Yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish



Yüklə 154,9 Kb.
səhifə10/12
tarix28.04.2023
ölçüsü154,9 Kb.
#104244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Bolalarni tashish


Bolalarni tashishni tashkil etish “Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarni avtobuslarda tashish sutkaning yorug’ paytida amalga oshirilishi kerak. Harakat tezligi yo‘l, meteorologiya va boshqa sharoitlarga ko’ra haydovchi (kuzatib borilganda - uning ta’minlanishi uchun mas’ul bulgan shaxs) tomonidan tanlanadi. Bunda barcha hollarda harakat tezligi soatiga 60 kilometrdan oshmasligi kerak.
Sayohat-ekskursiyalarga olib borishga va bolalarni tashishga bir martalik buyurtmalarga shartnomalar tashuvchilar tomonidan guruhga o’qituvchilar yoki maxsus tayinlangan katta yoshdagi kishilar hamrohlik qilishi sharti bilan tuziladi. Avtobuslar kolonnasi bilan tashilayotgan bolalarga hamrohlik qilish uchun tibbiy xodimlar ajratish masalasi joylarda sog‘liqni saqlash organlari tomonidan qabul qilinadi.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni shaharlararo sayohat- ekskursiyalarga olib borish ta’qiqlanadi.
Qishloq joylarda muntazam ravishda bolalarni avtobuslarda tashishni tashkil etishda tashuvchilar:

  • bolalarni manziliga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlovchi maxsus qatnovlarni nazarda tutishga, ushbu qatnovlar ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka majburdir. Bunday tashishlar bajarilishini, avtomobil yo‘llari holatini, bolalarni chikarish va tushirish punktlarini muntazam nazorat qilishga;

  • yo‘nalishlarda bolalarni tashiyotgan avtobuslarning o’tish vaqti ko’rsatilgan maxsus to’xtash belgilari o’rnatishga majburdir.



    1. Avtomobillardan foydalanish samaradorligi


Avtomobillardan foydalanish samaradorligi deyilganda tashishni imkon darajasida kam material va mehnat xarajatlari bilan amalga oshirish tushuniladi. U bir tomondan avtomobilning konstruksiyasini takomillashtirish va harakatlanish sharoitlariga moslash bilan, ikkinchi tomondan tashishni tashkil etish darajasi bilan tavsiflanadi. Avtomobilning samaradorlik ko’rsatkichlariga tashishning energiya sig’imi, material sig’imi, mehnat sig’imidan foydalanish, unumdorligi, tashish tannarxi va keltirilgan xarajatlar kiradi.
Тashishning energiya sig’imi – avtomobilning bajarish uchun sarflagan energiyasi miqdoridir, kkal/100 yo‘lovchi km da o’lchanadi.

Э 1000ЙQyo
W
(5.6.1)



bu yerda: Qyo – avtomobilning tashishga sarflagan yillik yonilg’isi miqdori, l; δ – yonilg’ining (solishtirma massasi) zichligi; λ – yonilg’ining issiqlik chiqarish qobiliyati, kkal; W unumdorlik, yo‘lovchi km/yil.
Тashishning material sig‘imi ma’lum tashishni bajarish uchun sarflangan materiallar miqldorini ko’rsatadi va kg/1000 yo‘lovchi km da o’lchanadi.



M 1000Gк Ge
WTaи

(5.6.2)




bu yerda: Gk – avtomobil konstruksiyasidagi materiallarning massasi, kg; Ge – ekspluatatsiya jarayonida amortizatsiya xizmati muddatida sarflangan materiallar massasi, kg; Тa – avtomobilning amortizatsiya xizmati muddati, yil; ηi ishlab chiqarishda materialdan foydalanish koeffisiyenti.
Ishlab chiqarishda materialdan foydalanish koeffisiyenti tovar shaklidagi materiallar massasini xom-ashyo shaklidagi materiallar massasiga nisbati bilan aniqlanadi:

  Gt i G
(5.6.3)


Yüklə 154,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin