Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi
Reja:
1. Ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari
2. Axborotlar va axborot texnologiyalari haqida umumiy ma`lumotlar.
3. Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi
4. Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
Ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida so’zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va oliy ta’lim muassasalariga jadallik bilan olib kirish g`oyasi ilgari surilgan edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydadagi 230-sonli «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g`risida»gi Qarorlari qabul qilindi. 2002 yil 30 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g`risida»gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to’g`risidagi Qarori e’lon qilindi.
Bulardan ko’rinadiki, hozirgi paytda ta’limga axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish asosiy masalaga aylangan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida informatika va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga keng tadbiq qilish masalasi ko’ndalang qo’yilgan. Unda, shuningdek, axborot texnologiyalari va informatika sohasida kadrlar tayyorlash, shu jumladan Internet texnologiyalarini barcha sohalarda keng joriy qilish dolzarb masalasi ekanligi alohida uqtirib o’tiladi.
O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiya (AKT) larini yanada rivojlantirish, har bir sohaga tatbiq qilish, mutaxassislarning kompyuter savodxonligini oshirish kabi masalalar davr talabiga muvofiq yechilmoqda.
Hozirgi paytda axborot kommunikatsiyasi rivojlanishining asosiy omillari EHM larning turli sohalarda tobora keng qo’llanib borayotganligidadadir. Kompyuter texnologiyalarining qo’llanish sohasining kengayishi, axborot texnologiyalarining yaratilishi jamiyat hayotining barcha sohalarida ya’ni ishlab chiqarishda, fanda, ta’limda, tibbiyotda va boshqa jabhalardagi rivojlanish ya’ni tezkor axborot almashinuviga, qisqa vaqtda axborotlarni qayta ishlash, o’z vaqtida manbaga uzatishga olib kelmoqda.
Zamonaviy o’qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi:
Kasbiy vazifalarni informatikaning zamonaviy vositalari va metodlarini axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda bajara olish malakasi;
Kasbiy faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish borasida tayyorgarlik darajasini real aks ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari;
Vaziyatni to’g`ri baholash va pedagogik faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda samarali qarorlar qabul qila oladigan predmet-maxsus bilimlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo’lish.
Yangi axborot muhitining an`anaviy muhitdan prinsipial farqi, uning o’ziga xos kichik texnologik tizimdan iboratligidadir. Zero, istalgan ta`lim muassasasi axborot-kommunikativ texnologiyalarining ta`lim jarayoniga integratsiyasi, ta`limning boshqa barcha didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, nazariy-metodologik jihatdan kichik tizimlardagi tub o’zgarishlar bilan kechadi.
Axborot ta`lim muhiti imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun pedagogning iste`molchi sifatida o’zi mo’ljaldagi texnik imkoniyatlarining to’liq to’plamini egallagan bo’lishi talab etiladi.
Jumladan, quyidagi slaydning mazmuniga e`tabor bering.
AKT dan ta`lim jarayonida foydalanish, ta`lim samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Jumladan, o’qitish jarayoni bilan AKT dan foydalanib o’qitish orasidagi farqni mazkur slayddan bilb olish qiyin emas.
Bunda nafaqat tinglash, o’qish balki o’quvchilar bir dars jarayonida mustqail ta`lim olish, olingan nazariy bilimni amalda kuzatish va mavzuni mazmunidagi yangilikni tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Matematika darslarida AKT dan foydalanish uchun avvalo kompyuter
dasturlari va ulardan foydalanish yo’llarini bilib olish zarur. Bu esa kompyuter dasturlari nafaqat o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, balki kompyuterni qo’llash orqali ularning ijodiy ko’nikmalarini rivojlanishiga ham yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |