“Shum bola” qissasida koʻchimlarning qoʻllanilishi. Surayyo Omonova Oybek qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
oʻzbek tili va adabiyoti 2-bosqich talabasi.
Ilmiy rahbar: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada maʼno koʻchishning turlarini badiiy adabiyotda qoʻllanishi, ifodalanishini tahlil qiladi. Tahlil uchun Gʻ. Gʻulomning “Shum bola” asari misolida olamiz. Asarni tahlil qilish davomida turli iboralar va soʻzlarni mohirlik bilan qoʻllagan yozuvchining ijodiga yana bir karra tahsin aytamiz.
Kalit soʻzlar:koʻchim, metafara,metanimiya,sinekdoxada,vazifadoshlik.
Annatation: In this article, we consider the use of types of transfer of meaning in fiction. We will learn this on the example of the story "Shum bola" by our great writer G. Ghulam. Once again, we appreciate the creativity of the writer, who skillfully used various expressions and words during the analysis of the work.
Key words: metaphor, metonymy,synecdoche, transfer of meaning .
Kirish Maʼlumki ,badiiy asarlarda soʻzlar koʻpincha koʻchma maʼnoda qoʻllanadi. Bu hol obrazlarning xarakterini ochib berishda ,oʻquvchini badiiy asarda muallif ifodalamoqchi boʻlgan badiiy konsepsiyasini osonroq tushunishda qoʻl keladi. Adabiyotshunosligimizda faol qoʻllanadigan koʻchim va uning turlari : metafara,metanimiya,sinekdoxa va boshqa shunday vositalar hisoblanadi. Metafara asosida maʼno koʻchishida narsa va hodisalar oʻrtasida nisbiy oʻxshashlik , metanimiyada nisbiy aloqadorlik, sinekdoxada butun va boʻlak munosabati asos qilib olinadi.[¹193]
Asosiy qism Ulkan soʻz sanʼatkori Gʻafur Gʻulom ham oʻz asarlarida soʻzlarni mohirlik bilan qoʻllagan. Xususan, uning "Shum bola" qissasida ham koʻchimlarning ajoyib namunalarini uchratishimiz mumkin.
Tepamizda somon otga mingan ,moshkichiri soqolli bir kishi qamchi oʻynatib siyosat qilar edi.[³157]. Ushbu parchada ovqat (narsa) nomi, inson aʼzosi bilan oʻxshatilyapti. Ikki narsa oʻrtasidagi metafarali qiyoslanish.
Qovoqning peshayvoni tushib ketgan ,toʻgʻri gapga ham tesrayib javob berar edi. [³159] bunda ham inson aʼzosi bilan uy qismi oʻrtasida qiyoslanish munosabati ifodalangan. Doʻsti Omonning holati goʻzal taʼriflangan.
Xotin qozonning qopqogʻini ochdi - baliqday boʻlib, oppoq laganda moshkichiri chiqdi.[³132]. Ushbuda ovqat suv jonzoti bilan oʻxshatilgan.
Bundan tashqari oʻxshatishning ibora koʻrinishidagi shakllari ham bor. Misol uchun: It quvgan tulkiday olazarak Omon[³112], sirlangan xumchaga tushgan sichqonday[³130], zinadan chiqqan itdek tomga chiqdim[³130],Tulki quvlagan tovuqday sakrar edim[³130], qoʻndoqdan ajragan kakku bolasiday shox-butoqsiz ketardim[³152],sutga tushgan sichqonday boshlarini koʻtarib suzardi[³157],dard tekkan terak yaprogʻiday qaltirab turibdi[³159],it quvlagan tulkiday holdan toygan[³163] kabilarda inson ahvolini har xil holatlarga qiyoslagan.
Bay-bay bunday bozor ,"Qissasi ul anbiyo"da ham yozilmagan tarixda yoʻq.[³105], ushbu parchada metanimiya yoʻli bilan nisbiy aloqadorlik kitob soʻzi oʻrniga uning nomi ishlatilib,anglashilib ketilgan.
Kisavur bilan oʻgʻri tavbasi tavba emas . Oʻgʻri qarisa soʻfi,gʻar qarisa parixon boʻladi. Bu parchalarda sodda til ,real tasviriylik orqali eskilik sarqitlarini muallif satira oʻti bilan kuydirgan,ruhoniylarning sirlarini fosh qilgan. Personajning tili oʻz xarakterini ochib,tarixiy aniq konkretning ham yoritilishiga xizmat qilgan.[³]
"Jahannam"dan qochgan ekansanda- a ,bolam.[³177] bu yerda Soʻfi Olloyor kitobining qismi nazarda tutilyapti.
Konterakka borganimda xoʻjayinimga aytib koʻraman.[³153] bu yerda shahar soʻzi tushib nomi bilan ifodalangan. Shu kabi Chuvachidagi Yusuf kontur[³148], Darvoza,Beshogʻochdagi dehqonlar[³147],peshinda,shomgacha,nomozshomda kabi vaqtni anglatuvchi oʻrinlar ham bor.
Shunda besh panjalarini orasidan yetmish bitta jannat koʻribman[³143] ushbu parchada butun qism munosabati maʼno koʻchishning sinekdoxa usulini koʻramiz. Besh barmoq(qism)ni besh panja( butun) munosabatida ifodalangan.
Bunday halol yigitlarga har kim ham non beraveradi.[³161] bu parchada esa qism oraqali butun ifodalangan. Non - osh -ovqat beraveradi demoqchi.
Eshik sanab yurib har xil hashaki ovqatlarga oʻrganib qolganman.[³161] bunda ham qism ( eshik) orqali butun( uy) tushinilmoqda.
Men erkin qolgan oʻng qoʻlim bilan tandirning labida turgan loytovoqni olib, ustimga yopgan edim[³131] Ushbu parchada inson aʼzosi lab bilan tandirning ogʻiz qismi vazifaviy oʻxshatilmoqda.
Qopning ogʻziga bitta kesak oʻrab ,arqonni mahkam qilib bogʻlab,tort dedim.[³167] bunda vazifaviy oʻxshashlik. Ogʻizning vazifasi - ochilish.
Xulosa qilib aytganda soʻzlarni koʻchma maʼnoda qoʻllash adabiyotning badiiyligini yana bir karra oshiradi. Soʻzlarning turli maʼnoda jilovlab ,har rangda tovlantirish esa bu yozuvchining buyuk mahoratidir. Mana shunday mohir soʻz ustasi Gʻafur Gʻulom ham oʻzining betakror asarlari bilan hali hanuz qalbimizda yashamoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1.D,Quronov Adabiyot nazariyasi - T: "Sharq"nashriyoti .2013
2.U.Tursunov,B.Oʻrinboyev,A.aliyev Oʻzbek adabiy tili tarixi.- T: "Oʻqituvchi" 1995.
3.Gʻ.Gʻulom "Shum bola" qissasi -T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti .1983.