Ta’lim jarayonini tashkil etishda innovatsiyalar va ilg‘or innovatsion pedagogik texnologiyalarning maqsadi, mazmuni va мohiyati



Yüklə 179,79 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü179,79 Kb.
#44371
javohir6666-946---2272-1-2-20200829



Ta’lim jarayonini tashkil etishda innovatsiyalar va ilg‘or 

innovatsion  pedagogik texnologiyalarning maqsadi, mazmuni va мohiyati 

 

S.M.Jumaboev- PFITI mustaqil tadqiqotchisi, B.Djo’raeva-  JDPI 

o’qituvchisi. 

 

Annotasiya.  Ushbu  maqolada  Respublikamizda  ta’lim  jarayonini  tashkil  etishda 

innovatsiyalar,  axborot  texnologiyalarini  va  ilg‘or  innovatsion    pedagogik 

texnologiyalarni qo’llashning maqsadi, mazmuni va мohiyati ochib berilgan. 

 

Аннотация. В этом стате расмотриваетция использования в оброзовательном 

процесе  инновации,  педогогическое  инновационные  технологии  и 

информационные технологии.  

 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  yuksak  umumiy  va  kasb-hunar 



madaniyatiga,  ijodiy,  ijtimoiy  faollikka,  siyosiy  hamda  ijtimoiy  hayotda  to‘g‘ri 

yo‘l  topa  olish  mahoratiga  ega  bo‘lgan,  istiqbol  vazifalarini  ilgari  surish  va  hal 

etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama 

kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini 

ongli ravishda puxta o‘zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini 

his  etadigan  fuqarolarni  tarbiyalashni  nazarda  tutgan  pedagogik  g‘oyani  ilgari 

suradi.  

  

Ushbu pedagogik g‘oya ta’lim tizimi oldiga: 



 -  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini  jamiyatda  amalga  oshirilayotgan 

yangilanish,  rivojlangan  huquqiy-demokratik  davlat  qurilishi  jarayonlariga 

moslash; 

 -  kadrlar  tayyorlash  tizimi  va  mazmunini  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat  ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  texnika  va 

texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;  

 -  ta’lim  oluvchilarni  ma’naviy-axloqiy  tarbiyalashning  samarali  shakllari  va 

uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini ko‘ndalang qilib 

qo‘ydi. 

Hozirgi  davr  ta’lim  taraqqiyoti  yangi  yo’nalish  innovatsion  faoliyatni 

maydonga  olib  chiqdi.  “  Innovatsion  pedagogika”  termini  va  unga  xos  bo’lgan 

tadqiqotlar  60  yillarda  paydo  bo’lgan.  Innovatsion  faoliyat  F.N.  Gonobolin,  S.M. 

Godnin,  V.I.  Zagvyazinskiy,  V.A.  Kan-Kalik,  N.V.  Kuzmina,  V.A.  Slatenin,  A.I. 

Serbakov  ishlarida  tadqiq  etilgan.  Bu  tadqiqotlarda  innovatsion  faoliyat  amaliyoti 

va ilg`or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. 

       X.  Barnet,  Dj.  Basset,  D.  Gamilton,  N.  Gross,  M.  Mayez,  A.  Xeyvlok,  D. 

Chen,  R.  Yedem  ishlarida  innovatsion  taraqqiyotlarni  boshqarish,  ta’limdagi 

o’zgarishlarni  tashkil  etish,  innovatsiyaning  “  hayoti  va  faoliyati”  uchun  zarur 

bo’lgan shart sharoitlar masalalari tahlil qilingan. Yangilik kiritishning psixologik 

aspekti  amerikalik  innovatik  olimlardan  biri  E.  Rodjers  tomonidan  ishlab 

chiqilgan.  U  yangilik  kiritish  jarayoni  qatnashchilarining  toifalari  tasnifini,  uning 

yangilikka bo’lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. 




         Innovatsiya (inglizcha innovation) - yargilik kiritish, yangilik demakdir. 

A.I.  Pirojkin  innovatsiya  deganda  muayyan  ijtimoiy  birlikka  tashkilot,  aholi, 

jamiyat,  guruhga  yangi,  nisbatan  turg`un  unsurlarni  kiritib  boruvchi  maqsadga 

muvofiq  o’zgarishlarni  tushunadi.  Bu  innovator  faoliyatidir.  A.I.  Prigojin 

innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga 

yangi,  nisbatan  turg`un  unsurlarni  kiritib  boruvchi  maqsadga  muvofiq 

o’zgarishlarni tushunadi, bu innovator faoliyatidir

Tadqiqotchilar  A.I.  Prigojin,  B.V.  Sazonov,  V.S.  Tolstoy,  A.G.  Kruglikov, 

A.S.  Axiyezer,  N.P.  Stepanov  va  boshqalar  innovatsion  jarayonlar  tarkibiy 

qismlarini  o’rganishning  ikki  yondashuvini  ajratadilar:  yangilikning  individual 

mikrosathi  va  alohida-alohida  kiritilgan  yangiliklarni  o’zaro  ta’siri  mikrosathi. 

Birinchi  yondashuvda  hayotga  joriy  etilgan  qandaydir  yangi  g`oya  yoritiladi. 

Ikkinchi  yondashuvda  alohida-alohida  kiritilgan  yangiliklarning  o’zaro  ta’siri, 

ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o’rnini ikkinchisi egallashdir.  

Olimlar  innovatsion  jarayon  mikrotuzilmasini  tahlil  qilishda  hayotning  davriyligi 

konsepsiyasini  farqlaydilar.  Bu  konsepsiya  yangilik  kiritishga  nisbatan 

o’lchanadigan  jarayon  ekanligidan  kelib  chiqadi.  Yangilik  kiritish  ham  ichki 

mantiq,  ham  vaqtga  nisbatan  qonuniy  rivojlangan  va  uning  atrof-muhitga  o’zaro 

ta’sirini  ifodalaydigan  dinamik  tizimdir.Pedagogik  innovatsiyada  "yangi" 

tushunchasi  markaziy  o’rin  tutadi.  Shuningdek,  pedagogik  fanda  xususiy,  shartli, 

mahalliy va sub’ektiv yangilikka qiziqish uyg`otadi.  

Yangilik-bu  vositadir:  yangi  metod,  metodika,  texnologiya  va  boshqalar. 

V.I.  Zagvyazinskiy  yangi  tushunchasiga  ta’rif  berib,  pedagogikadagi  yangi  bu 

faqatgina  g`oya  emas,  balki  hali  foydalanilmagan  yondashuvlar,  metodlar, 

texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida 

olingan unsurlari bo’lib, o’zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta’lim va tarbiya 

vazifalarini  samarali  hal  etishning  ilg`or  boshlanmalarini  o’zida  aks  ettiradi. 

Pedagogikaga  oid  adabiyotlarda  innovatsion  jarayon  kechishining  4  ta  asosiy 

qonuniyati  farqlanadi:  Pedagogik  innovatsiyaning  davriy  takrorlanishi  va  qaytishi 

qonunining  mohiyati  shundaki,  unda  yangilik  yangi  sharoitlarda  qayta  tiklanadi. 

Pedagogik  innovatsiya  tadqiqotchilari  innovatsiya  jarayonining  ikki  tipini 

farqlaydilar:  Innovatsiyaning  birinchi  tipi  stixiyali  o’tadi,  ya’ni  innovatsion 

jarayonda unga bo’lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha 

shart-sharoitlari  tizimi,  usullari  va  yo’llariga  ongli  munosabat  bo’lmaydi. 

Innovatsiyaning  ikkinchi  tipi  ongli,  maqsadga  muvofiq,  ilmiy  asoslangan  faoliyat 

mahsulidir. Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A. Slastenin, M.M. Levina, 

M.Ya. Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Oliy maktab innovatsion 

jarayonlari 

negizida 

quyidagi 

yondashuvlarni 

belgilash 

mumkin: 

madaniyatshunoslik  jihatidan  (insonni  bilishning  ustuvor  rivojlanishi)  yondashuv; 

shaxsiy  faoliyat  jihatidan  (ta’limdagi  yangi  texnologiyalar)  yondashuv;  ko’p 

sub’ektli  (dialogik)  yondashuv,  kasbiy  tayyorgarlikni  insonparvarlashtirish; 

individual  -  ijodiy  (o’qituvchi  va  talabalarning  o’zaro  munosabatlari)  yondashuv. 

Oliy  maktabda  innovatsion  faoliyatning  sub’ekti  o’qituvchi,  uning  shaxsiy 

imkoniyati hisoblanadi. Bunda o’qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual 

va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo’ladi.  




Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, 

ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy 

ettirish  jarayonlarining  rivojlanishi  ta’lim  jarayonida  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalarga  yangicha  yondashuv  zarurligini  taqozo  etmoqda.  «Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va 

o‘zlashtirish  zarurligi  ko‘p  marta  takrorlanib,  ularni  o‘quv  muassasalariga  olib 

kirish zarurligi uqtirilgan. 

  

Respublikamizning  taniqli  olimlari  mintaqamizning  ijtimoiy-pedagogik 



sharoitiga  moslashgan,  ilmiy  asoslangan  pedagogik  texnologiyalarni  yaratish  va 

ularni  ta’lim-tarbiya  amaliyotida  qo‘llashga  intilmoqda.  Shu  o‘rinda  savol 

tug‘iladi.  Pedagogik  texnologiya  atamasining  mohiyati  nimada?  «Texnologiya» 

yunoncha  so‘z  bo‘lib,  «techne»-mahorat,  san’at,  «Iogos»-tushuncha,  o‘rganish 

demakdir.  Nega  bugungi  kunga  kelib,  pedagogik  texnologiyaga  qiziqish 

shunchalik  darajada  kuchaydi,  degan  mulohaza  tug‘ilishi  tabiiy.  Jamiyatimizga 

qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni yetishtirib kelgan pedagogikaning 

o‘ziga  xos  uslublari  mavjud.  Pedagogik  jamoatchilikning  aksariyati  mana  shu 

yo‘ldan  bormoqda,  ammo  mustaqillik  va  kelajak  sari  intilayotgan  jamiyatga  bu 

yo‘l uzoq xizmat qila olmaydi. Chunki buning zamirida ma’lum sabablar mavjud, 

ya’ni; 

 - 


rivojlangan  mamlakatlar  qatoridan  o‘rin  olishi  uchun,  aholi  ta’limini 

jadallashtirish  va  samaradorligini  oshirish  maqsadida  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalardan foydalanish zarurligi; 

 - 


fan-texnika  taraqqiyotining  o‘ta  rivojlanganligi  natijasida  axborotlar 

tizimining tobora ko‘payib borayotganligi; 

 - 

zamonaviy 



texnikalarni 

ta’limga  tatbiq  etish,  ta’lim  jarayonini 

kompyuterlashtirish,  o‘quv-tarbiya  jarayonida  axborot  texnologiyasi  va  texnik 

vositalardan foydalanish kerakligi; 

 - 

talaba  va  o‘qituvchi  faoliyatini  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yish,  o‘qituvchi  ta’lim 



maqsadi  va  mazmunini  puxta  bilishi,  ta’lim  usullari  va  texnik  vositalarni  yaxshi 

egallagan  bo‘lishi,  o’quvchining  qiziqish  va  intiluvchanligi  to‘g‘ri  yo‘lga 

qo‘yilganligi; 

 - 


o‘qituvchi  ta’lim  jarayonini  yuqori  darajada  samarali  tashkil  etish  uchun 

maqsad va vazifalarni aniq belgilashi, ta’lim natijasini oldindan qayd etishi, o‘quv 

predmetlarini  to‘liq o‘zlashtirishga  erishish uchun  zaruriy  ta’lim  vositalari,  shart-

sharoitlarini tayyorlashga erishganligi; 

 - 

o‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnika bazasining yaratilganligi



 - 

ta’lim-tarbiya  jarayoni  natijalarini  xolisona  va  obyektiv  baholash, 

o’quvchilarning  bilim  va  malakalarini  egallash  jarayonini  nazorat  qilish  va 

baholashni avtomatlashtirishga erishilganligi; 

 - 

o‘sib  kelayotgan  yosh  avlodni  hayotga  mukammal  tayyorlash  talabi  ularga 



eng  ilg‘or  bilim  berish  usuli  hisoblangan  obyektiv  borliqqa  majmuiy  yondashuv 

tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir. 

Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya  yuqorida keltirilgan shartlarning 

barcha  talablariga  javob  beradigan  ta’limiy  tadbir  hisoblanadi.    Bugungi  kunda 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  talablaridan  biri  ta’lim  jarayonida  yangi 



pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, tayyorgarlikning modul tizimidan 

foydalangan  holda  ta’lim  oluvchilarni  o‘qitishni  jadallashtirish  sanaladi. 

Respublikamizda  ta’lim  jarayonida  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini 

qo‘llashga  doir  keng  ko‘lamda  ish  olib  borilmoqda.  Ushbu  muammoning  ilmiy-

nazariy  asoslari,  har  bir  pedagogik  texnologiyaning  o‘ziga  xos  jihatlari  ishlab 

chiqilib,  yetarli  darajada  tajribalar  to‘plandi.  Ta’lim  jarayoniga  pedagogik  va 

axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari 

yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. 

  

«Pedagogik texnologiya» so‘z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik 



jarayon»  tushunchalari  yotadi.  Ushbu  tushunchalar  orqali  sanoatda  tayyor 

mahsulotni  olish  uchun  bajariladigan  ishlarning  ketma-ketligi  haqidagi  texnik 

hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik 

texnologiyani  tushunishning  asosiy  yo‘li  aniq  belgilangan  maqsadlarga  qaratish, 

ta’lim  oluvchi  bilan  muntazam  o‘zaro  aloqani  o‘rnatish,  pedagogik 

texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali 

o‘qitishdir.  O‘zaro  aloqa  pedagogik  texnologiya  asosini  tashkil  qilib,  o‘quv 

jarayonini  to‘liq  qamrab  olishi  kerak.    Pedagogik  texnologiya  atamasiga  har  bir 

didakt  olim  o‘z  nuqtai  nazaridan  kelib  chiqqan  holda  ta’rif  bergan.  Hali  bu 

tushunchaga  to‘liq  va  yagona  ta’rif  qabul  qilinmagan.  Ushbu  ta’riflar  ichida  eng 

maqsadga muvofig‘i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. 

Yuqorida  keltirilgan  tushunchalarni  o‘quv  jarayoniga  ko‘chiradigan  bo‘lsak, 

o‘qituvchi  (pedagog)ning  o‘qitish  vositalari  yordamida  o‘quvchi-o’quvchilarga 

muayyan  sharoitlarda  ko‘rsatgan  tizimli  ta’siri  natijasida  ularda  jamiyat  uchun 

zarur  bo‘lgan  va  oldindan  belgilangan  ijtimoiy  sifatlarni  jadal  shakllantiruvchi 

ijtimoiy hodisa yoki boshqacha aytganda, o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari 

yordamida  o‘quvchilarga  ta’sir  ko‘rsatish  va  bu  faoliyat  mahsuli  sifatida  ularda 

oldindan  belgilab  olingan  shaxs  sifatlarini  shakllantirish  jarayoni  deb  ta’riflash 

mumkin.  Professor  N.  Saidahmedovning  fikricha,  «Texnologiya  shaxsni  o‘qitish, 

tarbiyalash  va  rivojlantirish  qonunlarini  o‘zida  mujassamlashtirgan  va  yakuniy 

natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir». 

 Texnologiya  tushunchasi  regulativ  (tartibga  solib  turuvchi)  ta’sir  etish 

kuchiga ega bo‘lib, erkin ijod qilishga undaydi: 

 - samarador o‘quv-bilish faoliyatining asoslarini topish; 

 - uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo‘qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan 

ko‘ra intensiv (jadal), mumkin qadar ilmiy asosda qurish

 - talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish

 -  o‘qitish  davomida  tuzatishlar  ehtimolini  loyihalash  metodiga  tayangan  holda 

yo‘qotish; 

 -  ta’lim  jarayonini  yuqori  darajada  axborotlashtirish  va  zaruriy  harakatlarni 

algoritmlash; 

 -  texnik  vositalarni  yaratish,  ulardan  foydalanish  metodikasini  o‘zlashtirish  va 

boshqalar. 

  

Texnologiya  murakkab  jarayon  sifatida  qator  o‘qitish  bosqichlaridan,  o‘z 



navbatida, bu bosqichlarning har biri o‘ziga xos amallardan iborat bo‘ladi. Amal – 

o‘qituvchining sinfda mavzu bo‘yicha o‘quv elementlarini tushuntirish borasidagi 




bajargan ishlar yig‘indisi bo‘lib, o‘qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan 

qismini  tashkil  etadi.  Pedagogik  texnologiya  amaliyotga  joriy  etish  mumkin 

bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya: 

ta’lim  texnologiyasi,  yangi  pedagogik  tajriba,  yangi  pedagogik  texnologiya, 

zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba va ta’lim-

tarbiya  metodlari  tushunchalarini  qamrab  oladi.  Demak,  pedagogik  texnologiya 

didaktik  vazifalarni  samarali  amalga  oshirish,  shu  sohadagi  maqsadga  erishish 

yo‘li bo‘lib hisoblanadi. 

 Bugungi  kunda  mamlakatimizda  mutaxassislarning  ilmiy  salohiyatini 

birlashtirishga  imkoniyatlar  yetarli  darajada.  Zamonaviy  pedagogik  texnologiya 

pedagogika  fanining  alohida  tarmog‘i  sifatida  yoki  faqat  ta’lim  amaliyotini 

maqbullashtirishga  yo‘naltirilgan  tizim,  deb  qarash  mumkin  emas.  Zamonaviy 

pedagogik  texnologiya  bu  sohadagi  nazariy  va  amaliy  izlanishlarni  birlashtirish 

doirasidagi  faoliyatni  aks  ettiradi.  Avvalo,  zamonaviy  pedagogik  texnologiya 

nimani anglatadi?  

 1.  Zamonaviy  pedagogik  texnologiya  o‘quv-tarbiya  jarayoni  uchun 

loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni 

shakllantirish  maqsadini  aniq  belgilab  beradi  va  shunga  mos  holda  ma’lum  bir 

pedagogik tizim  mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma 

o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. 

Maqsadi  esa  pedagogik  tizimning  qolgan  elementlarini  o‘z  navbatida  yangilash 

zaruratini keltirib chiqaradi. 

 2.  Bugungi  kunda  fan-texnikaning  rivojlanishi  bilan  inson  faoliyati 

nihoyatda  kengayib,  yangi  texnologiyalar  kirib  kelmoqda.  Sifat  o‘zgarishlari 

shundan  dalolat  beradiki,  endilikda  yangi  metodikalarni  talab  etadigan  va  ta’lim 

jarayonining  ajralmas  qismiga  aylanib  borayotgan,  unga  o‘zining  ma’lum 

xususiyatlarini  joriy  etadigan  yangi  texnikaviy,  axborotli,  audiovizualli,  audial 

vositalar  ham  mavjud  bo‘lib,  ular  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  aniq 

voqelikka aylantirdi.  

Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar 

bilan  uzluksiz  boyib  boradi  va  an’anaviy  o‘quv  jarayoniga,  uning  samarasini 

oshirishga  ta’sir  ko‘rsatishning  yangi  imkoniyatlarini  egallab  oladi.  O‘quv-

tarbiyaviy  jarayonni  texnologiyalashtirish  tarixiy  voqelik  va  jarayondir. 

Axborotlashtirish  jarayondagi  inqilobiy  burilish  va  uning  muhim  bosqichidir. 

Oddiy  til  bilan  aytganda  ta’lim  tizimida  axborot  texnologiyasi  –  «o‘quvchi  yoki 

o’quvchi – kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir. 

  

Axborotli  texnologiya  pedagogik  texnologiyaning  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  u 



ta’lim  jarayonida  texnik  vositalarning  mukammallashgan  zamonaviy  turi  sifatida 

qo‘llana  boshlandi.  Axborot  texnologiyalari  insoniyat  taraqqiyotining  turli 

bosqichlarida  ham  mavjud  bo‘lgan.  Hozirgi  zamon  axborotlashgan  jamiyatining 

o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  «sivilizatsiya  tarixida  birinchi  marta  bilimlarga 

erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar 

va  moddiy  iste’mol  buyumlariga  sarflanadigan  xarajatlardan  ortiq  bo‘ldi,  ya’ni 

axborot  texnologiyalari  barcha 

mavjud 


texnologiyalar, 

xususan, 

yangi 

texnologiyalar orasida yetakchi o‘rin egallamoqda.  




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 

1.  Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim sohasini axborotlashtirish konsepsiyasi. 

Loyiha. Oʻzbekiston “Oʻqituvchi” 2004 yil 9 aprel. 

2.  Marasulova Z. Informatika ta’limda innavatsion texnologiyalar asosida 

uzviylikni ta’minlash // “Fizika, matematika va informatika” ilmiy-uslubiy 

jurnali. – Toshkent, 2011. №3. – 84-88 betlar. 

3. 

http://www.ziyonet.uz



 – axborot-ta’lim resurslari portali. 

4.  Беспалько  В.П.  Слагаемые  педагогической  технологии  –  М.: 

«Педагогика», 1989. 

5.  Авлиёкулов Н.Х. Замонавий ўқитиш технологиялари – Тошкент, 2001. 



 

 

 



 

 

Yüklə 179,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə