Takrorlanuvchi jarayonlar va ularni dasturlash. For, while va do operatorlari yordamida takrorlanishlarni dasturlash



Yüklə 19,85 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2023
ölçüsü19,85 Kb.
#89022
  1   2
Takrorlanuvchi jarayonlar va ularni dasturlash For, while va do


5-ma’ruza.Takrorlanish operatorlari
Reja

  1. Takrorlanuvchi jarayonlar va ularni dasturlash. For, while va do operatorlari yordamida takrorlanishlarni dasturlash

1.1 Sikl operatorlari
1.2 O’tish operatorlari


1.1 Sikl operatorlari
Oldingi shartli while operatori. Oldingi shartli while operatori quyidagi umumiy ko’rinishga egadir:

while(ifoda)


Operator

Bu operator bajarilganda avval ifoda hisoblanadi. Agar uning qiymati 0 dan farqli bo’lsa operator bajariladi va ifoda qayta hisoblanadi. To ifoda qiymati 0 bo’lmaguncha sikl qaytariladi.


Agar dasturda while (1); satr qo’yilsa bu dastur hech qachon tugamaydi.
Misol. Berilgan n gacha sonlar yig’indisi.
#include
void main()
{
long n,i = 1,s = 0;
scanf("%d",&n);
while (i< = n )
s+ = i++;
printf("\n s = %d",s);
}

Bu dasturda s+ = i++ ifoda s = s+i; i = i+1 ifodalarga ekvivalentdir.


Quyidagi dastur to nuqta bosilmaguncha kiritilgan simvollar va qatorlar soni hisoblanadi:


#include


int main()
{
int nc = 0,nl = 0;
char c;
while ((c = getchar())! = '.' )
{
++nc;
if (c = = '\n') ++nl;
};
printf("satrlar = %d simvollar = %d \n",nl,nc);
return 0;
}


Keyingi shartli do-while operatori. Keyingi shartli do-while operatori umumiy ko’rinishi quyidagicha:
do
Operator
while(ifoda)

Sikl operatorining bu ko’rinishida avval operator bajariladi so’ngra ifoda hisoblanadi. Agar uning qiymati 0 dan farqli bo’lsa operator yana bajariladi va hokazo. To ifoda qiymati 0 bo’lmaguncha sikl qaytariladi.


Misol. Berilgan n gacha sonlar yig’indisi.
#include
int main()
{
long n,i = 1,s = 0;
scanf("%d",&n);
do
s+ = i++;
while (i< = n);
printf("\n s = %d",s);
return 0;
}
Bu dasturning kamchiligi shundan iboratki agar n qiymati 0 ga teng yoki manfiy bo’lsa ham, sikl tanasi bir marta bajariladi va s qiymati birga teng bo’ladi.
Parametrli for operatori. Parametrli for operatori umumiy ko’rinishi quyidagicha:

for( 1-ifoda;2- ifoda; 3-ifoda)


Operator
Bu operator quyidagi operatorga mosdir.

1-ifoda;
while(2-ifoda) {


operator
3-ifoda
}

Misol. Berilgan n gacha sonlar yig’indisi.


#include
int main()
{
int n;
scanf("%d",&n);
int s = 0;
for(int i = 1;i< = n; i++) s+ = i;
printf("\n%d",s);
return 0;
}
Siklda bir nechta schyotchikni qo’llanilishi. Parametrli for siklining sintaksisi unda bir nechta o’zgaruvchi - schyotchikni qo’llanilishiga, siklni davom etishini murakkab shartlarini tekshirishga va sikl schyotchiklari ustida ketma-ket bir nechta operasiyani bajarilishiga imkon beradi.
Agarda bir nechta schyotchikka qiymat o’zlashtirilsa yoki ular o’rtasida bir nechta operasiya bajarilsa, bu ifodalar vergul bilan ajratilgan holda ketma – ket yoziladi.
for siklida bir nechta schyotchikni qo’llanilishi
#include
#include
int main()
{
int i,j;
for (i = 0, j = 0; i<3; i++, j++)
printf("i:%d j:%d\n",i,j);
getch();
return 0;
}

Hatija:
i: 0 j: 0


i: 1 j: 1
i: 2 j: 2
1.2 O’tish operatorlari

Yüklə 19,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin