Kirish
Aholi statistikasi statistikannng eng qadimgi tarmog’i hisoblanadi.
Qadimgi
dastlabki hisob operatsiyalari xarbiy va xo’jalik maqsadlarida aholini xisobga olish
bilan bog’liq holda olib borilgan. Ko’plab ma’lumotlarni o’rganish natijasida
aniqlangan qonuniyatlar biriichi marta aholining tug’ilishi va o’lishi bilan bog’liq
jarayonlarda aniqlangan.
Hozirgi kunda ham aholi har tomonlama tadqiqotlar ob’ekti hisoblanadi,
chunki aholi ishlab chiqarish jarayonining bovosita ishtirokchisi va bu jarayon
natijasining iste’molchisi ham hisoblanadi. Hozirgi kunda aholini, jamiyatda ro’y
berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik o’rganishga qiziqish ortib
bormoqda.
Aholi statistikasining o’rganish ob’ekti ma’lum xududda yashovchi odamlar
yig’indisi hisoblanadi. Xar qanday mamlakatning aholisi o’z tarkibi bo’yicha bir
xil emas va u vaqt bo’yicha o’zgaruvchan, shuning
uchun aholining yashash
qonuniyatlari, uning tarkibiy uzgarishlari va boshqalar aniq shart-sharoitlarni
hisobga olgan holda o’rganilishi kerak.
Aholi statistikasida kuzatish birligi ko’pincha
alohida odam, individ
hisoblanadi. Ammo bitta oila ham birlik bo’lishi mumkin. Aholi statistikasida
kuzatish ob’ekti bo’lib esa turli xil yig’indilar:
butun aholi, aholinipg alohida
guruhlari, mehnat resurslari va xakozolar bo’lishi mumkin.
Har qanday joyning aholisi yil davomida o’zgarib turadi, shuning uchun
umumiy ko’rsatkichlarni hisoblash uchun statistikada aholining yil mobaynidagi
harrakati e’tiborga olinadi.