Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar



Yüklə 17,06 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü17,06 Kb.
#159164
  1   2   3
Документ Microsoft Office Word (2)


Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasining 2023-yil 26-iyun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi
Bayonnomasi


Samarqand shahar 2023 yil 26-iyun


Yig‘ilish raisi: A.Abdumannotov
Kotib: Sh.Sayfullayev


Qatnashdilar: Kafedra mudiri: A.Abdumannotov, professor-o‘qituvchilar: prof .H.Boymurodov, dots R.Komilov, dots. X.Xudayberdiyeva, p.f.d. (PhD) S.Yaxyayeva, p.f.d. (PhD) F. Eshnazarova, Z.Begimqulov, o`qituvchilar A.Ishonqulov, Yu. Pardayev,A.Samandarov,
F.Batirova, H.Hakimov, B.Rahmonov, Z.Saydullayev


Kun tartibi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil Parij shahrida(Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi olimpiya va XVII paralimpia o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-5281-sonli qarorini ijrosini ta’minlash haqida.

  2. Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasidagi o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tahkiliy-metodik va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning bajarilish holati to‘g‘risida, olti oylik hisoboti

  3. Har xil masalalar.

Eshitildi: Yig`ilishni kafedra mudiri dots. A.Abdumannotov ochdi va kun tartibidagi masalalar bilan yig`ilish ishtirokchilarini tanishtirdi. So`z navbatini birinchi masala yuzasidan f.f.d. (PhD) F.Eshnazarovaga berdi.
f.f.d (PhD) F.Eshnazarova: Hurmatli kafedramiz professor o`qituvchilari. davlatimiz rahbarining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) da bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi olimpiya va XVII paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida” gi PQ-5281 sonli qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorda Olimpia va Paralimpia o‘yinlariga sportchilarni tayyorlash vazifalari belgilab berildi. Ushbu qarorda 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) da bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpia XVII Paralimpia o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ruvchi O‘zbekiston milliy terma jamoasining kontengentini, anig’rog’i Olimpia o‘yinlari bo‘yicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turlari bo‘yicha 103 ta litsenziyani shu jumladan 8 ta istiqbolli sport turlari bo‘yicha (badminton, stol tennisi, qoyani zabt etish, suv polosi, sinxron suzish, suvga sakrash, ot sporti, triatlon) 31 ta dasturda ishtirok etish va litseziyalarni qo‘lga kiritish vazifalari belgilab berildi. Shuningdek Paralimpia o‘yinlari bo‘yicha 476 ta dasturida ishtirok etish hamda 12 ta sport turlari shu jumladan bochcha, parastol tennisi, parakomdan otish, paravelo sport bo‘yicha jami 105 ta litsenziyani qo‘lga kiritish vazifalari belgilab berildi. Bundan tashqari ushbu qarorda olimpiada va paralimpia musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog’liq boshqa masalalar ham qarorda o‘z aksini topgan.
Biz professor o‘qituvchilarning asosiy vazifamiz mazkur qarorning mazmun va mohiyatini har birimiz puxta o‘zlashtirishimiz, dars va mashg’ulotlar jarayonida tinglovchilarga yetkazishimiz, uslubiy nashrlarimizda va ilmiy maqolalarimizda qarordan kelib chiqadigan vazifalarni batafsil yoritishimiz talab qilinadi. Men o‘ylaymanki professor o‘qituvchilarimiz bu ishni ustidan chiqishadi.

Yüklə 17,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin