TSDI & TMA | International Conference | 2022
Tashkent State Dental Institute
Google Scholar indexed
Tashkent Medical Academy
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-42-45
Bioethics and Law | Bioetika va huquq
42
May 12, 2022
www.tsdi.uz www.tma.uz
TIBBIYOT XODIMLARINING HUQUQIY JAVOBGARLIGI
Farangiz Rashidjon qizi Aliyeva
Toshkent davlat yuridik universiteti 1-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Respublika miqyosida biotibbiyot tadqiqotlarini o`tkazish, biomeditsina va
genetikada innovatsion texnologiyalarni qo`llash va
joriy etishda xalqaro huquq
normalarini ratsifikatsiya qilinganligi va ulardagi standart mezonlar asosida
amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritilmoqda.
Kalit so`zlar:
bioetika, sfera, profilaktika, biomededtsina,
genetika, ijtimoiy
xavfli qilmish, harakat yoki harakatsizlik,
javobgarlik, JSST, shoshilinch tibbiy
yordam.
Milliy qonunchilik tizimimizda har bir ijtimoiy sohani tartibga solish izchil
ravishda yo`lga qo`yilgan bo`lib, ayniqsa, bugungi kunda nafaqat O`zbekistonda,
balki butun dunyo miqyosida global ideal masala
sifatida talqin etilayotgan,
demokratik davlatlarning xalqaro imidjida belgi vazifasini bajaruvchi tibbiyot sohasi
va uning vakillari e‟tibor markazida. Tibbiyot xodimlarining huquqiy maqomi esa,
xalqaro huquq normalarini ratsifikatsiya qilish va ulardagi standart mezonlar asosida
amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish
natijasida mukammal tarzda bayon etilmoqda.
Axloq ijtimoiy ong shakli sifatida jamiyatda insonlaming o„zaro
munosabatlarini tartibga soladi. Tarixan insonlarning birgalikdagi hayoti va faoliyati
jarayonida ma‟naviyat deb ataladigan va ularning xulqini tartibga soladigan ma‟lum
bir odat, qoida va me‟yorlar majmuasi vujudga kelgan.
Tibbiy etika - tibbiy
xodimlar faoliyatining o„ziga xosligi va jamiyatdagi o`rni bilan belgilanadigan axloq
me‟yorlari va tamoyillari majmuasidir. U shuningdek, tibbiy faoliyatni tartibga
soluvchi axloq me‟yorlari va mezonlaridan tashkil topgan kasbiy tibbiy xulq sifatida
ham e‟tirof etilgan bo`lib, “bioetika” atamasi orqali ommalashgan. “Nyurnberg
kodeksi” o„n banddan iborat bo`lib, ulaming birinchisida
tibbiy va boshqa
tajribalami o`tkazishda tajriba o`tkazilayotgan shaxsning ixtiyoriy roziligi mutlaq
ko`rinishdagi asosiy shartlardan biri ekanligi ta‟kidlangan. Kodeksda xavf va zararni
minimal darajagacha kamaytirish,
xavf va foydani mutanosib
tarzda taqsimlash zaruriyati, vrachlaming yuqori malakaga ega
bo`lishi, shuningdek sinovlarga olingan
shaxsni istagan vaqtda