Sifatli ta’lim va interdissiplinar yondashuv: muammolar, yechimlar va hamkorlik tadbiri to‘g‘risida ma’lumot



Yüklə 11,6 Kb.
tarix25.09.2023
ölçüsü11,6 Kb.
#148440
Suhrob Sifatli


Sifatli ta’lim va interdissiplinar yondashuv: muammolar, yechimlar va hamkorlik tadbiri to‘g‘risida


MA’LUMOT

Habaringiz bor, 25-may sanasida Guliston davlat universitetida Turkiyaning Istanbul tijorat universiteti va Balikesir univrsitetlari, shuningdek Qozon federal universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Sifatli ta’lim va interdissiplinar yondashuv: muammolar, yechimlar va hamkorlik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi. 25-26-may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mazkur xalqaro konferensiyaning ochilish marosimiga bag‘ishlangan yalpi majlis Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda Sirdaryo viloyati hokimi A.Maxmudaliyev ishtirok etdi.


Viloyat hokimi o‘z nutqida Yangi O‘zbekiston sharoitida Sirdaryo viloyati ilmiy va innovatsion makonga aylanib borayotganligini, Turkiya va Rossiyalik hamkorlar bilan ilmiy va innovatsion sohada faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro ma’lumot almashish va kvalifikatsiyani rivojlantirish borasidagi takliflarni doimo qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Shuningdek, konferensiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqgan Guliston davlat univeristeti rektori M.XODJIYEV, Istanbul Ticaret universiteti rektori Ö.TORLAK, Balakesir universiteti rektori Yü.OĞURLU, Elabuga instituti fakultet dekani A.N.PANFILOV, Istanbul Ticaret universiteti prorektori Ö.ÇAHA, Kazan federal universiteti prorektori T.ALISHEV, GulDU Tarix kafedrasi professori M.ISXOQOVlar o‘z chiqishlarida mazkur xalqaro anjumanning ahamiyatini, ilm va innovatsiya o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi omil ekanligini, Guliston davlat universiteti o‘quv jarayonlariga xorijlik hamkorlar tajribalarini jalb qilish masalalari to‘g‘risida fikr bildirishdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti koordinatori S.Sandiboyev
Yüklə 11,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin