Ta’limda axborot texnologiyalarining



Yüklə 17,7 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü17,7 Kb.
#100501

Ta’limda axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati.
1. Ta’lim sifatini ta’minlashda axborot texnologiyalarining imkoniyatlari
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da oliy ta’lim tizimi oldiga qator muhim vazifalar qo’yilgan. Jumladan, mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish va o’zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Fan, texnika va texnologiyalar taraqqiyotining bugungi darajasi bilan bo’lajak o’kituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni orasidagi mavjud nomuvofiqlikni bartaraf etish zarurati oliy ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining yetarli joriy etilmaganligi sababli yanada yuqori dolzarblik kasb etmoqda. Fan za texnikaning mavjud yangiliklari ularni o’quv dasturlari va darsliklari mazmuniga jadal kiritishni talab etadi va bu orqali talabalarning zamonaviy bilimlarini shakllantirishga zamin yaratadi. Zamonaviy o’qitish texnologiyalarining joriy etilishi va turli metodik yondashuvlar esa, o’z navbatida, talabalarda ko’plab fundamental tutpunchalarni nisbatan yengil va mustahkam shakllanishiga qulay sharoit yaratadi.

Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko’plab ilmiy bilimlar, tushuncha, tasavvurlar va axborotlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu bir tomondan fan va texnikaning yangi bo’limlari va sohalarining shakllanishini ta’minlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida hukmron bo’lgan chegaralarni buzib, integrasiya jarayonini jadallashtirishni talab etadi. Ta’lim yo’nalishlari «boshidan kechirayotgan» bunday differensiyalashish va ishefasiya jarayonlarining o’qitishda o’z aksini yetarli darajada topa olmayotgani ham bugungi oliy ta’lim tizimida ma’lum muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, ta’lim mazmuni va to’plangan boy ilmiy axborotlarning unda aks etishi orasida uzilish vujudga kelmoqda. Shu sababdan o’qitishni va o’quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillarini qayta qarab chiqish zarur. Bunday muammolarni bartaraf etishda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy ta’lim tizimi shaxsga yo’naltirilgan xarakterga ega bo’lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyati va sifatiga e’tibor qilgan holda differensiyalangan bo’lishi zarur. Shu sababdan ta’limning o’qituvchi-darslik-talaba paradigmasi talaba-darslik-o’qituvchi paradigmasi bilan o’rin almashishi zarurdir. Zamonaviy pedagog kadrlar yangi statusga ega bo’lib, uning vazifasi eng avvalo talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotda qo’llash malakalarini shakllangirishga qaratilmog’i lozim. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish jarayonida o’qituvchi o’qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, ular talabalarga tayyor bilimlarni o’zlashtirishigagina yordam berib qolmasdan, ayni paytda, ularda bilimlarni turli manbalardan mustaqil ravishda o’zlashtirish, shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi, erishilgan bilimlardan yangi bilimlar olishda foydalanish malakalariga ega bo’lishlariga ham vosita bo’lishi lozim. Bunday o’qitishni rivojlanuvchi ham deyish mumkin. Shakl va mazmunning rang-barangligi talabaning qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib, taklif etilayotgan hollardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham o’z aksini topishi zarur. Ko’p sathli o’qitish mazkur muammoning yechimi bo’la oladi deyish mumkin. Hozirga paytdagi o’quv mashg’ulotlarining tashkil etilishi talabadan kundalik fanlar majmuasi bilan ham, ular bo’yicha beriladigan topshiriqlar majmuasi bilan hisoblashishni talab qiladi. Bu esa amalda ko’plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday sharoitda talabalar alohida olingan (o’zi juda qiziqadigan) biron bir fanga butun diqqat-e’tiborini to’liq qarata olmaydi. Mazkur hollarda, nazarimizda, modulli o’qitish eng yaxshi yechim hisoblanadi. O’qitish nazariyasida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini bir-biridan ajratish mumkin emas, chunki yansh pedagogik texnologiyalarning keng joriy etilishi ta’lim paradigmasini o’zgartiradi va faqat zamonaviy axborot texnologiyalargina yangi pedagotk texnologiyalarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Ta’limda axborot texnologiyasi — oldinga qo’yilgan ta’limiy maqsadlarga erishishga imkon beradigan, nazariy asoslangan ta’lim jarayonini amalga oshirishning shakllari, uslublari, usullari va vositalarining yigindisidir. Bunda u tegishli ilmiy modellashtirishga (loyihalashtirishga) tayanadi, bu jarayonda ushbu maqsadlar bir xil ma’noda beriladi hamda o’quvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarini uni rivojlantirishning muayyan bosqichida obyektiv ravishda bosqichma-bosqich o’lchash va baholash imkoniyati saqlanadi. "Axborot texnologiyasi" har qanday pedagogik tizimda — ilmiy masalalar bilan o’zaro munosabatda bo’lgan tushunchadir. Biroq, agar ilmiy masala o’qitish va tarbiya qilish maqsadlarini ifodalaydigan bo’lsa, u holda axborot texnologiyasi o’qitish va tarbiyalash yo’llari, ulargan erishish vositalarini ifodalaydi. Bu jarayonda ilmiy masala tuzilmasida talabalarning shakllantirilishi va rivojlantirilishi lozim bo’lgan aniqlangan sifatlari muayyan shart sharoitlarda o’qitish maqsadlari sifatida ishtirok etadi, u esa umumiy holda ta’lim mazmunining o’ziga xos xususiyatini belgilaydi. Ta’limda axborot texnologiyalarini tashkil etish va amalga oshirish maqsadida faoliyat yuritish algoritmining umumlashgan chizmasidan foydalanish mumkin. U o’qitish va tarbiya qilishning bir nechta bosqichlarini o’z ichiga oladi: mo’ljal olish (ta’lim tarbiyaviy maqsadlar to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirish); amalga oshirish (o’qitish-tarbiyalash uslublari, usullari va vositalarini ko’zda tutilgan ketma-ketlikda amalga oshirish); nazorat qilish va tuzatish. Har bir axborot texnologiyada, shuningdek, qo’yilgan maqsadga erishish uchun uning faoliyat yuritishini kuzatish, nazorat qilish va tuzatish qoidalari tizimidan iborat bo’lgan boshqarish algoritmidan foydalaniladi. Belgilangan o’qitish-tarbiyalash maqsadlarining har biriga erishish uchun pedagoglarning qat’iy belgilangan o’quv-tarbiyaviy faoliyatini boshqarish algoritmidan foydalaniladi. Bu nafaqat o’qitish-tarbiyalash jarayonining muvaffaqiyatliligini baholash, balki belgilangan samaradorlikka ega bo’lgan jarayonlarni oldindan loyihalashtirish imkonini beradi. Ta’limiy o’zaro ta’sir ko’rsatish uslublari, usullari va vositalarini saralash va oqilona tanlab olish axborot texnologiyasining o’ziga xos vazifasi sifatida ishtirok etadi. Aynan ular ulardan har birining o’ziga xos xususiyatini belgilashda hamda pedagogik faoliyatning mavjud shart-sharoitlari, pedagogning shaxsiy o’ziga xos xususiyatlari va uning pedagogik tajribasini aks ettirishlari lozim. O’quvchining shaxsiy xususiyatlarini yoritish va aniqlash (tashxis) masalasi axborog texnologiyasining yanada mas’uliyatli vazifasi hisoblanadi. Ushbu maqsadlarda o’quv-tarbiyaviy jarayonning barcha bosqichlarida shaxsning ruhiy (psixologik) tuzilmasi uchun (masalan, psixik jarayonlar, ta’lim olish va xususiyatlar) tanlangan konsepsiyadan foydalanish mumkin. Biroq, sifatlarning o’zini bir qator shart-sharoitlarga muvofiq kelishi lozim bo’lgan tegishli aniqlash (tashxis) tushunchalarida izohlab berish (interpretasiya qilish) zarur. Ulardan eng muhimlari quyidagilar hisoblanadi:
• muayyan sifatning boshqalardan aniq farqlanishini ta’minlaydigan bir ma’noli aniqlik;
• aniqlash (tashxis) jarayonida baholanadigan sifatni aniqlash uchun tegishli vositalarning mavjudligi;
• shaxsiy fazilat o’lchovlarining ishonchli shkalasi bo’yicha shakllanganlik va sifatlarning turli darajalarini aniqlash imkoniyatlari.
Ta’limda axborot texnologiyasi mohiyatini tushunishning bayon etilgan umumiy yondashuvi uning yetarli darajada murakkabligi to’g’risida xulosa chiqarishga imkon beradi. U pedagogik amaliyotda shunday kutilmagan natijalarga ega bo’ladiki, butun tarbiyalash jarayoniga yangi sifatlarni berish to’g’risida so’z ochishga imkoniyat beradi.
1. Ta’limda o’qitish-tarbiyalash muayyan texnologiyani amalga oshirish shart-sharoitlarida yaxlit xususiyatga ega bo’ladi. Uni alohida o’quv yoki tarbiyaviy bo’limlarga ajratish, alohida usullar yig’indisi yoki bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lmagan shaxsiy xususiyatlar va sifatlarning ketma-ket shakllantirilishi ko’rinishida amalga oshirish murakkabdir. Muayyan texnologiya doirasidagi o’qitish-tarbiyalash kompleks xususiyatlarga ega.
2. Birinchisini hisobga olgan holda, ta’lim-tarbiyaviy faoli yatga faqat maxsus texnologik yondashuvlarni joriy etish puxta o’ylangan holda hal etilishi lozim.
3. Muayyan axborot texnologiyasida barcha foydalanuvchilar uchun hamma tomonlama va uygun rivojlangan shaxsni shakllantirish yo’lida o’tish lozim bo’lgan umumiy bosqichlar mavjud.
Pedagogik jarayonlarni texnologiyalashtirish, ularga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish g’oyasi ularni boshqariladigan qilish: "bir narsaga va qandaydir" qilib emas, balki kafolatlangan muvaffaqiyat bilan erishishdan iborat. Asosiy g’oyaga ko’ra, har qanday darajadagi o’qituvchi uning maqsaddan boshlab to natijalarni baholashgacha bo’lgan hatti-harakatlarini belgilaydigan o’quv materiallarini texnologik qayta ishlash asosida berilgan natijalarga erishadi. Boshqa bir tomondan, inson omilining pedagogik jarayonda mavjudligi texnologik hisob-kitobni murakkablashtiradi. Texnologiya muxoliflarining aytishlaricha, o’qitish, bundan tashqari tarbiyalashni shaxssiz, munosabatlarsiz, his-tuyg’ularsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Tabiiyki, ilm-fan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda texnologiyalashtirish va shaxs o’rtasidagi qarama-qarshilikni hal etish yo’llarini qidiradi. Ta’lim-tarbiyaviy jarayon tushunchasi o’qitish va tarbiyaviy texnologiyalar tushunchalari bilan bir qatorda uslubiy bilimlar qatoriga kiradi, yoki uning ilmiy tahlili va amaliy tashkil etilishida ta’limiy tizimlar, qonuniylik, pedagogikada tizimli va texnologik yondashuvlar to’g’risidagi bilimlar birlashtiriladi.
Nima uchun bugungi kunda axborot texnologiyalarini joriy etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug’ildi? Birinchidan, an’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli "axborotli o’qitish" sifatida tavsiflanadi, chunki o’qshuvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda. Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ulardan o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Mamlakatimiz ta’lim kengliklarida ro’y berayotgan tub burilishlar har bir ta’lim muassasasida didaktika sohasini jonlantirishni talab etadi, yangilikni joriy etish yo’li esa har doim murakkab va uzoqdir. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, yangi axborot texnologiyalari yaqin yillar ichida didaktik yangilikka kirishishning asosiy manbai bo’lib qoladi. Ta’lim-tarbiya jarayonining eng asosiy xususiyatlari — bu uning yaxlitligi, tizimliligi, davriyligi va texnologiyaviyligidir. Yaxlitlik deganda tarbiyalash va o’qitish jarayonlari, shuningdek shaxsni rivojlantirish va shakllantirish jarayonlarining ajralmas birligi tushuniladi. Tarbiyalash va o’qitish, garchi ilm-fan ularni farqlasada, bir-biriga bog’liq va ko’p umumiylikka ega. O’qitishning mazmunini asosan dunyo haqidash ilmiy bilimlar tashkil etadi. Tarbiyaning mazmunida me’yorlar, qoidalar, qadriyatlar usgunlik qiladi. O’qitish asosan aql-idrokka ta’sir ko’rsatadi, tarbiyalash birinchi navbatda shaxsning iste’mol-daliliy sohasiga aylangan. Ikkala jarayon shaxsning ongi va xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi va uning rivojlanishiga olib keladi. Qanchalik yaqin bo’lishiga qaramay, bu o’ziga xos jarayonlar bo’lib, ilm-fan ularni tarbiya qilish nazariyasida va didaktikada alohida ko’rib chiqadi. Bunda zamonaviy shart-sharoitlarda uslubiy tamoyil va ayniqsa dolzarb hisoblangan butun pedagoshk jarayonning yaxlitligi ta’minlanadi. Ta’lim jarayoni va tarbiyaviy tizim ham umumiylikni tashkil etadi, chunki jarayonlar tizimlarning xususiyatlaridan iborat. Aytish mumkinki, ta’lim jarayonlari — bu tarbiyaviy tizim holatlarining ketma-ket almashinuvidir. Ta’lim jarayonini tizimli ravishda ko’rib chiqish tizim va jarayonning tuzilmasini, shuningdek ular o’rtasidash aloqalarni ajratib ko’rsatilishini ifodalaydi. Bu har birining o’ziga xos xususiyati, mohiyatini, birining boshqasiga ta’siri natijasida o’zgarishini anglab yetishga yordam beradi. Masalan, o’qitish maqsadi uning mazmunini belgilab beradi, o’zlashtirganlik darajasi esa o’qitish usullarini tanlashga ta’sir ko’rsatadi va h.k.
Yüklə 17,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin