“O`zbekistonda soliq tizimining
rivojlanish bosqichlari”
O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining
shakllanish va rivojlanish bosqichlari.
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol
ko'rsatish uchun shu davrni uch bosqichga bo'lib ko'rsatish
mumkin.
Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - O'zbekistonning o'z soliq
tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini
oshirish bosqichidir.
Respublikamizning o'z soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15
fevralda qabul qilingan “Korxonalar, tashkilotlar va
birlashmalardan olinadigan soliqlar to'grisida”gi qonun
birinchi qonun bo'ldi. U o'zida birinchi marta soliq tizimining
tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi,
soliqlarni hisoblash va undirish tartibini o'rnatdi.
1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi
fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqoroligi bulmaganlardan
olinadigan daromad soligi to'grisida”gi qonunga bir qancha
o'zgarishlar bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan soliq
ob'ekti kengaytirildi, ya'ni ilgari daromad soligini jamoa
xo'jaligi orqali to'lab yurgan jamoa a'zolari to'gridan to'gri
o'zlari to'laydigan bo'ldilar.
1993 yil 7 mayda O'zbekiston Respublikasining “Maxalliy
soliqlar va yigimlar to'grisida”gi qonuni qabul qilindi.
Bunday soliqlarga jismoniy shaxslarning mulk solig`i, yer
solig`i, kurort zonalarida ishlab chiqarish ob'ektlari qurilish
soligi, reklama soli\i, avtomobilь vositalarini qayta sotish
solig`i, transport vositalarini egalaridan soliqlar va 13-ta har
xil yigimlar kiritildi.
«Mahalliy soliqlar va yigimlar to'grisida»gi
1993 yil 7 may kuni «Mahalliy soliqlar va yigimlar
to'grisida»gi qonun qabul qilindi va ushbu qonunda
ularga ta'rif berildi. Jismoniy shaxslar mol-mulkiga
solinadigan soliq, yer soligi, kurort zonalaridagi
ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob'ektlar qurilishiga
solinadigan soliq, reklama soligi, avtotransport
vositalarni olib sotganlik uchun soliq, ularning
egalariga solinadigan soliq-jami 19 turdagi har xil
soliqlar va yigimlar mahalliy soliqlar guruhiga
kiritildi. 1993 yilning 7 mayida «Korxonalar,
birlashmalar va takshkilotlardan olinadigan soliqlar
to'grisida»gi qonunga qo'shimchalar kiritildi.
Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi soliqlarni
bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va
korxonalarning ishlab chiqarishni rag`batlantirishga
qaratish davridir. Bu davrga 1995 —1997 yillar
to'gri keladi.
Bu davrda soliqlar ishlab-chiqarish samarodorligini
oshirishga ta'sirini kuchaytirishga bagishlandi.
Ularga soliqlardan xilma-xil imtiyozlar berildi.
Ayniqsa yuridik shaxslarning foydaga (daromad)
solig`idan imtiyozlar ko'p edi, 1995 yildan boshlab
korxonalar har bir foiz maxsulot ishlab chiqarish
hajmini ko'paytirgani uchun 0,3 %dan foydaga soliq
stavkasi kamaytirildi.
Xalq xo'jaligini iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish va
tuzilmaviy jihatdan qayta qurish soliq tizimini isloh qilishni
talab etdi va ko'plab korxonalar va tashkilotlarning foyda
soligini daromad soligi to'lashga o'tishi amalga oshirildi.
Uning o'rtacha stavkasi 37 foiz etib belgilandi. Soliq
to'lovchilar uchun imtiyozlar ko'zda tutildi. 1995 yildan
boshlab soliq tizimini birxillashtirish boshlandi. Bir qator kam
samarali soliqlar: respublika tashqarisiga olib chiqiladigan
xom ashyo resurslari uchun soliq, hisoblab \zilgan
amortizatsiyadan byudjetga 30 foiz unidirish va boshqalar
bekor qilindi. Jamoa xo'jaligi a'zolari va xalq xo'jaligining
boshqa sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning
yagona tartibi o'rnatildi. Ya'ni, jamoa xo'jaligi a'zolari
mehnatiga haq to'lash jamgarmasini soliqqa tortish bekor
qilindi va ularga nisbatan fuqarolar daromad soligi to'grisidagi
qonunchilik tatbiq etildi. Fuqarolar daromadiga solinadigan
soliq shkalasi o'zgartirildi.
Dostları ilə paylaş: |