Samarqand iqtisodiyot va servis insituti



Yüklə 1,93 Mb.
tarix16.06.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#131221
Arzikulov asliddinni iqtisodiyotdan mustaqil ishi

Samarqand iqtisodiyot va servis insituti

Mustaqil ish

Mavzu:infiratuzilma turlari va uning usullari

Bajardi:Arzikulov Asliddin

Tekshirdi: Amirov.T

Reja:

1.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.

2.Bozor iqtisodiyotining asosiy muamolari

3.Bozor vazifalari va turlari


Hozirgi kunda tobora rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari o ‘zining taraqqiyoti davomida bozor qonuniyatlari va mexanizmlarining amal qilishini to‘g‘ri baholay oladigan ichki tuzilmalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlariga muxtojlik sezadi. Shu bilan birga, ularning shakllanishi va rivojlanishi davlat tomonidan muhim shart-sharoitlar va qulay muhitning tashkil etilishini talab etadi. Bu jarayonda esa iqtisodiy qonunlar bilan birga hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar uyg‘unligini ta’minlash va ularning bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqilishini yoiga qo‘yish muhim sanaladi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishini, m aium soha va tarmoqlarda mavjud muammolami ilmiy tahlil etish va yangi bozor infratuzilmasini yaratayotgan xo‘jalik subyektlarining faoliyatini nazariy tadqiq etish iqtisodiy fanlaming yangi turiga ehtiyojni kuchaytiradi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, bozor infratuzilmasi nazariyasi fanini o‘rganish zarurati tug‘iladi. Bu fanning shakllanishi uchun ham boshqa fanlar kabi amaliy hayotdagi muammolari, o‘rganilishi taqozo etilayotgan qonuniyatlar, ochib berilishi zarur boigan holatlar borki, ular mazkur fanni nazariy jihatdan o‘rganishning dolzarbligini namoyon etmoqda.
“Bozor infratuzilmasi nazariyasi” fanini o‘qitishning asosiy maqsadi talabalar tomonidan bozor infratuzilmasi nazariyasini chuqur va puxta o‘zlashtirish, infratuzilma muassasalari faoliyatining amal qilish va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish hisoblanadi. Bu fanning o‘qitilishi orqali talabalar bozor infratuzilmasi tashkil topishi va rivojlanishining nazariy asoslari va uning amal qilish qonuniyatlari bilan yaqindan tanishadilar. Mazkur fan ularga bozor infratuzilmasi nazariyasining iqtisodiy qonunlari, hodisa va jaray onlarining mohiyatini chuqur va har tomonlama tushunishda zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlami o‘zlashtirishga amaliy yordam beradi.
Shuningdek, talabalarda bozor infratuzilmasi va tizimliiqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida amaliy tajribalami shakllantirish fanning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. “Bozor infratuzilmasi nazariyasi” fani orqali olingan bilimlar iqtisodiyot sohasida tayyorlanayotgan mutaxassislarga mamlakatdagi bozor munosabatlarining samarali tashkil etilishi va amal qilishiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatuvchi infratuzilma muassasalari faoliyatining nazariy va amaliy masalalarini chuqur anglash hamda bu boradagi muammolami to‘g‘ri hal etish ko‘nikmasini shakllantiradi.
Iqtisodiy fanlaming umumiy o‘rganish obyektlari bo‘lib o‘z ichiga ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol jarayonlarini oluvchi iqtisodiy faoliyat bosqichlari hisoblanadi. Ushbu jarayonlarning qisqacha tahliliga ko‘ra ishlab chiqarish shunday jarayonki, agar xomashyo, aylanma mablag‘, ishchi kuchi va boshqa materiallar yoki ishlab chiqarish omillarining o‘zaro muvofiq holdagi birikishi yuz bergan chog‘dagina tovar ishlab chiqarish o‘z natijasini beradi.
Lekin bu ishlab chiqarilgan tovarlarni iste’molchisini topish zamonaviy iqtisodiyotning oldidagi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bozor aynan ayriboshlash yoki taqsimlash jarayonini ta’minlab, iste’molchini topishga yordam berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda bozorlaming me’yordagi faoliyatini ta’minlash va ularning samaradorligini oshirish esa bozor infratuzilmalari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan sanaladi. Shu nuqtayi nazardan olsak, bozor infratuzilmalarining mavjudligi, samarali faoliyati va davomiyligini ta’minlash nafaqat iqtisodchi olimlar, balki, iqtisodiyotning har bir bo‘g'ini mutasaddi rahbarlarining, shuningdek, iqtisodiy fanlaming dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Bozor infratuzilmasini nazariy tahlil qilish iqtisodiyotning boshqa infratuzilmalaridan ma’lum ma’noda alohida xususiyatga ega. Biz bu borada fikr yuritishdan oldin umumiy infratuzilmalar haqidagi tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak. Infratuzilma - bu har qanday yaxlit iqtisodiy tizim va tuzilmalarning mavjud bo'lish sharti hisoblangan tarkibiy qismidir. Sobzma-so‘z ifodalaganda, infratuzilma - bu iqtisodiy tizimning asosi, poydevori, ichki tuzilmasi demakdir.
«Infratuzilma» atamasi lotincha «infra»-quyi, osti; «structura» - tuzilma, joylashuv so‘zlaridan paydo bo'lgan. «Infratuzilma» atamasining keng qollanilishiga qaramay, bu tushunchani turlicha talqin qilish hollari uchrab turadi. Bir guruh olimlar infratuzilmaning funksiyasini ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatishda deb qarab, uni xizmat ko‘rsatishning yaxlit tizimi sifatida belgilaydilar. Bu fan bozor infratuzilmasining rivojlanish bosqichlari, hozirgi zamon bozor infratuzilmasining aralash iqtisodiyot tizimi sifatida, mamlakatlar va xalqlarning madaniylashgan, ijtimoiyadolatli jamiyat sari harakat bosqichi sifatida tushuntirilib, uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida chuqur bilimlar beruvchi fan hisoblanadi. Bozor infratuzilmasining amal qilishi masalalariga, 0 ‘zbekiston bozor infratuzilmasini o‘rganishga, milliy iqtisodiyotdagi infratuzilmaning jahon xo‘jaligiga qo‘shilish masalalariga katta ahamiyat beriladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda infratuzilma sohasi tarkibiga kiruvchi tuzilmalardan foydalanish amalda ancha ilgari boshlanganligiga qaramay, unga mukammal tizimga ega bo‘lgan mustaqil soha sifatida e’tibor qaratish nisbatan kech ro‘y berdi. Zero, “infratuzilma” atamasi fanga kiritilishining aniq sanasi ma’lum bo‘lmay, ko‘pchilik tadqiqotlarda ushbu tushuncha XX asr 40-yillarining oxirida paydo bo‘lgan deyilsa, ba’zilarida esa amerikalik iqtisodchi P.Rozenshteyn-Rodan tomonidan 1955-yilda ilmiy atama sifatida qollanilganligi qayd etilgan3. Ma’lumotlarga ko‘ra, XX asr boshlarida “infratuzilma” atamasi iqtisodiy tahlilda qurolli kuchlarning hayotga iayoqatliligini ta’minlovchi obyekt va inshootlami ifodalash uchun qo'ilanilgan.
E’tiboringiz uchun raxmat!!!
Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin