Nevrologiya (qad-yunon. νεῦρον — nerv, asab va λόγος — ta’limot; «asab to’g’risidagi fan, ta’limot») — asab tizimini ham norma, ham patologiyasini o’rganadigan mediko-biologik ilmiy distsiplinalar guruhi. Bo’limda asab tizimi kasalliklari, patologiyasi, etiologiyasi, davolash, ularni oldini olish, qanday alomatlar namoyon qilishi batafsil yoritilgan.
BOSH AYLANISHI — SABABLARI, TASNIFI, TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH
Bosh aylanishi (vertigo) — atrofdagi fazoda o’z tanasining nazoratsiz harakatlanishi, tayanchning siljishi yoki ko’ruv zonasida joylashgan ob’yektlarning harakatlanishini his etish tuyg’usidir
NEVRALGIYA — SABABLARI, TURLARI, ALOMATLARI, DAVOLASH, KASALLIK HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
N evralgiya (qad.yun. — νεῦρον — «nerv, asab» + ἄλγος — «og’riq«) — periferik nervlarning shikastlanishi bo’lib, nervlarning innervatsiya zonasida og’riqli xurujlar bilan xarakterlanadi. Nevritdan farqli o’laroq, nevralgiyada harakat buzilishi va sezuvchanlik yo’qolishi kuzatilmaydi va shikastlangan asabda tuzilmaviy o’zgarishlar bo’lmaydi. Nevralgiya asosan tor kanallar va teshiklardan o’tadigan nervlarda rivojlanadi.
DUDUQLANISH — SABABLARI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH, ASORATLARI
Duduqlanish (tutilib gapirish) — ko’pincha nutqning boshida (kam holalrda, o’rtasida) paydo bo’ladigan artikulyatsion va hiqildoq mushaklarining spazmatik (toritishishli) harakatlaridir, natijada bemor bir tovushda (yoki tovushlar guruhida) tutilib qolishga majbur bo’ladi. Duduqlanishning ushbu alomatlari klonik va tonik spazmlar bilan juda o’xshash. Klonik duduqlanishda so’z, bo’g’in va ohanglarni takroriy shakllanishi kuzatiladi. Tonik duduqlanish tovush chiqarish to’xtashi bemor boshqa tovushni artikulyatsiya qilishga o’tishiga imkon bermaydi.
Gidrosefaliya (qad.yun. ὕδωρ — «suv» + κεφαλή «bosh» so’zidan olingan), bosh miyada suv to’planishi — bosh miyaning qorinchali tizimida ortiqcha orqa miya suyuqligining to’planishi bilan tavsiflanadigan kasallik, bu orqa miya suyuqligining sekretsiya joyidan (bosh miya qorinchalari) qon tizimiga absorbtsiyasi (subaraxnoidal bo’shliq) joyigacha yetib borishining qiyinlashuvi — okklyuzion gidrosefaliya, yoki absorbtsiya buzilishi — arezorbtiv gidrosefaliya naijasida yuzaga keladi.