3. Aholining kelajakdagi sonini bashoratlash (prognozlash)
Makroiqtisodiyotning bo’lajak istiqbolini
oldindan rejalashtirish, eng avvalo,
aholining kelgusida o’zgarishini istiqbolini aniqlashdan boshlanadi. Aholining
istiqbolda ko’payishini begilash: kelgusida shakillanadigan
demografik tarkibiy
o’zgarishlarni aniqlash; hududiy miqyosida aholining tabiiy ko’payishi va
migratsiya ko’lamini tahmin qilish; mehnat tarkibiy o’zgarishini oldindan athlil
qilishdan iboratdir. Aholining istiqboldagi sonini hisoblash global va yoshini
siljitish usullari yordamida hisoblash mumkin.
Global usulda hisoblashda
aholining yil boshidagi sonini (A0), tabiiy o’zgarishi (Kto’) yoki umumiy
o’zgarishi koeffitsentlari boshlang’ich ma’lumot vazifasini bajaradi. Buni quyidagi
formula yordamida aniqlanadi.
bu yerda A1 va A0-aholining joriy yil oxiridagi va keyingi yil boshidagi soni;
Kto'-tabiiy o’zgarish (yoki umumiy o’zgarish) koeffitsiyentlari;
Dunyo aholisi 2050 yilga borib 9,7milliardga erishishi rejalashtirilmoqda. Bugungi
kunda dunyo aholisi 7,3
milliard, 2030 yilga borib BMT DESA yangi hisobotga
ko'ra 2050 yilda 9,7 milliard, 2100 yilda 11,2 milliard, Jahon aholishunoslik
istiqbollari 8,5 mlrdga erishishi kutilmoqda.
Keltirilgan malumotlar tahlilidan shuni ko’rish
mumkinki, dunyo aholisi
soni 2012 yil 2004 yilga nisbatan 10,4%ga oshishiga qaramasdan tug’ilish va
umumiy o’lim koeffitsenlari esa (,1%) bir promillega kamaydi. Lekin go’daklar
o’limi esa 15,0 ‰ ga pasaygan. Kelgusi yillarda o`sishi mumkin bo’lgan
demografik o'zgarishlar, shuningdek, ular barqaror rivojlanishga erishish uchun
ayrim qiyinchiliklar va imkoniyatlarni tushunish, yangi rivojlantirish dasturi ishlab
chiqish va amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi", dedi ijtimoiy aloqalar iqtisodiy
BMT Bosh – Secretari, Wu Hongbo.
Xulosa.
Statistikaning eng muhim birlamchi vazifalaridan
biri aholi sonini va uning
mamlakat hududlari bo`yicha joylashishini o`rganishdan iborat. Har qanday
punktdagi aholi soni yil davomida sezilarli darajada o`zgarib turishi sababli, har xil
ko`rsatkichlarni hisoblash maqsadida statistikada aholining o`rtacha yillik soni
aniqlanadi.
Aholining hozirgi va kelajakdagi soni,uning tarkibi,hududlar bo’yicha joylashuvi
to’g’risida ma’lumotlar asosida makroiqtisodiy
dasturlarini ishlab chiqishda,
bandlik siyosatini ishlab chiqishda, pensiya ta’minoti tizimini shakllantirishda
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim o’rin tutadi.
Aholi to’g’risida mintaqa darajasidagi ma’lumotlar
uy joy fondini
shakllantirishda,maktab va polikilinikalar qurishda,yo’lovchi transporti va oziq
ovqat resurslari hamda migratsion masalalarini hal etishda muhimdir.
Korxona doirasida aholi to’g’risida ma’lumotlar muayyan tovar va xizmatlarga
bo’lgan talabni va taklif masalarini o’rganishda asqotadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Statistics /JamesT. McClave, Terry Sincich.—12th ed. 2013. – 814 p.
2. David M. Levine, David, F. Stephan, Kathrin A.Szabat. Statistics for Managers:
Using Microsoft Excel. Seventh Edition -USA: Pearson Education, Inc,, 2014-
757p.
3. Statistika. Darslik. Prof. Shodiyev.X. va Xabibullaev I. tahriri ostida. – T.:
Iqtisod-moliya, 2013-384 b.
4. Shodiyev X. va Xabibullaev I. tahriri ostida. Statistika bo’yicha praktikum. – T.:
Tafakkur bo’stoni, 2015-336 b. 5. Soatov N.M. Statistika. – T.: Ibn Sino, 2003.