Spirtlar, fenollar, oddiy efirlar



Yüklə 26,47 Kb.
səhifə1/4
tarix27.05.2022
ölçüsü26,47 Kb.
#59767
  1   2   3   4
Boltaboyev Sirojiddin spirt


Spirtlar , fenollar , oddiy efirlar.
Uglevodorodlardagi bir yoki undan ortiq vodorod atomining mos sonli gidroksil guruhlariga almashtirilishi natijasida hosil bo’lgan organik moddalar spirtlar deyiladi. Molekulasidagi gudroksil guruhlarining soniga qarab, spirtlar
bir atomli CH3OH


ikki atomli HOCH2 – CH2OH
uch atomli CH2(OH) – CH(OH) – CH2OH bo’ladi.

Gidroksil guruhi bilan bog’langan radikal turiga ko’ra spirt turlari.



Spirtlar gidroksil guruhi qanday uglerod atomi bilan bog’langanligiga qarab birlamchi, ikkilamci va uchlamchi spirtlarga bo’linadi
R – OH R-CH-R R \
birlamchi spirt | R - C-OH
OH R/
ikkilamchi spirt uchlamchi spirt
Spirtlarning izomeriyasi va nomlanishi.
Spirtlarda izomeriyaning ikki turi, uglerod zanjirining izomeriyasi va uglerod zanjiridagi gidroksil guruh holatining izomeriyasi uchraydi. Metil va etil spirtning izomerlari yo’q, propil spirti ikkita izomerga ega:
OH
|
CH3 – CH2 – CH2 – OH CH3 – CH – CH3
birlamchi propil spirt ikkilamchi propil spirt
Sistematik nomenklaturaga ko’ra avval tarmoqlangan uglerod atomi raqami, keyin unga birikkan radikal nomi, undan keyin tegishli to’yingan uglevodorod nomiga -ol qo’shimchasi qo’shilib, oxirida gidroksil guruh bilan bog’langan uglerod atomining raqami ko’rsatiladi. Zanjirni raqamlash OH guruhiga yaqin tomondan boshlanadi:
H3C – OH H3C – CH2 – OH H3C – CH2CH2 – OH
metanol etanol propanol-1
4 3 2 1 1 2 3 4 5
CH3-CH – CH-CH3 CH3-CH-CH-CH2 -CH3
| | | |
CH3 OH CH3 OH
3-metilbutanol-2 2-metil pentanol-3

Оlinish usullari



1. Sanoatda yog’ochni quruq haydash yo’li bilan metanol olinadi, shuning uchun u yog’och spirti deb nomlanadi.
2. Sun’iy usulda anorganik moddalardan olinadi (t = 300 0C, P = 50 MPa, ZnO yoki CuO ishtirokida):
CO + 2H2 → CH3OH
3. Etanol ko’pchilik hollarda tarkibida shakar, kraxmal bo’lgan moddalarni bijg’itish usuli bilan olinadi:
C6H12O6 → 2C2H5OH + 2CO2
4. Sun’iy usulda etilenni gidratlash usuli bilan olinadi. Reaksiya 260-300 0C va ~10 MPa da maxsus katalizator ishtirokida boradi:
C2H4 + H2O → C2H5OH


Yüklə 26,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin