1-mavzu: Fuqarolik prosessual huquqi fanining tushunchasi, tizimi va prinstiplari Reja



Yüklə 119,71 Kb.
səhifə1/15
tarix29.09.2023
ölçüsü119,71 Kb.
#150452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
маъруза матни


1-MAVZU: Fuqarolik prosessual huquqi fanining tushunchasi, tizimi va prinstiplari
Reja:
1. Sud orqali himoyalanish huquqi
2. Fuqarolik protsessual huquqi tushunchasi va predmeti
3. Fuqarolik protsessual huquqining tizimi
4. Fuqarolik protsessual huquqining konstitutsiyaviy, fuqarolik, oila, mehnat, ma'muriy sud ishlarini yuritish, iqtisodiy protsessual va jinoyat protsessual huquqi hamda boshqa huquq sohalari bilan aloqadorligi
5. Fuqarolik sud ishlarini yuritish tushunchasi va uning vazifalari
6. Fuqarolik protsessul huquqining manbalari
7. Fuqarolik sud ishlarini yuritishning turlari
8. Fuqarolik protsessining bosqichlari
9. Fuqarolik protsessual huquqi prinsiplari tushunchasi, ahamiyati va tasnifi
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Shoraxmetov Sh.Sh. O`zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi. –
Toshkent, Adolat, 2007.
2. Mamasiddiqov M.M. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Umumiy qism. – Toshkent, TDYUI, 2020.
3. Xabibullayev D.Yu. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). –Toshkent, TDYU, 2014.
4. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi // Mas'ul muharrirlar yu.f.d., prof. M.M.Mamasiddiqov, yu.f.n., prof. D.YU.Xabibullaev. –Toshkent. “Lesson press” nashriyoti. 2020. – 607 b.
1.1. Sud orqali himoyalanish huquqi

Bugun mamlakatimizda kechayotgan demokratik yangilanish-larning yangi bosqichida xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, barchaning fikrini bilish, dardini eshitish va haqiqiy hayotga mos bo‘lgan xalqchil strategiyani amalga oshirishning hosilasi sifatida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan adolat tamoyili kun tartibidagi eng ustuvor masalalardan biri sifatida ilgari surilmoqda. Zero, inson manfaatlari ustuvor bo‘lgan yurtdagina yuksalish bo‘ladi, bunday davlat fuqarosi har tomonlama barkamol bo‘lib, vatan uchun, xalq uchun joni-jahonini fido qilishga doimo tayyor bo‘ladi.


Davlatimiz rahbari sud tizimi vakillari bilan uchrashuvdagi nutqida sohada erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni, ta'bir joiz bo‘lsa, adolat tarozisida tortib, xatolarni ro‘y-rost ko‘rsatgan holda istiqboldagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi hamda jamiyatnidemokratlashtirish va yangilash jarayonlarining izchil davom ettirilishi, o‘z navbatida har bir shaxsning huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta'minlashga qaratilgan huquqiy tizimni takomillashtirish zaruratini belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi hamda demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi kafolatlandi.1
Bu esa fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishning eng samarali, ta'sirchan va demokratik usullaridan biri bo‘lgan sud orqali himoyani mumkin qadar kengaytirish, sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta'minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan sud-huquq islohotlarini amalga oshirishni taqozo etdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida” gi qonuni hamda amaldagi protsessual qonunchilikka asosan ishlar taalluqliligi ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy sudlar va ma'muriy sudlar hamda harbiy sudlar tomonidan ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e'lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da'vat etilgan.
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta'minlashga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.2
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi (44-modda). Bu esa huquqni sud orqali himoya qilishning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatadi.
Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqining kafolatlanishi haqidagi konstitutsiyaviy qoida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3-moddasida ham o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.



Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2016 yil 21 oktyabr kuni “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.


Farmon sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalarini belgilab bergan.
Biroq mamlakatimizni rivojlantirishning zamona o‘rtaga qo‘yayotgan talablari va rivojlanishning strategik ustuvor vazifalari hozirgi kunda boshqa sohalarda bo‘layotgani kabi sud-huquq tizimini ham yanada isloh qilishni, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishni taqozo etmoqda edi. SHu ma'noda mamlakatimizni har tomonlama va jadal rivojlantirish maqsadini ko‘zda tutuvchi Davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish nazarda tutilgan edi.3
YUridik fanlarning muhim sohasi hisoblangan fuqarolik protsessual huquqi ham davlat huquqiy faoliyatning alohida turi sifatida fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish masalalarini o‘rganadi, uni rivojlantirish va yanada takomillashtirish, jamiyat uchun to‘liq va samarali xizmat qilish yo‘llarini belgilab beradigan fan sifatida maydonga chiqadi. Darhaqiqat, fuqarolik protsessual huquqi fanining yordami va ko‘magisiz odil sudlovning mohiyatini to‘g‘ri tushunish va uni to‘liq amalga oshirish, odil sudlov faoliyati davomida yuzaga keluvchi qoidalarga to‘laligicha rioya qilish mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi fani yuridik fanlarning asosiy va muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta'minlashga ko‘maklashish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish va uni amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Fuqarolik protsessual huquqi fani, shuningdek, mustaqilligimizni mustahkamlashga, jamiyatimizda amalga oshirilib kelinayotgan keng ko‘lamdagi iqtisodiy va sud-huquq sohasidagi islohotlarni jadallashtirishga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning eng muhim kafolati sifatida sud hokimiyatining nufuzini mustahkamlash, ularning insonparvar demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi rolini oshirishga xizmat qiluvchi muhim soha sifatida ham ahamiyati beqiyosdir.
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiyaning
112-moddasiga muvofiq, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga bironbir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Binobarin, mazkur darslikda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud orqali himoyaning o‘ziga xos jihatlari bayon etiladi.
Sudlar fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal etish orqali fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilmoqdalar. Fuqarolik ishlari sudlar tomonidan hal qilinayotgan va turli huquqiy munosabatlardan (fuqarolik, mehnat, oila, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan) kelib chiqadigan ishlardan iborat bo‘lib, sud amaliyotida ushbu toifadagi ishlar iqtisodiy, jinoyat ishlariga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov fuqarolarning hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga ta'sir ko‘rsatuvchi huquqiy masalalarni sud majlisida ko‘rish va hal etish orqali amalga oshiriladi. Sudda fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal etish tartibi fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi protsessual qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
YUridik adabiyotlarda fuqarolik protsessual shakl uchun quyidagi belgilar xosligi ta'kidlanadi:

Yüklə 119,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin