1-rasm. 450 V li tok manbaili tajriba qurilmasi. (2-rasmga ham qarang) aryadlar ikkimaterialni bir-biriga ishqalaganda yoki ta’sir etkazganda hosil bo’lishi mumkin. Tajribalarga ko’ra materiallarning biri musbat ikkinchisi manfiy zaryadga ega bo’ladi. Bundan tashqari hosil bo’lgan zaryadlarning miqdori bir-biriga teng bo’ladi. Agar materiallarda hosil bo’lgan zaryadlarni bir vaqtda o’lchasak ular bir-birini kompencatsiyalaydi. Material zaryadining ishorasi bir materialning o’zidan bog’liq emas, ya’ni ikkinchi materialning xossalaridan ham bog’liq. Ikki material bir-biriga ishqalanganda zaryadlarning hosil bo’lishini aniqlash uchun elektrometrik kuchaytirgichdan foydalaniladi. Bu qurilma juda katta kirish qarshiligiga (1013 Om) va juda kichik chiqish qarshiligiga (1 Om) ega bo’lgan asbob hisoblanadi. Kuchaytirgichning kirishi 2 ta sig’imiy ulash yo’li bilan va zaryadlarni to’plash uchun Faradey chashkasidan foydalanib asbob yordamida juda kan miqdordagi zaryadlarni o’lchash imkonini beradi. Shunday qilib tekizish va isqalash yo’li bilan hosil qilingan zaryadlar yuqori aniqlik bilan topilishi mumkin.
Tajriba qurilmasi 450 V li energiya manbaiva 12 V AC energiya manbaiga ega bo’lgan tajriba qurilmalari mos ravishda 1-rasm va 2-rasmda ko’rsatilgan. Elektrometr kuchaytirgich yordamida zaryadni qanday o’lchash mumkinligini ko’rsatmalar to’plamidan bilib olishingiz mumkin.