Reja: 1.Chet el fuqarolarining va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari 2. Huquqiy yordamlar 3. Fuqarolikni berish va doimiy ro'yxatga qo'yish tartibi qay tarzda amalga oshiriladi? Buning uchun qanday huquqiy asos va hujjatlar talab qilinadi
FPKning 386-391-moddalarida belgilanganidek, chet el fuqarolari, shuningdek O`zbekiston Respublikasida yashovchi, ammo fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar va respublika fuqarolari bilan bir qatorda fuqarolik protsessual huquqlardan foydalanadilar. Chet el korxonalari va tashkilotlari ham O`zbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar va o`zlarining manfaatlarini himoya qilish uchun fuqarolik protsessual huquqlaridan foydalanadilar.
Chet davlatlarda O`zbekiston fuqarolarining protsessual huquqlarini cheklashga yo`l qo`yilishi mumkinligini e`tiborga olib, fuqarolik sud ishlarini yuritish fuqarolarning, korxona yoki tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquqlarini maxsus cheklagan davlatlarga javoban qonun ularning fuqarolariga, korxona va tashilotlariga nisbatan ham shunday cheklashlarni belgilashi mumkin. Bu qonunga muvofiq chet el davlatlariga da`vo qo`zg`atishga, da`voni ta`minlashga va chet davlatning Respublikadagi mulkidan haq undirishga faqat tegishli davlatning vakolatli organlari ruhsati bilangina yo`l qo`yilishi mumkin.