SMART – O’QITISH MUHITI ELEMENTLARI
Reja:
1.
“Smart” atamasi haqida tushuncha.
2.
Smart ta’limning asosiy tarmoqlari.
3.
Smart – o’qitishning afzaligi
Jahonda axborot makonining globallashuvi, ochiqligi va ommaviy
kommunikatsiyaning kuchayishi integratsiyalashgan ta’lim muhitida ta’lim
oluvchilarning kasbiy va ijodiy rivojlanishini ta’minlash imkoniyatlarini
kengaytirmoqda. Ta’lim sohasidagi rivojlanish tendensiyalari axborotlashgan
jamiyatda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini kengroq joriy etish
va ularning samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
Dunyo
hamjamiyatida
YUNESKOning
“O‘qituvchilarning axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha kompenentligini rivojlantirish”
dasturi [135] va “Yevropa Kengashi mamlakatlarining 2020 yilga qadar
ta’lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sohasidagi Hamkorlik strategiyasi”
[136] asosida keng ko‘lamli amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda elektron ta’limning takomillashgan shakli bo‘lib
hisoblangan Smart-ta’lim (smart-education) jadal rivojlanmoqda. Yevropada
Smart - ta’lim tamoyilida «Yagona Yevropa universiteti» ni shakllantirish
dasturi, AQSH da ushbu o‘n yillikda Smart - ta’lim falsafasida ta’limda katta
inqilob yaratish dasturi [137], Janubiy Koreyadagi SMART Education –
raqamli darsliklar tashabbusi va KERIS – edunet tizimi [133], IBM – aqlli
sayyora uchun ta’lim konsepsiyasi [141], Xitoy PLS (Personal Learning
Space) modeli tizimi[140], Rossiyadagi Moskva, Omsk, Perm, Qozon
universitetlarida “Aqlli universitet” [139] shakllanmoqda.
Mamlakatimizda esa O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «oliy ta’lim muassasalari faoliyatining
sifati hamda samaradorligini oshirish, intellektual rivojlangan, mustaqil
fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni
tarbiyalash» ustivor masala qilib qo‘yilgan [5].
Jamiyatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga
muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish,
xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga
zarur shart-sharoitlar
yaratish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 2909-son, 2019 yil 8
oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847- son
qarorlarida esa elektron ta’lim resurslari milliy tizimini yaratish, jahonning
ta’lim resurslariga kirish va ushbu infrastrukturani takomillashtirish, o‘quv
jarayonida jahon va milliy elektron ta’lim resurslaridan axborot –
kommunikatsiya
texnologiyalari
negizida foydalanish, oliy ta’lim
muassasalari moddiy-texnik bazasini va tarmoqli infratuzilmani rivojlantirish
asosiy vazifalar sifatida belgilangan. Shunga ko‘ra respublikamiz oliy ta’lim
muassasalarida, jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida
"Smart Classroom" (Aqlli auditoriya) ZTE multimediali tizimni joriy etish,
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Aqlli sinf” o‘quv auditoriyasini
yaratish,
Toshkent
davlat
pedagogika
universitetini
Turkiyaning
Informascope kompaniyasi hamkorligidagi “SMART universitet” ga
aylantirish loyihasi asosida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jizzax davlat pedagogika institutida “SMART auditoriya” tashkil etilmoqda.
“
SMART
” atamasi dastlab 1954 yilda olim, iqtisodchi, publitsist,
pedagog Piter Ferdinand Druker tomonidan kiritilgan, 1965 yilda Paul J
Meyer, 1981 yili esa George T. Doran o‘z ilmiy ishlarida qo‘llagan [149].
SMART - “Specific” (aniq, o‘ziga xos), “Measurable” (o‘lchovli),
“Attainable” (erishiladigan), “Relevant” (muvofiq, resurs), “Time- bound”
(vaqt bo‘yicha chegaralar, aniq muddatli) inglizcha so‘zlarining bosh harflari
bilan ifodalangan [47].
Texnologiya – (ingl: technology, rus: texnologiya) muayyan ishlab
chiqarish sohasidagi usullar va jarayonlar majmuasi [50].
Respublikamiz
etakchi
olimlaridan
A.A.
Abduqodirovning
ta’kidlashicha, Smart–texnologiyalar – o‘zaro ta’sir va tajriba almashish
negizida protseduralarga uzatiladigan, avvallari axborot va bilimlarga
asoslangan texnologiyalardir..... «Smart» ning tayanch xossasi atrof - muhit
bilan o‘zaro ta’sir etish va unga moslashish qobiliyatidir. Uning ushbu
xususiyati mustaqil qiymatga ega va shahar, universitet, ta’lim, texnologiya,
jamiyat va ko‘pgina boshqa kategoriyalarga qo‘llanishi mumkin [47].
SMART – bu tizim yoki jarayonning hususiyati bo‘lib, atrof - muhit
bilan o‘zaro munosabatlarda o‘zini namoyon qiladi va tizimga
qobiliyatini qayta ishlashga, tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga darhol javob
qaytarish, o‘zgaruvchan sharoitga moslashish, mustaqil taraqqiyot va o‘zini
o‘zi boshqarish, natijalarni samarali bajarishga imkon beradi [74].
Bugungi kunda SMART–texnologiyalarning asosiy vositalarini IoT
(Internet of things) – buyumlar interneti tashkil etmoqda. Buyumlar interneti
IoT (Internet of things) bu - maxsus elektronika, dasturiy ta’minot, sensorlar,
qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarning o‘zaro ma’lumot almashinuvidan
iborat tarmoq tizimi bilan jihozlangan sun’iy intellekt yordamida masofadan
boshqariluvchi maishiy texnikalar, transport vositalari va boshqalar. IoT
texnologiya tadqiqotchilariga kamroq quvvat sarflaydigan va deyarli har
qanday turdagi qurilmaga ulanishi mumkin bo‘lgan kichikroq va arzonroq
simsiz tizimlarni ishlab chiqish uchun kuch beradi.
“Internet – buyumlar” (ba’zan “buyumlar interneti” yoki “internet
ashyolari” degan atama ham ishlatiladi) ingliz tilidagi Internet of Things
so‘zlaridan olingan bo‘lib, bir-biri yoki tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuv
uchun ichiga joylashtirilgan texnologiyalar bilan jihozlangan, iqtisodiy va
ijtimoiy jarayonlarni qayta qura oladigan hodisa kabi tarmoqlarni tashkil
etishni ko‘rib chiqadigan, harakat va operatsiyalar ichidan inson ishtiroki
zaruriyatini inkor etadigan, fizik jarayonlar hisoblash tarmog‘i konsepsiyasi
hisoblanadi [108].
Internet ashyolarni, bizni o‘rab turgan barcha predmetlar va qurilmalar
(uy asboblari va jihozlari, kiyim-kechak, mahsulotlar, avtomobillar, sanoat
qurilmalar va boshqalar) miniatyurali (kichik o‘lchamli) identifikatsion va
sensorli (sezgir) qurilmalar bilan jihozlangan deb tasavvur qilish mumkin. U
holda ular bilan zarur aloqa kanallari bo‘lganida nafaqat bu ob’ektlarni va
ularning parametrlarini fazoda va vaqt bo‘yicha kuzatish, balki ularni
boshqarish, ular haqidagi ma’lumotlarni umumiy – “Aqlli planeta” ga kiritish
mumkin bo‘ladi. Boshqacha aytganda, Internet ashyolar bu kompyuterlar,
datchiklar (sensorlar) va ijrochi qurilmalarning (aktuatorlarning) IP (Internet
Protocol) internet protokoldan foydalanish orqali o‘zaro bog‘laydigan global
tarmoq hisoblanadi [112].
Cisco IBSG - tarmoq jihozlarini va dasturlarini ishlab chiqaruvchi
jahonda etakchi AQSHning kompaniyasi hisobotiga ko‘ra internetga ulangan
buyumlar soni 2015 yilda 25 milliardga etgan bo‘lsa, 2020 yilga borib esa
bunday buyumlar soni 50 milliardga etishi kutilmoqda [20].
Bundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda “Buyumlar interneti” inson
faoliyatining ko‘plab sohalarida qo‘llanilmoqda. «Aqlli muzlatkichlar»,
«Uyni aqlli yoritish» va boshqa «aqlli» sifati bilan ataluvchi maishiy
texnikalar hayotimizni yanada engillashtirib, tashvishlarimizning bir qismini
ular zimmasiga yuklashga imkoniyat yaratadi. Hozir bunday qurilmalarda
telefondagidek oddiy sim-kartadan foydalaniladi. Mikroelektronikani
rivojlantirish, mikrokontrollerlar yuqori ish faoliyatini ta’minlash va energiya
sarfini kamaytirish, mikrosxema narxini pasaytirish – bularning barchasi
yangi echimlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish imkonini
beradi. Bu texnologiyalar ta’lim tizimiga bir qator rivojlangan mamlakatlarda
(AQSH, Xitoy, YAponiya, Shvetsiya va h.k.) keng joriy etilmoqda.
YUNESKO tashkiloti tomonidan e’lon qilingan XXI asrda «Life Long
Learning» ya’ni - «Butun hayot davomida o‘rganish», «Ta’lim - hamma
uchun» ta’lim tamoyillarini amalga oshirish uchun SMART- ta’lim orqali
shart-sharoitlar yaratiladi. SMART-ta’lim «har doim, har joyda va istalgan
vaqtda» ta’lim olish imkoniyatlarini yuzaga keltirmoqda. SMART - jamiyat
oliy o‘quv muassasalari oldiga zamonaviy fikrlash va ishlash imkoniyatiga
ega kreativ salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash kabi global vazifalar
qo‘ymoqda. Buning uchun ularda quyidagi amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirish lozim: ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish, foydali
axborotlarni izlash va tanlash, elektron manbalar bilan ishlash, o‘quv
jarayoni muhitini o‘zgartirishni talab etuvchi shaxsiy ma’lumot bazasini
yaratish.
Axborotlashgan ta’lim jarayonining zamonaviy tendensiyasi tahlili
shuni ko‘rsatadiki, jamiyatda o‘qitishning an’anaviy modelidan elektron
ta’limga o‘tish, so‘ngra esa “smart – inson”ning shaxsini shakllantirish va
ta’lim oluvchida yangi bilimlarni generatsiya qilishga ijozat beruvchi
samarali texnologiyalari mavjud, qaysiki qidirish, axborotni tahlil etish va
innovatsiyalar yaratish uchun takomillashgan axborot- kommunikatsiya
texnologiyalariga ega bo‘lgan SMART – ta’limga o‘tishni taqazo etadi [89].
SMART – ta’lim (education) – mohiyat jihatdan yangi ta’lim muhitidir;
butun jahon bilimlarni foydalanish va passiv kontentdan faol kontentga o‘tish
uchun o‘qituvchi, mutaxassis va talabalarning kuchlarini, ya’ni ta’lim
faoliyatini birlashtirishdir. Smart – o‘quv jarayoni - innovatsiyalar va
internetdan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonidir; u tizimli
ko‘p o‘lchovli ko‘rish va ko‘p aspektliligi va yangilanishining uzluksizligini
e’tiborga olgan holda predmetlarni o‘rganish asosida kasbiy kompetensiyalar
egallashga imkoniyat beradi [48].
Biz o‘z tadqiqotlarimizda A.A.Abduqodirovning ushbu fikrini SMART
– ta’lim uchun ishchi ta’rif sifatida qabul qildik.
V.P.Tixomirov bugungi ta’lim taraqqiyotining asosiy o‘rni haqida juda
aniq izoh bergan: «Ta’limning eski tizim parametrlari kishilarni SMART-
jamiyatda yashashi va ishlashi uchun tayyorlay olmaydi. SMART-
texnologiyalarisiz innovatsion faoliyat mumkin emas. Agarda ta’lim tizimi
ushbu taraqqiyot yo‘nalishdan ortda qolsa, u holda to‘xtab qoladi» [119].
Ta’lim sohasida SMART - texnologiyalar deganda quyidagilar
tushuniladi: aqlli-doskalar, aqlli-o‘quv qo‘llanmalari, aqlli-proektorlar,
interaktiv va kommunikativ xarakterdagi elektron o‘quv materiallarini
yaratish va tarqatishning dasturiy ta’minotlari.
“SMART–ta’lim” ta’limni axborotlashtirishni rivojlantirishning yangi
paradigma bo‘lib hisoblanadi. U ta’limni individuallashtirishni talab bo‘yicha
xizmat ko‘rsatish va ochiq ta’lim muhitini qo‘llab - quvvatlaydi.
Oqilona ta’limning mohiyati aqlli texnologiyalarni qo‘llash orqali aqlli
muhitni yaratishdir, shuning uchun aqlli pedagogikada shaxsiylashtirilgan
ta’lim xizmatlarini taqdim etish va o‘quvchilarning qobiliyatini kuchaytirish,
shuningdek, qiymatni yaxshiroq baholash, yuqori fikrlash sifati va yanada
kuchli xulq-atvorga ega bo‘lgan donolik qobiliyatini kuchaytirish mumkin.
SMART-ta’limning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
1.
Ta’lim dasturlarida ko‘zda tutilgan o‘quv masalalarini hal etishda
dolzarb axborotlardan foydalanish: har qanday kasbiy faoliyatga doir
ta’limning axborotlar oqimi tezligi va hajmi jadal sur’atlar bilan rivojlanib
bormoqda, bu esa o‘z navbatida talabalarni amaliy muammolarni hal etishga
tayyorlash uchun amaldagi o‘quv materiallarini real vaqtdagi ma’lumot bilan
to‘ldirishni taqazo etadi.
2.
Talabalarning
mustaqil
bilim
olishini,
tadqiqotchilik
va
loyihalovchilik faoliyatini tashkil etish. Ushbu tamoyil talabalarning
muammolarni hal etishda ijodiy izlanishlar va ilmiy- tadqiqot ishlarini olib
borishida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi.
3.
O‘quv jarayonini tarqalgan keng o‘quv muhitida amalga oshirish.
Ta’lim muhitini o‘quv muassasasi hududiy yoki masofaviy ta’lim tizimi
chegaralari bilan cheklash kerak emas. Ta’lim jarayoni doimiy bo‘lishi kerak.
4.
Ta’lim
yo‘nalishlarining
moslashuvchanligi
va
ta’limni
individuallashtirish, ya’ni shaxsga yo‘naltirish. Ta’lim berish faoliyatining
xilma-xilligi talabalarga ta’lim dasturlari va kurslarini o‘qitish, o‘quv
jarayonida asbob-uskunalardan foydalanish, ularning sog‘lig‘ini saqlash
imkoniyatlari, moddiy va ijtimoiy sharoitlarga mos ravishda keng
imkoniyatlar berishni talab qiladi. N.P. Kapustinning ta’rifiga ko‘ra
moslashish (lot. adaptatio- adaptiv, moslashish) - bu “ta’lim oluvchining
tug‘ma iste’dodi, qobiliyatiga mos ravishda intellektual rivojlanishni optimal
darajaga ko‘tarish imkonini beruvchi ta’lim tizimi. Egiluvchanlik, ochiqlik
kabi xususiyatlarga ega moslashuvchi o‘qitish tizimlari ta’lim oluvchining
ehtiyojiga moslashgan holda uning yashirin imkoniyatlarini rivojlanishning
bir muncha yuqori darajasiga olib chiqadi” [85].
Bugungi kunda dunyoning bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarida (Janubiy Koreya, AQSH, Singapur, Angliya, Rossiya va h.k)
SMART-universitetlar va Smart Campus paydo bo‘lmoqda. “SMART –
ta’lim” texnologik innovatsiyalar va Internet orqali amalga oshiriladi, bu esa
talabalarda tizimli keng tafakkur va ixtisoslikka oid kasbiy malakalarini
shakllantirish imkonini beradi.
SMART- universitetda o‘qitish talabaning imkoniyatiga imkon qadar
moslashtirilgan
va
bugungi
kunda
hammaga
ma’lum
bo‘lgan
texnologiyalarga asoslangan bo‘lishi kerak. Buning uchun esa SMART-
universitetlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: moslashuvchanlik,
muvofiqlashuvchanlik, innovatsiyalar. Ta’limda SMART-texnologiyalar juda
katta ahamiyatga ega, bir tomondan ular o‘quv muassasasi moddiy- texnika
ta’minoti uchun xarajatlarini optimallashtirishga, boshqa tomondan, ta’lim
xizmatlari va mahsulotlarning sifatini yangi darajaga ko‘tarishga imkon
beradi.
Smart Campus - bu faol ta’lim dasturiga ega bo‘lgan hamkorlik
markazi bo‘lib, Yevropa Komissiyasi tomonidan qo‘llab- quvvatlanadigan
asosiy foydalanuvchilar (talabalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar) bilan
hamkorlik orqali o‘quv muassasasi tomonidan foydalaniladigan asbob-
uskunalar va energiya manbalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan
loyiha [29].
Smart Campus da ko‘plab imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ularni
quyidagicha uchta asosiy kategoriyalarga ajratish mumkin: Smart Living,
Smart Learning va Smart Safety & Security. Buning barchasi talabalarning
diqqatini jalb etishi, ta’lim muassasasining hayot tarziga
kirishiga ko‘maklashishi va kerakli yutuqlarga erishish uchun ularga barcha
zaruriy resurslarni olishlarida yordam beradi [113].
Ta’lim tizimi sohasida Smart Campus yangi o‘quv va o‘qitish
modellarini amalga oshirish uchun har bir talabaga yakka personal hisoblash
vositalarini yaratadi. Smart Campus texnologiyasi talabalarning an’anaviy
ta’lim olish usullarini o‘zgartirishlari mumkin. Davomat, ovoz berish va
o‘quv binolariga kirishni avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan Smart ID
kartalari talabalar ma’lumot tizimlari bilan birlashtiriladi. Talabalar va
o‘qituvchilarni jismoniy bo‘shliqdan xalos qilgani kabi, ular vaqt o‘tishi
bilan ko‘proq moslashuvchanlik va erkinlikka ega bo‘ladilar. Barcha
ma’ruzalarni yozib olish va arxivlash orqali, kasal talaba darsni o‘tkazib
yuborganida yoki shunchaki nazoratdan oldin ko‘rib chiqishni xohlaganida,
har bir ma’ruzaning har soniyasini ko‘zdan kechirishi mumkin. Smart
Campus dasturlarida ishtirok etadigan ko‘plab texnologiyalar mutlaqo yangi
emas - ular yangi usulda qo‘llaniladi. Smart Campus platformasi uchun juda
muhim bo‘lgan narsa - bu ochiq API (ochiq interfeys). Ochiq API - bu turli
xil qurilmalar va tizimlarni, hatto turli xil kirish usullaridan foydalanganda
ham, real vaqt rejimida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qilish uchun bog‘lovchi
vosita bo‘lib hisoblanadi.
I. G. Borisenko SMART - ta’limning konsepsiyasi haqida so‘z yuritar
ekan:”Bu konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi [67]:
1.
Ta’lim jarayonida ishtirokchilarning kompetentligini doimiy
rivojlanishi uchun intellektual muhit yaratish, shu jumladan, rasmiy va
norasmiy ta’lim tadbirlarini tashkillashtirish, yangi kompetensiyalarni
qo‘llash yo‘lida ko‘rsatilayotgan tartib-qoida o‘zgarishlari natijalari. Bunday
ta’limni amalga oshirishning texnik bazasi talabalar va ta’lim muassasalariga
tegishli bo‘lgan quyidagi qurilmalar hisoblanadi: oddiy statsionar
kompyuterlar, noutbuklar, planshetlar, smartfonlar, tarmoq qurilmalari va
boshqalar.
2.
Maqsad - raqamli jamiyat va aqlli iqtisodiyot sharoitida
muvaffaqiyatli faoliyat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni ta’minlash.
V.P.Tixomirov va N.A.Tixomirova ta’limdagi “SMART– texnologiya”
quyidagilarni o‘z ichiga olishini ta’kidlagan [119]:
1.
Ta’lim tarmoqlari (Elektron universitetlar konsorsiumi);
2.
Smart e-learning;
3.
Elektron
ta’limning sifati (E-metrix, standartlashtirish va
sertifikatlash);
4.
Tez boshlash.
G.A. Pollak ta’lim oluvchilar uchun “SMART – ta’lim” uzluksiz ta’lim
tizimi (maktab, oliy ta’lim muassasalari, korporativ ta’lim) uchun
quyidagilarni taklif etgan [109]: moslashuvchan ta’lim dasturlari, portfolio;
talabalar faoliyati to‘g‘risida kengroq ma’lumotlar; hamkorlik ta’lim
texnologiyalari - bilimlarni yaratish; o‘quv jarayoniga qurilmalar orqali
mustaqil kirish; inson faoliyatining ko‘pgina funksiyalarini kompyuterlarga
o‘tkazish; ta’limni yangi darajada individuallashtirish.
A.A.
Aletdinova va A.A. Melnichenko SMART -ta’lim tushunchasini
ilmiy tahlil qilar ekan, quyidagi yo‘nalishlarni belgilab bergan (1.1.1 -rasm):
SMART - ta’limiy kabi intellektual vosita; SMART - birlashgan o‘quv
muassasalari va professor-o‘qituvchilar tuzilmasi; SMART - yangi ko‘rinish
kabi, ya’ni, ta’limga yangicha yondashuv, yuqori natijalarga erishishga
imkon berish yoki ko‘proq samarali usullar; SMART yangi smart-
kompetentlikni shakllantirish mazmunida inson shaxsiyatining takomillashuvi
[49].
Horijiy mamlakatlarda bugungi kunda SMART–texnologiyalar va IoT -
“buyumlar interneti” ning ta’lim jarayonida qo‘llanilishi haqida to‘xtalib
o‘tamiz.
Singapur politexnika universitetida “Aqlli kampus” mavjud bo‘lib,
unga kirgan har bir talaba elektron konserj tomonidan identifikatsiya qilinadi.
Elektron konserj – bu Internet xizmati tizimi bo‘lib, turli sohalar bo‘yicha
tezkor ma’lumotlar olish, so‘rovlarga javoblar, navigatsiya va boshqa
xizmatlarni bajaradi. Bu tizim talabalarni universitetdagi yangiliklar,
professor - o‘qituvchilar tomonidan tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxati
bilan tanishtiradi. Ma’lumotlar tahlili mukammal tizimlashgan bo‘lib, hatto,
kurs ishlarini o‘z vaqtida topshira olmaydigan talabalarni oldindan aniqlab,
ular haqida fan o‘qituvchilarini xabardor qilishga imkon beradi [20].
Avstraliyaning
Jon
Kertin
nomidagi
universitetida
buyumlar
internetidan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim yordamida olingan
ma’lumotlar asosida auditoriya va kutubxonalar bandligi, davomat hamda
professor - o‘qituvchilar va talabalar kundalik hayoti to‘g‘risida xulosalar
qilinadi [15].
Malayziya texnologik universitetida esa sun’iy intellekt asosida
ta’limning boshidan to oxiriga qadar talabalar haqida ma’lumotlar yig‘adi.
Bunday kuzatuv yordamida ularning mashg‘ulotlardagi ishtiroki o‘rganiladi
va bu ma’lumotlar keyingi qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib
hisoblanadi. Sun’iy intellekt orqali o‘tilgan dars mashg‘ulotlar tahlil etib, uni
sifatini yanada oshirish yo‘llari haqida maslahatlar beradi [38].
Yaponiyada o‘quvchilar virtual reallikning to‘la komplektidan
foydalanib, “virtual maktab” ga qatnashishlari, smartfonlar uchun chiqarilgan
maxsus dastur yordamida o‘qituvchilarni tinglashlari va testlar topshirishlari,
alohida tashkil etilgan platforma orqali boshqa maktab o‘quvchilari bilan
muloqot qilishlari mumkin. O‘quvchilarga alohida o‘qituvchilar biriktirilgan
bo‘lib, o‘quvchilar ulardan o‘z savollariga telefon yoki elektron pochta orqali
javob olishlari, zarurat tug‘ilganda o‘qituvchi bilan uchrashishlari ham
mumkin [146].
AQSH ning Kaliforniya shtati San-Fransisko shahridagi SweetRush
tizimi (
http://www.sweetrush.com/
) elektron va mobil ta’lim uchun ta’lim
echimlarini ishlab chiqadi va sinovdan o‘tkazadi. O‘qituvchi – yo‘riqchi
rahbarligida real vaqt rejimida qayta muloqot qilish imkonini beradigan
individual ta’lim olish mumkin. Kurs musobaqali o‘yinlar va audio - video
animatsiyalar kabi vositalardan tashkil topgan bo‘lib, ular ishtirokchilarni
ko‘plab jalb qilishga yordam beradi.
AQSHning Vashington shahrida BLACKBOARD tizimi K-12 va undan
keyingi ta’lim bosqichlari uchun “Bog‘langan ta’lim malakasi va qo‘llab-
quvvatlash tarmog‘i” deb ataluvchi tizimni yaratgan. Raqamli ta’lim muhiti
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni shakllantirsa, virtual sinflar texnologiyasi
o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi. Maxsus veb saytlar ota-
onalar va talabalarga oxirgi olingan baholar, yangiliklar va tadbirlar haqida
ma’lumotlar taqdim etadi. Blackboard Mobile Credential kompaniyasi
talabalarga talaba ID larini iPhone va Apple Watch lardagi maxsus dasturdan
ro‘yxatdan o‘tkazish bilan kampus binosiga kirish va ovqatlanish hamda
boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yordam beradi[148].
Buyuk Britaniyaning Ueymut shahrida Magicard tizimi talabalar uchun
turli xildagi smart kartalar ishlab chiqaradi. Ushbu kartalar IoT (Internet of
things)[149] lar yordamida talabani autentifikatsiya qiluvchi nazorat
tizimlariga ulanadi. IoT lar yordamida talabalar turli xil manbalarga (kurs
ishlari, masofaviy ta’lim uchun elektron resurslar va boshqalarga kirishga va
ulardan foydalanishga ruxsat oladilar, turli xizmatlar uchun to‘lovlarni
amalga oshiradilar.
Shunday
qilib,
“SMART–ta’lim” bo‘lajak mutaxassis shaxsi
rivojlanishi imkoniyatlarini kengaytirib, ularda zarur bo‘ladigan ijodiy
salohiyatini shakllantiradi. Bunda SMART–texnologiyalar va "buyumlar
interneti" (IoT) ta’limda o‘qitishning asosiy yordamchi vositalari bo‘lib
hizmat qiladi. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda SMART– texnologiyalar
va IoT–buyumlar interneti vositalaridan ta’lim tizimida foydalanish bo‘yicha
konsepsiya va ilmiy tadqiqotlarga asoslangan aniq metodik tavsiyalar hali
ishlab chiqilmagan.
Zamonaviy oliy ta’limning ajralib turadigan xususiyatlari bu
moslashuvchanlik, samaradorlik va amaliy yo‘naltirish ekanligi sababli,
bunday bilimlar almashinuvi an’anaviy bilimlarni reproduktiv uzatishdan
ijodiy ta’lim shakliga o‘zining innovatsion usullari, shakllari va vositalari
bilan o‘tishini anglatadi. Bu ham Web2.0 texnologiyalarining rivojlanishi
tufayli mumkin bo‘ldi. Aqlli ta’lim moslashuvchan ta’limning paydo
bo‘lishining asosiy sharti bo‘lib, u dunyo miqyosida jamoat mulki bo‘lgan
tarkibdan foydalangan holda interfaol ta’lim muhitida ishlaydi [100].
Shakllanayotgan Smart – ta’lim tizimidan: kunduzgi ta’limda –
talabalarning mustaqil ishlarini sifatli va samarali tashkil etishda; masofali
o‘qitishda; mutaxassislarning malakasini oshirishda; aholining umumiy
norasmiy ta’lim tizimida muvafaqqiyatli foydalanilishi mumkin[48].
SMART - ta’lim platforma (asos) sini umumiy ta’riflaydigan bo‘lsak,
SMART ta’lim bu – mafkura, o‘z navbatida u uchta bo‘g‘indan iborat. Bular:
1)
Dostları ilə paylaş: |