Sintaksisning o‘rganish obyekti. Sintaktik aloqa vositalari. Soʻz birikmasi



Yüklə 61,62 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#176904
  1   2   3   4   5
Sintaksisning o\'rganish obyekti. Sintaktik aloqa vositalari. So\'z birikmasi


SINTAKSISNING O‘RGANISH OBYEKTI. SINTAKTIK ALOQA VOSITALARI. SOʻZ BIRIKMASI
REJA:
1. Sintaksis haqida tushuncha
2. Sintaktik aloqa va munosabat turlari
3. So‘z birikmasi va sintagma.
4. Erkin va turg‘un birikmalar.
Tayanch tushunchalar:
So‘z birikmasi – bir-biri bilan tobelanish asosida birikkan, ma’no va grammatik jihatdan o‘zaro bog‘langan, yaxlit, biroq qismlarga ajraladigan tushunchani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq so‘zlar bog‘lanmasi; Sintaktik bog‘li so‘z birikmasi – qismlari ajralmagan holda bir sintaktik bo‘lak deb olinadigan, ichki bog‘lanishi nuqtayi nazaridan esa sintaktik qismlarga ajraladigan so‘z birikmasi; Sodda so‘z birikmasi – o‘zaro tobe + hokim munosabatidagi ikki mustaqil so‘zdan tuzilgan so‘z birikmasi; Murakkab so‘z birikmasi – qismlari yoki ulardan biri birdan ortiq so‘z bilan ifodalangan birikma; Ot so‘z birikmalar-hokim qismi fe’ldan boshqa turkumga oid so‘z bilan ifodalangan so‘z birikmalari; Ravish so‘z birikmalar – hokim qismi ravish bilan ifodalangan so‘z birikmalari.
Sintaksis (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, tuzish demakdir) til tizimining yuqori sathi bo‘lgan sintaktik sath hamda shu sath haqidagi ta'limotdir .
Morfologiya va sintaksis grammatikaning o‘zaro bog‘langan ikki bo‘limi sanaladi. Grammatikaning bu ikki bo‘limi predmetlariga ko‘ra farqlanadi .
Morfologiyaning o‘rganish obyekti (predmeti) alohida so‘z shakllarining ma'lum grammatik ma'no asosidagi paradigmalari, ularning grammatik kategoriyalari bo‘lsa, sintaksisda so‘zlarni biriktirib gap qurish (shu jumladan, bir so‘zdan gap hosil qilish) qoidalari, gapning strukturasi, funksiyasi, qo‘llanishi, gaplarning o‘zaro munosabati kabi masalalar tekshiriladi, bunda hodisaning mundarijasi-mazmuni (nimaning ifodalanishi) hamda formasi (qanday yo‘l bilan ifodalanishi) ko‘zda tutiladi. Sintaksisning o‘rganish obyekti gap va uni tashkil etgan so‘z shakllarining grammatik va mazmuniy munosabatlari hamda bu munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi vositalardir.
Sintaksis predmeti yuzasidan tilshunoslikda xilma-xil qarashlar mavjud. O‘zbek tili sintaksisiga doir barcha adabiyotlarda sintaksisining ikki birligi: so‘z birikmasi va gap haqida fikr yuritiladi. Bunday qarash rus tilshunosligi ta'sirida kirib keldi. Rus tilshunosligida sintaksisning ikkita o‘rganish obyekti mavjud ekanligini A.A.Shaxmatov bayon qilgan edi. Bu fikr V.V.Vinogradov tomonidan rivojlantirildi. Predikativlik hodisasining talqini o‘zbek tilshunosligida ham,asosan, akad. V.V.Vinogradov ta’limotiga asoslanganini ko‘ramiz.
Hozirgi kunda sintaksisning 4 ta o‘rganish obyekti bor: 1) so‘z birikmasi, 2) gap sintaksisi, 3) qo‘shma gap sintaksisi, 4) matn sintaksisi. (Mahmudov N.,Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. –Toshkent: O‘qituvchi.1995,6-b.)
Nutqning o‘zicha tugallikka ega bo‘lgan parchasi gapdir. So‘z birikmasi bunday grammatik xususiyatga ega emas, u gap tuzish vositasidir. Shuning uchun sintaksisning asosiy tekshirish obyekti gapdir. Gap fikrni ifoda qiluvchi nutq birligidir . V.Vinogradov fikriga ko‘ra, faqat so‘z birikmasi va gapgina emas, balki qo‘shma gap ham alohida sintaktik birlik sifatida tan olinadi. Bu qarashga muvofiq, sintaksis 3 birlik: so‘z birikmasi, gap va qo‘shma gap haqidagi ta'limotdir.
O‘zaro grammatik va mazmuniy jihatdan bog‘lanib, obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiruvchi sintaktik birlik – nopredikativ birlik so‘z birikmasidir. So‘z birikmasi doimo ikki qismdan (tobe va hokim qismdan) iborat bo‘ladi .
Sintaktik qurilmalar so‘z, so‘z birikmasi, gap va matn ko‘rinishida namoyon bo‘lib, ular sintaksisning tekshirish obyekti hisoblanadi. Ma'lum grammatik qoidalar asosida hosil bo‘lgan birikmalar sintaktik qurilma sanaladi: keng hovli, ko‘m-ko‘k daraxtlar, vatanni sevmoq, Toshkent choyi, gullar ochildi kabi.
Sintaktik qurilmalar tuzilishiga ko‘ra uch turga guruhlanadi: 1) bir so‘zli qurilmalar;
2) ikki so‘zli qurilmalar; 3) ko‘p so‘zli qurilmalar.
Bir so‘zli sintaktik qurilmalar birgina mustaqil ma’noli so‘z bilan shakllanadi va so‘z-gap, nominativ, atov, vokativ gaplarni, shuningdek, Boraman, Keldim tarzidagi gaplarni o‘z ichiga oladi.
Ikki so‘zli sintaktik qurilmalar o‘z xarakteriga ko‘ra: sodda so‘z birikmasidan(ovqat yemoq, kitob o‘qimoq kabi) va sodda gapdan (Dars boshlandi, Bahor keldi kabi) tashkil topadi.
Ko‘p so‘zli sintaktik qurilmalar ikkidan ortiq mustaqil so‘zning birikishidan iborat bo‘ladi: g‘uj-g‘uj bo‘lib turgan yetita xira yulduz (murakkab birikma). Halol mehnat qilish-eng yaxshi odat. (yoyiq gap)

Sintaksisning markazi gap haqidagi ta'limotdir. Har bir gap bir tugal fikrni bildiradi, lekin gapdagi fikr tugalligi nisbiydir: ayrim gaplarning mazmuni yakka olinganda aniq, to‘liq bo‘lmaydi. Gap boshqa sintaktik birliklardan predikativlik belgisi orqali farqlanadi. Predikativlik gapning shakllar tizimidagi qismlarga ajralmaydigan grammatik ma'nodir.
A.G‘ulomovning fikriga ko‘ra, predikativlik gapga xos bo‘lgan kategoriya sanaladi. Predikativlikni kesim ko‘rsatadi va shu bois bu hodisa modallik, shaxs-son, zamon kategoriyalari orqali ifodalanadi. Predikativlik shaxs-son, zamon, mayl, tasdiq- inkor ma'nolari va bu ma'nolarni ifodalovchi shakllar yig‘indisidan tashkil topadi. Predikativlik gapning asosiy grammatik kategoriyasi bo‘lib, u tasdiq-inkor, modallik (mayl), shaxs, son kategoriyalari sintezidan iborat.
Gapning predikativlik belgisi modallik tushunchasi bilan bevosita bog‘liqdir. Modallik - gap umumiy mazmunining obyektiv borliqqa munosabatidir.
Har qanday gap grammatik jihatdan struktural tugalligi bilan farqlanadi. Bu ega va kesim guruhi yoki ularning biri orqali shakllanib, intonatsion butunlikka ega bo‘ladi. Shuningdek, gap nutqdagina tugal fikr anglatadi. Uning tugal fikr anglatishi matnga bog‘liqdir.
Ma'lumki, aytilmoqchi bo‘lgan fikr alohida olingan bir gap bilan oydinlashmay qolishi mumkin. Shu vaqtda muallif shu gapning mazmunini izohlovchi, mazmunan bir - biriga aloqador bo‘lgan bir qator gaplarni yonma-yon keltiradi. To‘liq fikr gapga nisbatan yirik bo‘lgan sintaktik butunlik orqali ifodalanadi. Bunday yirik sintaktik butunlik, sintaktik qurilma matn (tekst) deb yuritiladi. Gap nisbiy tugal fikrni ifodalasa, matn (tekst) to‘liq fikrni ifodalaydi. Matn tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1. Makromatn. 2. Mikromatn.
Makromatn - tilshunoslikning o‘rganish obyekti hisoblanadi. Yozilgan yoki bosilgan, aytilgan nutq, kitob, gazeta, jurnal va shu kabilar rasm, kitob, jadval bezaklaridan boshqa qismi, rasmiy hujjatlarni shart va izohlardan boshqa qismi, musiqa asarlariga asos bo‘lgan so‘zlar, she’r ko‘rinishlaridir.
Mikromatn - tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lib, yuqori darajadagi sintaktik birlik, murakkab sintaktik butunlik, supersintaktik butunlik sifatida qaraladi. Mikromatn murakkab sintaktik butunlik sifatida tarkibiy qismlari mavzusining umumiyligi bilan ajralib turadi.
Matnning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ba'zi tilshunoslar uni mustaqil bir soha (matn lingvistikasi, matn grammatikasi) sifatida nomlamoqdalar.
Sintaksis tilning morfologiya, leksikologiya va fonetika bo‘limlari bilan bog‘liq. Bu sohalar bir-birisiz yashay olmaydi. Tilning yaxlit sistemaliligi ham ana shunda namoyon bo‘ladi. Morfologiya va sintaksis bir-birini to‘ldiradi. Sintaktik kategoriyalar ko‘pincha morfologik vositalar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.
Gapning so‘zlardan tuzilishini va so‘zning gap ichida haqiqiy hayotiga ega bo‘lishini, nutq ichida qo‘llanilishini hisobga olsak, sintaksisning leksika bilan ham bog‘liqligi anglashiladi.
Gapning zarur belgilaridan biri intonatsiya sintaksisning fonetika bilan ham bog‘liqligini ko‘rsatadi.
So‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvidan so‘z qo‘shilmasi hosil bo‘ladi. Bular ikki xil:


  1. Yüklə 61,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin