Taqsimlovchi qurilmalarni ishlatish bo‘yicha umumiy talablar va ularning vazifalari
Uzgichlarni ishlatish.
Havoli uzgichlar.
Taqsimlovchi qurilmalarni ishlatish bo‘yicha umumiy talablar va ularning vazifalari Stansiya va podstansiyalarning taqsimlovchi qurilmalari (TQ) elektr energiyani qabul qilish va taqsimlash uchun xizmat qiluvchi inshootlar va jihozlar majmuasidan tashkil topgan. Ular ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Xonalarning ichida va bevosita ochiq havoda o‘rnatishi mumkin bo‘lgan komplekt taqsimlovchi qurilmalar keng tarqalgan. Ular zavodlarda statsionar yoki suriluvchi ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Statsionar ko‘rinishda har bir yacheykaning ichida jihoz qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi. Suriluvchi ko‘rinishda uzgichlar, seksion ajratkichlar va kuchlanish o‘lchov transformatorlari shkaflarning ichida surish va ularning tashqarisiga chiqarish mumkin bo‘lgan suriluvchi telejkalarda o‘rnatiladi.
Barcha kuchlanish jihozlari va taqsimlovchi qurilmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
taqsimlovchi qurilma (TQ) ning jihozi o‘zining pasport ma’lumotlari bo‘yicha nominal va qisqa tutashuv holatlarida ishlash sharoitlarini qoniqtirishi shart.
Apparatlar va shinalar zaruriy termik va dinamik chidamlilikka ega bo‘lishi shart; jihozning izolyasiyasi atmosfera va ichki o‘ta kuchlanishlarda kuchlanishning
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan oshishlarini ko‘tara oladigan bo‘lishi shart; barcha jihozlar ruxsat etilgan yuklanishlarda ishonchli ishlashi shart;
TQ xonalarida yong‘inni o‘chirish inventari va vositalari bo‘lishi shart. YOpiq TQlarning ichiga hayvonlar va qushlarning kirib qolish ehtimolini bartaraf etish uchun derazalar ishonchli yopilgan, devorlardagi yoriq va teshiklar bekitilgan bo‘lishi shart. Xonaning tomi soz bo‘lishi shart;
Yopiq va komplekt TQ larning xonalarida havoning harorati va namligi rejimi shudring tushmaydigan va izolyasiya terlamaydigan qilib tutilishi shart. Yopiq TQlarda harorat 400C dan oshmasligi shart. Xonaning ventilyasiyasi etarli darajada samarali bo‘lishi shart.
TQlarni ishlatishning vazifalari qo‘yidagilardan iborat:
TQ va alohida zanjirlarning ish rejimlarini jihozning texnik tavsiflariga mos kelishini ta’minlash;
TQning jihozlari va xonalarini nazorat qilish va tartibga solish hamda taraqqiy etishi avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni imkoni boricha qisqa muddatlarda bartaraf etish;
jihozlarning profilaktik sinash va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish.
Iste’molchilar yuklamalarining oshib borishi bilan ilgari o‘rnatilgan jihozlarning o‘tkazish qobiliyati tez-tez etarli bo‘lmay qoladi. Avariya holatlarida qisqa tutashuv toklarining jihozlar uchun ruxsat etilganidan yuqori qiymatlargacha ortishi energetika tizimiga loyihalash paytida ko‘zda tutilmagan katta quvvatli turbo va gidrogeneratorlar, transformatorlar va h.k.larning ulanishi natijasida sodir bo‘ladi. Energetika tizimlarida jihozlarning parametrlarini yangi ish sharoitlariga mos kelishini tekshirish surunkali tarzda iste’molchilarning eng katta yuklamalarini nazorat qilish va ularni jihozlarning nominal ma’lumotlari bilan solishtirish hamda yangi jihozlar ulangan va elektr tarmoqning sxemasi o‘zgargan holatlar uchun qisqa tutashuv toklarini hisoblash orqali amalga oshiriladi. Mos kelmagan holatlar kuzatilganda jihozlarni modernizatsiyalash yoki almashtirish, shuningdek, elektr tarmog‘ini seksiyalash amalga oshiriladi; qisqa tutashuv toklarini cheklash uchun elektr tarmoqlarini ajratishining avtomatik qurilmalari ishga tushiriladi va h.k.
Jihozlarning ishlashini nazorat qilish navbatchi va ishlatuvchi personal tomonidan amalga bajariluvchi tashqi ko‘rik paytida amalga oshiriladi.
Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunani to‘siqsiz tok o‘tkazuvchi qismiga 2jadvalda qayd etilganidan kam masofaga yuk ko‘taruvchi va boshqa mashinamexanizmlarning hamda shaxslarning yaqinlashishi man etiladi.