Statistika fanini predmeti va uslubi



Yüklə 6,26 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,26 Kb.
#204509
Statistika fanini predmeti va uslubi Xomidov Xojimurod

Statistika fanini predmeti va uslubi

118-guruh talabasi Xomidov Xojimurod

Reja

1. Statistika to'g'risida umumiy tushuncha.

2. Statitsika fani predmeti va uning o'ziga xos xususiyatlari.

3. Statistika fani metodi.



Statistika to'g'risida umumiy tushuncha

  • Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog'liq bo'lgan. Qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish ob'ektlarini belgilash zarurati tug'ilgan, natijada aholi soni, uning yoshi va jinsi jihatdan tuzilishi hagidagi ma lumotlarga ehtiyojlar paydo bo'ldi. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo'layotgan o'zgarishlar ustidan kuzatishlar olib
  • borishga undagan. Fugarolik munosabatlari rivojlanib borgan sari ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib borgan.Shuning uchun tug’ilish,o’lish nikohga olish,ajralish kabi hodisalarni yozib borish tartibi ornatilgan, keyinchalik esa odamlarning bir joydan ikkinchisiga ko'chib yurishi bilan bog'liq bo'lgan migratsiyasi (harakati)ni qayd qilish tartibi belgilangan.

Statistika lotincha "status" - ahvol, holat so'zi bilan italyancha "state" - davlat so'zidan kelib chiqib, davlat ahvoli hagidagi fan

*Dastlab davlatshu-noslik fani statist-ka deb ataldi

*Hozirgi zamon statistikasi davlatshu-noslikdan axborotlar-ning to'laligi, turli tumanligi va xarakteri bilan tubdan farq qiladi.

*Statistika - bu fan tarmog'i, amaliy faolivat sohasi, bilim yo'nalishi, bilish quroli.

*Tasviriy statistika - bu ma'lumotlar to' plash, tas-niflash, umumlashtirish va talqin etish yo'llaridir.

Statitsika fani predmeti va uning o'ziga xos xususiyatlari.

*Predmet so'zi bir necha lug'aviy ma'noga ega. Bu:

1. bizdan tashqarida va ongimizga bog'liq bo'lmagan mavjudot,

moddiy buyum, narsa;

2. o'rganiladigan hodisa, voqea, fakt;

3. fikr yuritish ob'ekti, fikrlash mazmunini tashkil etuvchi biror narsa yoki gandaydir xarakat yo' nalgan narsa;

4. fan mazmunini belgilovchi bilimlar doirasi;

5. mavzu, sabab.

Statistika o'rganish ob'ekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir.

  • ommaviy hodisa - biror ob'ektlar to'plamida sodir bo'lgan voqea,
  • harakat natijasi.
  • Ommaviy jarayon - bu ob'ektlar to'plamida sodir bo'lgan voqealar
  • oqimi va uning xarakteri, ularning rivojlanish darajalari, to'plama
  • hodisalar kechishidagi (harakatidagi) o'zgarishlar.

*Ommaviy hodisa va jarayonning birinchi muhim belgisi - unda bir qancha ob'ektlar ishtirok etib, ular o'shashlik alomatiga ega ekanligidan iborat. *Ommaviy hodisa va jarayonning ikkinchi xossasi - ayrim to'plam ob'ektlari, elementlari o'ziga xoslik alomatiga ega bo'lib, mustaqil, erkli tarzda amal qilishidan iborat. *Ommaviy hodisa va jarayonning chinchi xossasi - to'plam biror ob'ekti haqidagi tafsillarni uning barcha boshqa ob'ektlarining tafsilla- ridan aniqlab bo'lmasligi *Nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning to'rtinchi eng muhim belgisi -unda ma'lum qonuniyat yuzaga chiqishi, ammo u yakka hodisada namoyon bo'lmas-ligidan iborat.

Statistika fani metodi.

*Umuman olganda, uslubiyat so'zi quidagi lug'aviy ma'nolarga ega: 1) bilimning ilmiy metodlari haqidagi ta'limot; 2) biror narsani nazariy tekshirish va amaliy bajarish usuli, vositasi; 3) ayrim fan tarmoqlarida qo'llanadigan usullar, metodlar, yo'llar, vositalar majmuasi; 4) ishlash va boshqarishdagi o'ziga xos uslub, ya'ni maxsus yo'llar, usullar majmuasi.

*Statistika slubiyati - bu ommaviy hodisa va jarayonlarni o'rganishda, unda namoyon bo'ladigan gonuniyatlarni oydinlashtirishda

ishlatiladigan o'ziga xos uslub, ya'ni statistika fani va amaliyotida qo'llanadigan yo'llar, usullar, vositalar majmuasi

Keng Va To'la Ma'noda Statistik Tadqiqot Ikkita Bosqichdan Tashkil Topadi: Tasviriy Statistika Bosqichi Analitik Statistika Bosqichi.

  • • Birinchi bosqichda quyidagi asosiy maqsad va vazifalar ko'zlanadi:
  • o'rganilayotgan ob'ektlarni spetsifikatsiyalash, ular haqida
  • ma'lumotlar to'plash va qayta ishlash, ommaviy hodisa va
  • jarayonlarning miqdoriy me'yorlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni
  • hisoblash, ularni ko'rkam va ixcham shaklda va zarur xollarda so'z
  • bilan tavsiflash. Ikkinchi bosqichda esa ko'rsatkichlarni statistik taxlil
  • qilish, ular orasidagi sabab-oqibat bog'lanishlarni aniqlash va
  • baholash, o'rganilayotgan ob'ektlar taqsimotlaridagi qonunivatlarni
  • oydinlashtirish, ilmiy gipotezalarni ishonchlilik jihatdan baholash va statistik xulosalarni chiqarish va hokazolar asosiy maqsad va vazifalar
  • hisoblanadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 6,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin