Soliqlar va soliqqa tortish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə1/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA‘LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI

SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH”


FANIDAN


O‘QUV–USLUBIY MAJMUA



Ta'lim sohasi:

230000

  • Iqtisod






















Ta'lim yo'nalishlari:

5111000-Kasb ta'limi (5230600-Moliya, 5230700-Bank ishi, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit), 5230200-Menejment, 5230600-Moliya, 5230700-Bank ishi, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit, 5231200-Sug'urta ishi, 5231300-Pensiya ishi














TOSHKENT-2017/2018
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi o’quv va ishchi o’quv reja hamda o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Tuzuvchilar:

Jo‘rayev A.S.

-

TMI, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor




Amanov A.M.

-

TMI, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti, i.f.n.




Qiyosov Sh.U.

-

TMI, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi katta o‘qituvchisi













Taqrizchilar:

Kuziyeva N.R.

-

O‘zR. Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor.




Usmanova M.S.

-

TMI, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti, i.f.n.










Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi kafedraning ________________ yig’ilishi muhokamasidan o’tkazilgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri Jo‘rayev A.S.

Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi Sug’urta fakultet Kengashida muhokamadan o’tkazilgan va tavsiya etilgan (______________________)



Fakultet dekani Yuldashev O.

Kelishildi:
O’quv-uslubiy bo'lim boshligi Yakubov U.

O’quv ishlari bo’yicha prorektor Qo’ziyev I.N.


Soliqlar va soliqqa tortish” fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua




MUNDARIJASI



t/r

Nomlar

Betlar

1

O’quv materiallar




2

Mustaqil ta'lim mashg’ulotlari




3

Glossariy




4

Ilovalar:







-fan dasturi







-ishchi fan dasturi







-testlar







-tarqatma materiallar







-ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar






O’QUV MATERIALLAR
MA’RUZA MASHG’ULOTLARI MAVZULARI
1-Mavzu: “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining predmeti va o‘rganish usullari


Reja:


1. Soliqlar va soliqqa tortish fanini o‘qitishning zarurligi, uning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
2. Soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti va funksiyalari.
3. Soliqlar va soliqqa tortish fanining mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi roli.


1. Soliqlar va soliqqa tortish fanini o‘qitishning zarurligi, uning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Soliqlar va soliqqa tortish fanining boshqa fanlar singari o‘ziga xos predmet va vazifalari mavjud. Bu fanni o‘qitishning zarurligi bozor iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o‘sib borayotganligidan kelib chiqadi. Soliqlar va soliqqa tortish fani soliq voqe’liklarini (harakatlarini) chuqur o‘rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini o‘rgatadi.
Soliqlar va soliqqa tortish fani soliq amaliyotidagi eng to‘g‘ri, eng mukammal va eng progressiv voqe’liklarni o‘rganib, amaliyot uchun xuddi bir dasturiy amalday yoritib boradi. Nazariya voqeliklarni amaliyotdan oladi va yana amaliyotga eng to‘g‘ri, ma‘qul va ilg‘or tajribalar olinib amaliyotga yo‘l ko‘rsatish uchun o‘rgatiladi. Demak, nazariya amaliyot uchun kerak va amaliyot uchun kompas, barometr, yo‘l boshlovchi vazifasini bajaradi. Nazariyasiz amaliyot yo‘ldan adashgan yo‘lovchidir. Nazariyani chuqur bilgan amaliyotchi har qanday o‘zgarishlarda ham ishlab keta oladi va yo‘ldan adashmaydi.
Soliqlar va soliqqa tortish fanini o‘qitishning zarurligi amaliyotda yo‘ldan adashmaslik, keraksiz soliqlar bo‘yicha o‘zgartishlarga yo‘l qo‘ymaslik, amaliyotda istiqbolli qadamlar tashlash uchun va katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun ham zarurdir. Soliqlar va soliqqa tortish fani soliq nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liqdir, uning maxsus bo‘limi, ya‘ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan bo‘limidir. Chunki soliq nazariyasi qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan chetga chiqib keta olmaydi, ularga asoslanadi va rivojlantiriladi.
Soliq munosabatlari moliya munosabatlarining tarkibiy qismi bo‘lganligi bois, soliqlar va soliqqa tortish fani ham moliya nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liq. Soliqlar va soliqqa tortish fanining o‘ziga xos xususiyatlari soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi majburiy xarakterga ega bo‘lgan pul munosabatlarini o‘rgatadi.
Soliqlar va soliqqa tortish fani davlat budjeti fani bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Chunki soliqlar oxir oqibatda budjet daromadlarini shakllantiradi. Soliqlar (daromadlar) bo‘lmasa budjet munosabatlarining o‘zi bo‘lmaydi. Bu fan chet mamlakatlar soliq tizimi, moliyaviy hisob, soliq qonunchiligi asoslari, soliqlarni prognoz qilish fanlari bilan ham chambarchas bog‘liqdir.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin