Talab miqdori va taklif miqdori o'rtasidagi nisbat hamda uning o'zgarishi. Reja



Yüklə 21,31 Kb.
səhifə1/5
tarix15.09.2023
ölçüsü21,31 Kb.
#143671
  1   2   3   4   5
Talab miqdori va taklif miqdori o


Talab miqdori va taklif miqdori o'rtasidagi nisbat hamda uning o'zgarishi.

Reja:

  1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta'sir qiluvchi omilar. Talab qonuni.

  2. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklifga ta'sirlanuvchi omillar.

  3. Talab miqdori va taklif miqdori o'rtasidagi nisbat hamda uning o'zgarishi.



Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar. Talab qonuni
Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki mavzuda gapirgan edik. Ehtiyoj tushunchasi kishilarning hayotiy vositalariga bo'lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko'rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta'minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab — bu pul bilan ta'minlangan extiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta'minlanmasa, u «xohish», «istak» bo'lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo'ladi, chunki narx o'zgargani bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o'zgaradi. Shu bog'liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta'rif berish mumkin.
Iste'molchi malum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olishga qodir bo'lgan tovarlar va xizmatlar miqdori talab deyiladi.
Talablar har xil bo'lib, bir xil tovar yoki xizmatlarga bo'lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste'molchining, ya'ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo'lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko'pchilik) iste'molchilarning Shu turdagi tovar yoki xizmatga bo'lgan talablari yig'indisi bozor talabi deyiladi.Individual, ya'ni yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo'lib turmaydi, balki o'zgaruvchan bo'ladi. Talab miqdorining o'zgarishiga bir qancha omillar ta'sir qiladi. Ularning ichida eng ko'p ta'sir qiladigan omil narx omilidir. Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o'rtasidagi bo'ladigan bog'liqlikni quyidagi jadval ma'lumotlari asosida qarab chiqamiz.


Yüklə 21,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin