Sanoat tarmoqlari korxona



Yüklə 152,07 Kb.
səhifə1/4
tarix16.05.2023
ölçüsü152,07 Kb.
#114046
  1   2   3   4
SANOAT TARMOQLARI KORXONALARINING SAMARADORLIGI


SANOAT TARMOQLARI KORXONALARINING SAMARADORLIGI.

REJA

1. Sanoat korxonalari korxonalari samaradorligi (rentabelligi). 2. Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullari.



Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.

Afsuski, bozor sharoitlarida “samaradorlik” tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o‘sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo‘llanilmoqda. Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi.

“Samara”, “samaradorlik”, “ ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.

Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.

Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega.

Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‘jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.




Yüklə 152,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin