SEMINAR MASHG‘ULOT № 1.
ONTOGENEZ. ODAM UMRINING YOSHGA OID DAVRLARI.
Ishdan maqsad: Ontogenez. Odam umrining yoshga oid davrlarini o’qib o’rganishadi.
Nazariy tushuncha: Ontogenez ikkita rivojlanish bosqichiga prenatal va postnatal davrlarga bo‘linadi. Prenatal davr deb, organizmni ona qornidagi rivojlanish davriga aytiladi. Ya’ni bu davrda tuxum hujayra otalanadi va undan homila shakllanadi va chaqaloqning tug‘ilishi bilan tugaydi. Postnatal davr esa tug‘ilgandan to o‘lgunga qadar vaqtni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi paytda amaliy pedagogika va gigienada bolaning yosh davrlari quyidagicha belgilanadi:
1. bog‘cha yoshgacha bo‘lgan bolalar
|
3 yoshgacha;
|
2. maktab yoshgacha bo‘lgan bolalar
|
3 yoshdan 7 yoshgacha;
|
3. maktab yoshidagi bolalar
|
7 yoshdan 18 yoshcha:
|
|
a) kichik maktab yoshidagi bolalar
|
– 7 yoshdan 11 yoshgacha;
|
|
b) o‘rta maktab yoshdagi bolalar
|
– 11 yoshdan 14 yoshgacha;
|
|
v) katta maktab yoshdagi bolalar
|
– 15 yoshdan 18 yoshgacha.
|
4 – rasm. Rivojlanish bosqichlari
A’zo va tizimlarning tuzilish va funksional shakllanishini e’tiborga olgan holda postnatal ontogenez quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1. chaqaloqlik davri
|
1 kundan 40 kungcha
|
2. go‘daklik davri
|
– 40 kundan 1 yoshgacha;
|
3. dastlabki bolalik davri
|
1 yoshdan 3 yoshgacha;
|
4. birlamchi bolalik davri
|
4 yoshdan 7 yoshgacha;
|
5. ikkilamchi bolalik davri:
|
|
|
o‘g‘il bolalarda
|
8 yoshdan 12 yoshgacha
|
|
qiz bolalarda
|
8 yoshdan 11 yoshgacha;
|
6. o‘smirlik davri:
|
|
|
o‘g‘il bolalarda
|
13 yoshdan 16 yoshgacha
|
|
qiz bolalarda
|
12 yoshdan 15 yoshgacha;
|
7. navqironlik davri
|
|
|
o‘g‘il bolalarda
|
17 yoshdan 21 yoshgacha;
|
|
qiz bolalarda
|
16 yoshdan 20 yoshgacha;
|
8. I yetuklik davri:
|
|
|
Erkaklarda
|
22 yoshdan 35 yoshgacha;
|
|
ayollarda
|
21 yoshdan 35 yoshgacha
|
9. II yetuklik davri:
|
|
|
Erkaklarda
|
36 yoshdan 60 yoshgacha;
|
|
ayollarda
|
36 yoshdan 55 yoshgacha;
|
10. keksalik davri:
|
|
|
Erkaklarda
|
61 yoshdan 74 yoshgacha,
|
|
ayollarda
|
56 yoshdan 74 yoshgacha;
|
11. Qariyalik davri
|
75 yoshdan 90 yoshgacha;
|
12. O‘ta qariyalik davri
|
90 va undan yuqori yosh.
|
Ontogenezni davrlarga bo‘lishda tibbiy xodimlar, biologlar, morfologlar, biokimyogarlar, geograflar va boshqa ko‘pgina mutaxassislar qatnashib, bunda tana uzunligining, qo‘l va oyoqlarning uzunligi, tana og‘irligi, skeletning suyaklanishi, tishlarning chiqishi, ichki sekretsiya bezlarining shakllanishi, jinsiy rivojlanishi, muskullar kuchi va boshqa antropometrik ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.
Ish uchun kerakli jihozlar: Darsliklar, plakatlar.
Ishning borishi: Talabalar darsliklar, rangli plakatlar Ontogenez. Odam umrining yoshga oid davrlarini o’qib o’rganishadi
Ishni rasmiylashtirish: Talabalar Ontogenez. Odam umrining yoshga oid davrlarini darsliklardan o‘qib, qisqacha konspekt qilishadi.
Dostları ilə paylaş: |