Kortej (tuple) – bitta identifikator ostida har xil ma’lumot elementlari to‘plamini saqlovchi o‘zgarmaydigan ma’lumotlar turi.
Ma’lumotlar tizimida shunday ma’lumotlar ham mavjudki, ularni har xil rejali va tasodifiy o‘zgarishlardan himoyalash zarur bo‘ladi. Avvalgi mavzuda o‘tilgan ro‘yxatlarni dasturning ixtiyoriy qismida o‘zgartirish, xususan, ularga yangi element qo‘shish, almashtirish yoki o‘chirish mumkin. Shu sababli, bunday holatlarda Python dasturlash tilida ro‘yxat vazifasini bajara oladigan, ammo tarkibini o‘zgartirib bo‘lmaydigan kortejlardan foydalaniladi.
Kortejlarni e’lon qilish
Kortej oddiy qavs () yoki tuple() konstruktori yordamida, elementlari vergul (,) bilan ajratilgan holda e’lon qilinadi.
Kortej hosil qilishda ro‘yxatlar hosil qilishning 2, 3, 4 va 5-usullaridan foydalanish mumkin.