Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti Filologiya
va tillarni
o’qitish (o’zbek tili) yo’nalishi talabasi Azodova Boltabika Murodjon qizininig
Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
Mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar:f.f.d prof. M.Qurbonova
MUNDARIJA
Bitiruv malakaviy ishning umumiy tavsifi …………………………………..
1-BOB. Sifat soʻz turkumi toʻgʻrisida ………..………………………………
Bob boʻyicha xulosa…………………………………………………………..
2-BOB. Oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar……………….. ..
2.1. Oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlar…….
2.1. Oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar……
Bob boʻyicha xulosa…………………………………………………….
3- BOB. O‘zlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar…
3.1. O‘zlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli
sifatlar
………………………………………………………………………………..
3.1. O‘zlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar
…………………………………………………………………………………
Bob boʻyicha xulosa……………………………………………………..
Xulosa…………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati………………………………………..
BITIRUV MALAKAVIY ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi.
So‘z
turkumlarini ham nazariy, ham amaliy asosda
oʻrganish ancha vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Har bir soʻz turkumi kabi sifat soʻz
turkumi ham mustaqil soʻz
turkumi sifatida belgi, hajm, maza-taʼm kabi oʻziga xos
xususiyatlari bilan boshqa soʻz turkumlaridan ajralib turadi. Predmet(lar)ning belgisi,
hidi, rangi, tusi, shakli, hajm-oʻlchovi, holati, taʼmi, mazasini bildiruvchi mustaqil soʻzlar
sifat deyiladi. Bundan koʻrinib turbdiki, sifatlar narsaning belgi-xususiyatini turli nuqtai
nazardan ifodalashi (anglatishi) mumkin. Bunday begilar bevosita insonga yoki
borliqdagi jonli va jonsiz narsalarga tegishli boʻlishi mumkin. Ayni vaqtda sifatlarning
maʼnolari va maʼnoviy (leksik va koʻchma maʼnolari) xususiyatlarini talqin etish bahsli
holatdadir. Bunga sabab soʻz maʼnolarining oʻzgarishi, yaʼni yangi maʼno hosil boʻlishi
hamda undagi maʼnolardan biri yoki bir qanchasi soʻzning kam qoʻllanishi
tufayli
arxaiklashishi hisoblanadi.
Sifatlarning soʻz turkumi sifatidagi xususiyatlari tilshunos olimlar tomonidan bir
necha marta oʻrganilgan. Xususan, ularning maʼnolari, yaʼni semantikasi hamda
maʼnoviy guruhlari
umumiy planda tadqiq etilgan
1
. Shuning uchun ham bitiruv
malakaviy ishimiz mavzusining
dolzarbligi shundaki, sifatlarning alohida bir lugʻaviy
maʼnoviy ruhlaridan biri sifatida oʻrganilayotgan tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning
maʼnolari talqin, yaʼni ushbu bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi maʼlum maʼnoda
oʻzining tadqiqini kutib yotibdi. Shuning uchun ham “Tashqi
qiyofa ifodalovchi
sifatlarning semantikasi” nomli mazkur mavzuda haligacha maxsus ilmiy tadqiqot ishi
yuzaga kelmagan.
2
Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, semantika termini soʻz maʼnosi yoki
maʼnolari degan maʼno anglatadi. Albatta, sifat soʻz turkumi yuzasidan amalga oshirilgan
ilmiy ishlarga tayanilgan holda biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizni amalga oshiramiz.
Raxmatullayev Sh„ Abduraxdyunov I. Hozirgi o'zbek adabiy tilida koʻlam sifatlari // O’zbek tili sa adabiyoti. -
1972. №3. -B.43-48.; Sodiqova M. Hozirgi o’zbek tilida sifat. -Toshkent: Fan, 1974. Maʼrufov 3. M. O‘zbek
tilida sifatlarning qiyosiy darajasi // Til va adabiyot instituti asarlari, 1-kitob. -Toshkent, 1949. -B.31-39.;
Maʼrufov 3. M. Soʻz sostavi. Ot va sifat. -Toshkent, O‘zbekistan SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1956.
Yuqorida aytilganlardan koʻrinib
turibdiki, bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi
maʼlum bir dolzarblikka ega.