Samarqand davlat chet tillar instituti raman german tillari fakultet fransuz tili yo



Yüklə 266 Kb.
səhifə1/5
tarix11.04.2023
ölçüsü266 Kb.
#95993
  1   2   3   4   5
Fransiya tilida international iboralarning differensial xususiyatlari



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
RAMAN GERMAN TILLARI FAKULTET
FRANSUZ TILI YO’NISHI
GURUHIM 404 GURUH TALABASINING
O’RGANILAYOTGAN TIL NAZARIY ASPEKTLARI FANIDAN
TAYYORLAGAN

Mavzu : Fransiya tilida international iboralarning differensial xususiyatlari
Bajardi : Qo’chqorova Zuhra
Qabul qildi :_______________________


S amarqand 2022
REJA
KIRISH.
Asosiy qism

  1. O’zlashma so’zlar, leksikologiya haqida ma’umot

  2. Tilshunoslikda va tarjimashunoslikda “o‘zlashgan so‘zlar” tushunchasi

  3. O’zbek va fransuz tillarida iboralarning qo’llanishi

XULOSA
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Kurs ishining ahamiyati va dolzarbligi : Fransuz tili — xindevropa tillari oilasining roman guruxiga mansub til; Fransiya, Fransiya Gvianasi, Gaiti, Monako, Benin, BurkinaFaso, Gabon, Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot d’Ivuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Kirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg , Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQShning belgili xududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Fransiyaning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.
Asosiy lahjalari: frans (hozirgi Fransuz tilining tarixiy negizi), shim. (Belgiyadagi normand, pikard, vallon va boshqalar), gʻarbiy (anjuy, gallo va boshqalar), jan.gʻarbiy (puatevin), markaziy, jan.sharkiy (burgund, franshkont), sharkiy (lotaringiya, shampan), frankprovansal.
Fransuz tili istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining oʻzaro taʼsiri jarayonida shakllangan. Fransuz tili tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: gallroman (5—8-asrlar), eski fransuz (9—13-asrlar), oʻrta fransuz (14—15-asrlar), ilk yangi fransuz (16-asr), yangi fransuzklassik (17—18-asrlar) va hozirgi fransuz (19-asrdan). Oʻrta asrlarda umumfransuz yozma tili maydonga keladi, 16-asrda milliy til (1539 yildan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. 17-asrda adabiy til meʼyori barqarorlashadi. 20-asrda adabiy va ogʻzaki nutq oʻrtasida sezilarli farq paydo boʻladi. Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-asrlarga mansub.
Fonetik xususiyatlari sifatida urgʻusiz, ayniqsa, soʻz oxiridagi unlilarning reduksiyasi, urg`uning asosan soʻnggi boʻgʻinga tushishi, urg`u ta`sirida unlilarning oʻzgarishi, unlilar oʻrtasidagi va soʻz oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Fransuz tili morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning analitik shakllari). So`zlarning morfologik jihatdan oʻzgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir kancha fammatik ma`nolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi koʻpincha sintaksis sohasiga koʻchiriladi, yordamchi soʻzlar keng qo`llanadi. Fe`l sohasida 4 mayl, 3 nisbat va keng tarmokdi zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan sakdanib qolgan so`zlardan tashqari franklar tilidan sakdanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. Fransuz tili rivojida adabiy lotin tili katta rol oʻynagan; undan koʻplab soʻzlar, soʻz yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar o`zlashgan.
Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qoʻshilgan lotin alifbosi asosida shakllangan. Fransuz tili Belgiya, Shveysariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lugʻaviy oʻziga xosliklarga ega.

Yüklə 266 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin