Sorbentlarning sorbsiyon xossalariga polikondensatsiya haroratining ta`siri



Yüklə 131 Kb.
tarix10.05.2022
ölçüsü131 Kb.
#57317
Saidnazarov T


SORBENTLARNING SORBSIYON XOSSALARIGA POLIKONDENSATSIYA HARORATINING TA`SIRI.

Amonov N.A. Saidnazarov T.R.

Termiz davlat universiteti

E-mail:tohirsaidnazarov@gmail.com

Annotatsiya: Tarkibida oltingugurt bo`lgan sorbentlar sintezida polikandensatsiya reaksiyasida haroratning tasiri va sorbsiyon xossalaiga tasiri o`rganildi.Sorbentning sorbsiyon xossasiga vaqtning tasirini o`rganilib jadvalda ifodalandi.

Kalit so`zlar: Polimer ligand, polikondensatsiya, tiokarbamid, derivatogramma, endoeffekt.

Polimer ligandni sintez qilish jarayonida tiokarbamid, formalin va Zn (II) O,O-di(2-aminoetil)ditiofosfatning polikondensatsiya jarayoniga haroratning ta’siri o’rganildi. Polikondensatsiya jarayoni 70, 80, 90 hamda 100 C haroratda tadqiq etildi.

1-jadval




Reaksiya harorati, t, оС

Reaksiya davomiyligi τ, soat


Suvda bo’kkan ОН-shakldagi sorbentning solishtirma hajmi, ml/g

0,1 N HCl eritmasi bo’yicha САС, mg-ekv/g

1

70

8-9

2,0

3,8-4,0

2

80

6-6,5

1,8

4,7

3

90

4-4,5

1,3-1,5

5,2

4

100

3,5

1,4

4,8-5,0


1-jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki 70 C haroratda polikondensatsiya reaksiyasining davomiyligi 8-9 soatni, ionitning almashinish sig’imi esa 3,8-4,0 mg-ekv/g ni tashkil etadi. Bu esa ta’sirlashuvchi moddalar faolligining keltirilgan haroratda kamroq ekanidan dalolat beradi. Bunda ligantning bo’kuvchanligi va almashinish sig’imi ham kamayadi. Haroratni 100 C ga orttirib borilsa, polikondensatsiya jarayoni tezlashadi. Bundan ko’rinib turibdiki berilgan haroratda olingan ionit tuzilishi ancha zich bo’lib, natijada ionogen guruhlarning harakatchanligi qiyinlashadi. Polikondensatsiya reaksiyasining optimal harorati uchun 90 C tanlab olindi, bunda reaksiyaning davomiyligi 4-4,5 soatni tashkil etadi. Bu haroratda polikondensatsuya reaksiyasining kechishi bir muncha muvozanatli bo’lib olingan ligandning 0,1 N li HCl eritmasi bo’yicha statik almashinish sig’imi 5,2 mg-ekv/g ga yetadi.

1-rasm

Olingan polimer sorbentdan 24 ml hajmli 8 ta byuksga 0,1 g dan solinib, metal tuzi eritmasi solindi va 1 sutka davomida sorbsiya jarayoni o’tkazildi. Olingan polimer sorbentga metallarning yutilish xossalari o’rganildi.

Olingan polimer ionitning derivatogrammasi (DTG) 2-rasm.

Olingan Polimer ionitning termik tahlilini o’rganish. Yangi tarkibli Zn(II) O,O-di-(2-aminoetil)ditiofosfatning tarkibida formalin hamda tiomochevina saqlovchi polimer sorbentining termik tahlili 20-500 Cl harorat oralig’ida amalga oshirildi. Olingan derivatogramma 2-rasmda keltirilgan bo’lib u 2 ta egri chiziqlardan iborat. Olingan polimer ionitning derivatogrammasida 119, 159, 172, 187, 212 C haroratlarda beshta endotermik va 244, 258, 273, 338 C haroratlarda to’rtta ekzotermik effektlar kuzatildi. 119 C haroratdagi birinchi endoeffekt polimer sorbent tarkibidagi gigroskopik suvning chiqib ketishi bilan bog’liq bo’lib, bunda massa kamayishi 6,29 mg.ni tashkil qilgan. 159 C haroratdagi ikkinchi endoeffekt tabiatiga ko’ra sorbentning yumshab, parchalanishi bilan bog’liq. Bu haroratda ham ligand massasining kamayishi 4,8 mg.ni tashkil etgan. Harorat 172 C ga yetganda keskin massa kamayishi kuzatilgan. Bu massa kamayishi 258 C haroratga qadar davom etgan. 212 C dan 245 C gacha keskin energiya o’zgarishi ham kuzatilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. X.X. To’rayev, F.B. Eshqurbonov, A.T. Jalilov, Sh.A. Qosimov, Tarkibida azot, fosfor va oltingugurt bo’lgan kompleks hosil qiluvchi ionitlar // Monografiya. –T.: “Universitet”, 2019. 144b

2. Turayev X.X., Ganiyev A.G. Xodjayev O.F.”Zakonomernost” transvliyaniya v kompleksnix soyedineniy kobalta // Monografiya. –T.: Fan, 1998. S. 100.

3. Turayev X.X., Xodjayev O.F., Ganiyev A.G., Turayev N.Yu. Ekstraksiya blagorodnix metallov proizvodnimi ditiofosfornix kislotix radioaktivatsionnoe opredelenie. // Monografiya. –T.: Fan, 1998. S. 169.



4. Davronov M.D., Sulaymonov K., To’rayev X.X, Xodjayev O.F., Axmedov Yu.M. Kompleksniye soedineniya metallov s nekotorimi organicheskiye osnovaniyami. // Monografiya. –T.: Fan, 2000, 180 S.
Yüklə 131 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin