Shaxtali pechlar



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə1/7
tarix09.06.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#127883
  1   2   3   4   5   6   7
Shaxtali pechlar



Shaxtali pechlar



Reja

  1. Shaxtali pechlar tuzilishi

  2. Shaxtali pechlarni sanoatda ishlatilishi

  3. Shaxtali pechlar sistematikasi



Tayanch iboralar:shaxtali pech, dolomitli g'isht,material va yoqilg'i, Konveksiya usulida issiqlik almashinuvi, vaterjaketlar.
Kirish
Metallurgiyada eritish pechlari alohida o‘rin tutadi. Chunki ularda quritish va kuydirish jarayonlarida olingan tayyorlangan xomashyoni eritib xomaki metall olinadi. Metallurgiyada qo‘llaniladigan eritish pechlarining turlari ko‘p bo‘lib ularni tan-ash va qo‘llash qayta ishlanayotgan mahsulotning moddiy tarkibi-ga va texnologik talablarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda zamonaviy metallurgiya zavodlarida eritish pechlarining bir necha turlari qo‘llanilib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda amaliyotda ko‘p yillardan buyon foydalanilayotgan samaradorligi yuqori bo‘lgan pechlar ham metallurgik korxonalarda mavjuddir. Ularga yallig‘ qaytaruvchi pechlar, shaxtali pechlar, marten pechlari misol bo‘lib, ular zamonaviy kislorod alangali eritish pechlari, ruda-termik pechlar, elektr po‘lat eritish pechlari bilan birgalikda ishlatilib kelinmoqda.
1.Yallig‘ qaytaruvchi va Shaxtali (minorali) eritish pechlari
Yallig‘ qaytaruvchi pech - ishchi qismida yongan alanganing issiqligini pechning linza shaklidagi shipidan qaytarilib, eritilayotgan shixtaga uzatilishi hisobiga shunday nomlangan.
Yallig‘ qaytaruvchi pechlarning mis, nikel metallurgiyasidagi asosiy agregatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ular rudalarni va kam miqdorda metalli va sulfidli minerali bo‘lgan boyitmalarni eritishda konverter shlaklarini qayta ishlashda qo‘llanilib kelmoqda.
Yallig‘ qaytaruvchi pechlarni asosi (fundamenti) bir necha qavatdan iborat bo‘lib, uning qalinligi 2-4 metrni tashkil etadi. Ustki qismi devorlari bir necha qator o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan bo‘lib, qalinligi 0,75–1,5 metrgacha yetadi. Pech butun parametri bo‘ylab temir balkalar bilan mahkamlanib tortiladi. Texnologik talablarga asosan yallig‘ qaytaruvchi pechlarning uzun-ligi 5 metrdan 30 metrgacha, eni 2 metrdan 6 metrgacha bo‘lishi mumkin. Uning yuzasi 300-400m2 ni tashkil etadi. Pechning bir yon boshidan o‘t yoqish forsunkasi o‘rnatilgan bo‘lib, ikkinchi yonboshidan texnologik gazlar ajralib chiqadi (1- rasm).

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin