Sifatni boshqarish ilmiy maktablari shakllanishi va rivojlanishi.
Reja:
1. Sifatni boshqarish ilmiy asoslarining vujudga kelishi. Sifatni boshqarish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishida vatanimiz va sobiq ittifoq olimlarining qo‘shgan hissasi.
2. Sifatni boshqarishning AQSH maktabi shakllanishi va rivojlanishi.
3. Sifatni boshqarishning yapon maktabi va uning asosiy jihatlari.
1. Sifatni boshqarish ilmiy asoslarining vujudga kelishi. Sifatni boshqarish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishida vatanimiz va sobiq ittifoq olimlarining qo‘shgan hissasi. Bizlarning zamonamiz rivojlangan tovar ishlab chiqarish jamiyatlari zamonidir. Tovar ishlab chiqarishning zaminida ixtisoslashuv, kooperatsiya va ayrimboshlash yotadi.
Ixtisoslashuv yuqori mexnat unumdorligini ta’minlaydi va shu bilan jamiyatning farovonligiga asos soladi. Shubxasiz faqat mexnat unumdorligining yuqori chuqqilariga chiqishgina xozirgi xalq boyliklarini vujudga kelishiga sabab bo`lgan.
Kooperatsiya tovar ishlab chiqarishda mukammal aloqalarni yaratish asosida ummuiy xarajatlarni kamaytirishga olib kelgan. Masalan: avtomobil motorlarining eng sifatli va arzoni Angliyada ishlab chiqariladi. Demak, O`zbekistonda qimmat matorlarni ishlab chiqarish o`rniga arzon motorlarni sotib olib avtomobillarga o`rnatamiz va "Neksiya"larimiz yanada arzon bo`ladi. Xalqaro miqyosidagi koopearsiya AQSH, Yaponiya, Singapur Janubiy Koreya kabi davlatlarning rivojlanish negizidir.
Va nixoyat tovar ishlab chiqarish jamiyatining uchinchi va eng muxim elementi ayirboshlashdir. Jamiyat a’zolarining ayirboshlash asosida faoliyat ko`rsatishi ixtisoslashuv va koopearsiyani vujudga keltiradi. Ayirboshlash zarurati ko`proq maxsulot yaratilishiga olib keladi. Ayirboshlash jarayoni ishlab chiqarishning zarurligini baxolaydi va sifatga e’tibor berishga olib keladi.
Iqtisodiy nazariyada teng ayirboshlash tushunchasi mavjud, ya’ni qiymati teng bo`lgan buyumlar almashish ob’yektlari bo`lishi mumkinligiga ta’kidlanadi.
Bu yerda qiymat tariqasida ijtimoiy mexnat sarflari tushuniladi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki, ayirboshlash vaqtida tomonlar ushbu buyumning "qiymatini" o`zlari kelishadilar. Ya’ni tomonlarning fikricha ayirboshlanadigan buyumning foydaliligi berilayotgan buyumdan yuqori bo`ladi.
Demak, ayirboshlashda buyumning qiymati emas, balki iste’mol qiymati muxim o`rinni kasb etadi.
Iste’mol qiymati aniq bir shaxsga nisbatan yoki aniq bir buyumga nisbatan namoyon bo`ladi. Xar bir shaxs ushbu buyum qanchalik foydaliligini o`zi xal qiladi. Xozirgi vaqtda ushbu foydalilik darajasini o`rganish va me’yorlashtirish usullari kashf etilgan va muvaffaqiyatli yakullanmoqda. Bozor iqtisodiyotida iste’mol qiymatini buyum baxosiga tenglashtirish tajribasi asosiy o`rinni egallaydi.
Sifat tushuchasi juda keng ma’noda ma’lum talablarga yoki ko`rsatkichlarga javob berishni anglatadi. Sifat ko`rsatkichlari deganda ma’lum tovar, xizmat, tabiiy yoki siyosiy xodisa va boshqalarning jamiyat qo`ygan talablari tushuniladi. Xayotda xar bir kichik yoki katta narsaga ma’lum talab qo`yiladi. Masalan: Turar joy binosi yashashga mos bo`lishi kerak; avtomobil yukni tashish vazifasini bajarish kerak, yozda ob-xavo ma’lum darajada bo`lishi kerak va xakazo. Ushbu talablarning bajarilishi maxsulot yoki jarayonning sifatni yoki sifatsizligini belgilab beradi. Maxsulot sifati tushunchasi xam yuqoridagilarga asoslangan holda ta’riflanadi.
Maxsulot sifati-bu maxsulot yoki xizmatning shunday xossalar va ko`rsatkichlar majmuasini, ular maxsulotda belgilangan yoki potensial extiyojlarni qondirish qobiliyatini yaratadilar. Ushbu atama quyidagilarga asoslanadi:
xar bir maxsulot yoki xizmat ma’lum extiyojni qondirish uchun yaratiladi, demak uning foydali ko`rsatkichlari oldindan belgilanadi;
xar bir maxsulot ko`plab turli xossalarga ega va bu xossalar nafakat oldindan ko`zlangan extiyojni balki yana boshqa potensial extiyojlarni qondirishi mumkin;
shu ko`plab xossalarning, ichida xaridor yoki iste’molchilarning faqat extiyojni qondiruvchi xossalari qiziqtiradi.
Demak, maxsulot sifatini albatta iste’molchi nuqtai nazaridan ko`rib chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Maxsulot sifatini belgilovchi xossalar birlamchi sifat belgilari (BSB) deb ataladi. Ushbu birlamchi sifat belgilari maxsulot ishlab chiqarish jarayonida ishchilarning psixologik, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga turlicha e’tibor berishlari va ularga doimiy ravishda boshqaruv xarakatlarini amalga oshirish bilan bog`liq. Tajriba shuni ko`rsatadiki ishchilarning mexnat qilish sifati maxsulot sifatining eng asosiy omillaridan biri xisoblanadi.
Sifat - bu maxsulotning (xizmatning) belgilangan yoki taxmin qilinadigan extiyojlarni qondirish qobiliyatini shakllantiruvchi xossalar va ko`rsatkichlar majmuasidir.