Standartlashtirish bo’yicha asosiy tushunchalar va ta’riflar



Yüklə 125,85 Kb.
səhifə1/7
tarix22.09.2023
ölçüsü125,85 Kb.
#147375
  1   2   3   4   5   6   7
1-amaliy


1-amaliy mashg’ulot: Stаndаrt va Stаndаrtlаshtirishni tаshkiliy tаmоyillаrini o‘rgаnish. Stаndаrtlаshtirish sохаsidаgi аtаmа vа tushunchаlаr, mе’yoriy хujjаtlаr tахlili

Standartlashtirish bo’yicha asosiy tushunchalar va ta’riflar


Faraz qilaylik, endi dam olay deb, dam olish xonasiga kirib, chiroqni yoqqan edik, lip etib yondi-yu, o’chdi. Nima qilamiz? Darhol boshqa lampochkani olib, almashtiramiz. Xo’sh, buning nimasi g’ayri tabiiy? Siz bunda kuygan lampochkani o’rniga boshqasi aynan, ham kuchlanish bo’yicha, ham qo’vvati bo’yicha, ham o’lchamlari bo’yicha to’g’ri kelishini ostida qanchalar inson mehnati yotganligini hech o’ylab ko’rganmisiz?


Odatda biz standart bo’yicha degan iborani ko’p ishlatamiz.
Xo’sh standart nima? Standart - bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo’naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo’lgan umumiy va takror qo’llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko’rsatadi.
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo’yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o’zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo’naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o’z vaqtida yuqori sifatli loyiha-konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko’rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo’lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo’lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (qadog’i)da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga muayyan talablarni belgilaydi.
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador formalari haqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yo’nalishlarni bir-biriga bog’lovchi vosita hamdir.
Ko’pgina texnikaviy jihatidan ilg’or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga qiziqishning oshib borishi qayd qilinmoqda, uning asosi bo’lgan standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda.
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni tejash vositalaridan biri sifatida ko’rilmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik dastur va loyihalarni amalga oshirish standartlashtirishning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu maqsadni amalga oshirish “Standartlashtirish to’g’risida”gi qonunda bayon etilgangan: “To’liq yoki qisman respublika byudjet mablag’larini moliyalashtiruvchi davlat dasturlarini ishlab chiqishda mahsulotning sifatini me’yoriy taminlanishi bo’yicha bo’limlar ko’zda tutilishi shart”.
Tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar vujudga kelishini hisobga olgan holda, iqtisodiyot ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash ham standartlashtirishning maqsad va vazifalaridan hisoblanadi.
O’zbekston Davlat standartlashtirish tizimi (O’zDST)da asosiy atamalar va ta’riflar O‘z DSt 1.10:1998 standartida qabul qilingan va u ISOG’IEC 2:1996 xalqaro qo’llanmaga mos keladi. Ushbu qo’llanmaga ko’ra standartga quyidagicha ta’rif berilgan:

Yüklə 125,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin