SEZIYNING ISHLATILISHI 4 SEZIY UMUMIY XARAKTERISTIKASI 1 SEZIYNING OLINISHI, BIRIKMALARI 2 SEZIYNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI 3
Seziy haqida ma’lumot
Seziy (kimyoviy belgisi — Cs; lot. Caesium) birinchi guruh elementi (eski tasnifga ko’ra – birinchi guruhning asosiy elementi) Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy tizimining oltinchi davri, 55 atom raqamida joylashgan. Seziy elementi sariq-kumush rangdagi yumshoq ishqoriy metall. Seziyning nomini emissiya spektridagi ikkita yorqin ko’k chiziq rangidan olgan ( lotincha caesius – osmon ko’k).
Davriy tizimning I guruhining kimyoviy elementi, atom raqami 55, atom massasi 132,9054; ishqoriy metallarga tegishli.
Olinishi
Seziy asosan pollutsit mineralidan xlorid yoki, sulfat vositasida ochish usuli bilan, turli birikmalar ko‘rinishida ajratib olinadi. Jarayonda, mineralga xlor kislotasi bilan ishlov beriladi va qaynoq suvda, yoki, ammiak eritmasida yuvib tashlanib, yakunda seziy xloridi CsCl olinadi. Sulfat bilan ishlov berilganda esa, yakuniy natijada seziyning alyuminiy bilan birikmasi ko‘rinishidagi achchiqtosh CsAl(SO4)2·12H2O olinadi.
Sof seziy olish uchun uni vakuumda ko‘p marotaba rektifikatsiya qilinadi. Sof holdagi seziy olish masalasi metallurgiyadagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Chunki, seziy metalliga ehtiyoj mavjud sohalarda odatda uning 99,9 – 99,999 % darajadagi sof metalli zarur bo‘ladi. Bunday soflikka ega seziy olish esa o‘ta murakkab texnologik jarayonlarni talab qiladi. Jarayonda xom-ashyo mineralga xlor yoki, sulfat bilan ishlov berilgach, metallokeramik filtrlarda uni turli mexanik aralashmalardan tozalash, vodorod, azot va kislorod qoldiqlaridan xalos qilish uchun getterlarda qizdirish, hamda, ko‘p marotaba takror-takror bir necha bosqichli kristallashdan o‘tkaziladi. Amaldagi seziy olish usullarining barchasi murakkab va qiyin bo‘lib, juda qimmat jarayonlardir.
Asosiy konlari
Seziy elementning jahon zaxiralari taxminan 70000 tonna atrofida deb baholangan (2012-yilgi ma’lumot). Asosiy seziy konlari Kanadada joylashgan. Bu mamlakatning Tanko nomli kon hududida, dunyo seziy zahirasining taxminan 70% qismi markazlashgan. Shuningdek, seziyli minerallarni Zimbabve va Namibiyada ham qazib olinadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonda, hamda Italiyaning Elba orolida ham seziy minerallariga ega konlar aniqlangan. Lekin, bu konlarda seziy miqdori o‘ta kamligi tufayli, ularni qazib olishning iqtisodiy jihatdan foydasi yo‘q.
Jahon bo‘ylab yillik sof metall seziy olish miqdori taxminan 9 tonna atrofida. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, seziyga bo‘lgan talab va taklif orasidagi tafovut 8 barobarga farq qiladi va ishlab chiqaruvchilar bozor talablarini hech qachon qondira olmaydi.