo‘nalish hududlari orqali o’tadigan davlat vakolatli organlarida hamda tashuvchilarda bir nusxadan saqlash uchun yetarli bo‘lgan miqdorda tuziladi.
Yo‘nalish hujjatlari zaruriyatga ko’ra, yo‘lovchi oqimlarini o’rganish asosida, harakat sxemasi va avtobuslarning texnik tavsifi o’zgarganda qayta ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.



Yüklə 154,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin