Risklarni miqdoriy koʻrsatkichlari va ularni baholash usullari



Yüklə 43,77 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü43,77 Kb.
#186200
  1   2   3   4   5
12-mavzu (1)

  1. RISKLARNI MIQDORIY KOʻRSATKICHLARI VA ULARNI BAHOLASH USULLARI





    1. Risklarni mikdoriy baholash

Risk - ehtimollik toifasiga kirgani uchun xam risk darajasini miqdordan aniqlash va noaniqlikni baholash jarayonida ehtimollik hisob- kitoblaridan foydalaniladi.Oldin aytib oʻtganimizdek riskni miqdoriy baholashda ancha keng tarqalgan usullaridan biri- bu statis- tik usullaridir. Riskni hisoblashdagi statistik usullargaquyidagilar kiradi:



  • oʻrgatayotgan tasodifiy miqdorni oʻrtacha qiymati (qandaydir xatti-xarakati oqibati masalan: foyda, daromad va x.z.);

  • dispersiya;

  • standart (oʻrta kvadratik) og‘ish;

  • variatsiya koeffitsiyenti;

  • oʻrganilayotgan tasodifiy miqdor uchun ehtimollikning taqsimoti statistika nazariyasidan ma’lumki, miqdorning qiymati uchun uning oʻrtacha qiymati orqali aniqlanadi. Oʻrtacha miqdor- kutilayotgan natijaning umumlashgan miqdoriy tavsifini ifodalaydi. Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan natijalar oʻlchamini belgilovchi muhim tavsif-bu oʻrtachadan xaqiqiy natijalarning kvadratik og‘ishini oʻrtacha oʻlchami boʻlgan dispersiyadir. Dispersiya va oʻrtakvadratik og‘ishlar absolyut tarqoklikning oʻlchami boʻlib xizmat qiladi va variatsiya- langan belgilari oʻlchanuvchi kattaliklar bilan oʻlchanadi.

Oʻzgaruvchanlik darajasini tahlil qilish uchun koʻp xollarda (oʻrta arifmetikdan oʻrta kvadratik og‘ishni ifodalovchi va olingan qiymat- lardan og‘ish darajasini ifodalovchi variatsiya koeffitsiyentidan foyda- laniladi:). Variatsiya koeffitsiyenti nisbiy miqdoridir. SHuning uchun ham uning yordamida turli xil oʻlchov birliklarida ifodalangan belgilar tebranishini taqqoslash mumkin. Ma’lumki kutilayotgan natijalarni (masalan daromad miqdorini) shakllanishi uchun juda koʻplab tasodifiy omillar ta’sir etadi, tabiiyki ular tasodifiy miqdor boʻladi.
Tasodifiy miqdorning yana bir hislati uning ehtimoliyatining taqsimot qonunidir.Taqsimot turining hislati oʻrganilayotgan koʻrsat- kichlar (variatsiyasiga ta’sir etuvchi xususiyatlar, xodisalar tabiati va mohiyatidan kelib chiquvchi umumiy sharoitlarni ifodalaydi.).
Tajribalar shuni koʻrsatmoqdaki ijtimoiy-iqtisodiy taqsimot tavsifi uchun koʻprok me’yoriy taqsimot qoʻllanilmoqda.Aksariyat xoʻjalik faoliyatning natijalari (daromad, foyda va x.z.) tasodifiy miqdor sifatidan qandaydir me’yorga yaqin qonuniyatga boʻysinadi, iqtisodiy riskning miqdoriy baholash muammolariga bag‘ishlangan adabiyot- larda keng qoʻllaniladi. Shu narsa ma’lumki, me’yoriy taqsimot qonuniyati sodir boʻlishi bir qancha oʻzaro bog‘lik boʻlmagan omillar ta’sirida boʻlib va bu omillarning birorta ham ustunlik qiliuvchi ta’siriga ega boʻlmagan holatidagi xodisalar taqsimoti uchun xarakterlidir.
Xaqiqatda iqtisodiy xodisalar me’yoriy taqsimoti asl holda kam uchraydi lekin, agar toʻplanish bir hilligiga rioya etilsa, kup hollarda xaqiqiy taqsimot me’yoriga yaqin boʻladi.Amaliyotda qabul qilingan taqsimotning asosliliyligini tekshirish uchun kelishuvining turli mezonlari (empirik kuzatish va nazariy taqsimot) qoʻllaniladiki, uning oqibatlarida taqsimot qonuniyatlari toʻg‘risidagi gipotezani qabul qilish yoki inkor etish mumkin boʻladi. Ehtimoliyat nazariyasi va matematika statistika kursidan ma’lumki normal tasodifiy miqdorning taqsimoti uzliksiz.
Normal me’yoriy taqsimot funksiyasi grafigi normal egri chiziq boʻladi (Guasse egri chizigi). Normal taqsimot differensial funksiyasining grafigini muhim xossasi shuki, unda normal egri chiziq va chegaralangan maydon har doim birga teng. Normal taqsimot zichligi funksiyasidan foydalanish tasodifiy miqdorni sodir bulish tebranish (ehtimoliyati)ni hisoblash imkoni paydo boʻladi. YUqorida aytib oʻtilgan hollar statistik usullar bilan riskni miqdoriy baholash uchun asosli baza boʻlib hisoblanadi. Bundan keyin faraz kilamizki, oʻrganiliyotgan miqdor normal taqsimot qonuniga boʻysinadi.
Keyingi mulohazalarimizni tasdiqlash va namoyon etish uchun quyidagi oddiy misolni keltiramiz.Oʻzimizni ma’lum bir enlilikdagi ariqdan sakrovchi kishi deb faraz qilamiz. Agar ariq tor boʻlib sakrovchi kishi yaxshi sportchi boʻlsa, risk toʻg‘risida gap ham boʻlishi mumkin emas. Agar ariq keng boʻlib, yaxshi sportchilarning 80% sakrash ehtimoli boʻlsa, vaziyat darrov uzgaradi. Agar chuqurligi bir metrli ariqdan emas, balki chuqurligi yuz metrli jarlikdan sakrash toʻg‘ri kelsachi, u xolda risk nuqtai nazaridan muammo yana hzgaradi. YAna albatta risk ta’rifi nuqtai nazaridan shuni e’tiborga olish
muhimki maqsadga erishish qanday mukofot bilan rag‘batlantiriladi. Bizning kundalik riskni baholashimiz xamma vaqt sodir boʻlishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni sodir boʻlish holatlarini noqulay vaziyatlarda koʻrishimiz mumkin boʻlgan zararlarni taqqoslashga asoslanadi.Endi biz yuqotish va yutuqlarni baholarini hisobga olgan holda riskni sonda ifodalash toʻg‘risidagi mulohazalarimizga qaytamiz.



    1. Yüklə 43,77 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin